O’qituvchining innovatsion faoliyati reja


O‘qituvchining maqsadga yo‘nalgan faoliyatida pedagogik vazifaning



Yüklə 91,23 Kb.
səhifə5/12
tarix16.12.2023
ölçüsü91,23 Kb.
#182113
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
113050 Маъруза № 3 (O’QITUVCHINING INNOVATSION FAOLIYATI)

O‘qituvchining maqsadga yo‘nalgan faoliyatida pedagogik vazifaning: strategik, taktik va operativ kabi uch katta guruhi farqlanadi.
Strategik vazifa. Bu o‘ziga xos ulkan vazifa. Strategik vazifalar ta’limning umumiy maqsadlaridan kelib chiqadi. U jamiyat rivojlanishining ob’ektiv ehtiyojlarini aks ettiradi. Bu vazifalar pedagogik faoliyatning dastlabki maqsadi va yakuniy natijalarini aniqlab beradi. Joriy pedagogik jarayonda strategik vazifalar taktik vazifalarga aylanadi.
Taktik vazifalar ta’limning yakuniy natijalarini ta’minlashga yo‘nalganligini saqlab qolgan holda strategik vazifalarning u yoki bu bos- qichida hal qilinadigan vazifalardir.
Operativ vazifalar pedagog amaliy faoliyatida joriy va birinchi navbatda hal qiladigan vazifalardir. Oliy maktab o‘qituvchisining kasbiy faoliyat tahlili shuni ko‘rsatadiki, bu kasb o‘ta murakkab hamda o‘ta ijodiy kasbdir.
Innovatsion faoliyatining nazariy omillari
Innovatsiya (inglizcha innovation) - yangilik kiritish, yangilikdir. A.I. Prigojin innovatsiya deganda muayyan ijtimoiy birlikka - tashkilot, aholi, jamiyat, guruhga yangi, nisbatan turg’un unsurlarni kiritib boruvchi maqsadga muvofiq o’zgarishlarni tushunadi. Bu innovator faoliyatidir.
Tadqiqotchilar (A.I. Prigojin, B.V. Sazonov, V.S. Tolstoy, A.G. Kruglikov, A.S. Axiezer, N.P. Stepanov va boshqalar) innovatsion jarayonlar tarkibiy qismlarini o’rganishning ikki yondashuvini ajratadilar: yangilikning individual mikrosathi va alohida-alohida kiritilgan yangiliklarni o’zaro ta’siri mikrosathi.
Birinchi yondashuvda hayotga joriy etilgan qandaydir yangi g’oya yoritiladi.
Ikkinchi yondashuvda alohida-alohida kiritilgan yangiliklarning o’zaro ta’siri, ularning birligi, raqobati va oqibat natijada birining o’rnini ikkinchisi egallashdir.
Olimlar innovatsion jarayon mikrotuzilmasini tahlil qilishda hayotning davriyligi kontseptsiyasini farqlaydilar. Bu kontseptsiya yangilik kiritishga nisbatan o’lchanadigan jarayon ekanligidan kelib chiqadi.

Yüklə 91,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin