O’qituvchining ijodiy individualligi quyidagilardan iborat: intellektual - ijodiy tashabbus;
bilimlar kengligi va chuqurligi intellektual qobiliya ti;
ziddiyatlarga nisbatan xushyorlik, ijodga tanqidiy yondashuv, vujudan yaratuvchilikka kurashchanlik qobiliyati;
axborotlarga tashnalik, muammolardagi g’ayri odatiylikka va yangilikka bo’lgan his-tuyg’u, professionalizm, bilishga bo’lgan chanqoqlik (N.V. Vishnekova).
V.A. Slastenin ijodiy individualizmni ro’yobga chiqarishning asosiy vazifalarini quyidagicha belgilaydi:
ijtimoiy mohiyat kasb etgan madaniyatni boyitish;
pedagogik jarayon va shaxs bilimlarini yangilab turish;
samarali va ahamiyatli me’yorlarni belgilaydigan yangi texnologiyalarni topish;
shaxsning o’z taqdirini o’zi belgilash va o’zini o’zi namoyon qila olishi asosida o’z rivojlanishini ta’minlash;
Shu tariqa o’qituvchining ijodiy individualligini shakllantirish shaxs rivojlanishi va yangilanishining dinamik innovatsion jarayoni sifatida tushuniladi.
Ijodiy individuallikni xarakterlaydigan samarali o’z-o’zini anglash quyidagilarni qamrab oladi: o’zini boshqalarga qiyos qilish asosida o’z shaxsining betakror ekanligini anglay olishi; o’zi to’g’risidagi kreativ ko’rinishlar va tasavvurlari to’plami; individual kreativ o’ziga xosliklarning bir butunligi va uyg’unligi, ichki birligi; shaxsning o’z rivojlanishidagi dinamiklik va doimiylik jarayoni va uning ijodkor sifatida shakllanishi; shaxs o’zini namoyon qila olishi va o’zining muayyan ishlarni amalga oshirishga hozir turganligi; ijodkor sifatida o’zini baxshida qila olishi va shaxsiy hamda ijtimoiy vaziyatlarda o’zining o’rnini anglay olishi (V.A. Slastenin).
Innovatsion faoliyat tuzilmasi tahlilida akmeologik yondashuv o’qituvchining kasbiy mahorati cho’qqilariga erishuvida uning shaxsi rivojlanish qonuniyatlarini ochish imkonini beradi. O’qituvchi innovatsion faoliyatining eng muhim tavsifi kreativlikdir.
Kreativlik termini angliya-amerika psixologiyasida 60-yillarda paydo bo’ldi. U individning yangi tushuncha yaratishi va yangi ko’nikmalar hosil qilish qobiliyati, xislatini bildiradi. J. Gilford kreativlikni tavsiflaydigan qator individual qobiliyatlarni ko’rsatadi:
fikrining ravonligi;
fikrni maqsadga muvofiq yo’llay olishi;
o’ziga xoslik (originallik);
qiziquvchanlik;
farazlar yaratish qobiliyati;
xayol qila olish, fantastlik (fantaziya.)
O’qituvchi faoliyatidagi kreativlikning bir necha bosqichlarini belgilash mumkin:
Birinchi bosqichda tayyor metodik tavsiyanomalar tuzukkina ko’chiriladi;
ikkinchi bosqichda mavjud tizimga ayrim moslamalar (modifikatsiyalar), metodik usullar kiritiladi;
uchinchi bosqichda g’oyani amalga oshirish mazmuni, metodlari, shakli to’la ishlab chiqiladi;
to’rtinchi bosqichda o’qitish va tarbiyalashning o’z betakror kontseptsiyasi va metodikasi yaratiladi.
O’qituvchining innovatsiya faoliyati tuzilmasidagi eng muhim komponent bu refleksiyadir.
Refleksiya o’qituvchining o’z ongi va faoliyatini belgilash va tahlil qila olish deb qaraladi (o’z fikri va harakatlariga tashqaridan nazar (V.A. Slastenin).
Pedagogikaga oid adabiyotlarda reflektiv jarayonlarni izohlashning ikki an’anasi mavjudligi aytiladi:
ob’ektlar mohiyatini izohlashga va ularni konstruktsiyalashga olib keladigan ongning reflektiv tahlili;
shaxslararo muloqot ma’nosini tushunish refleksiyasi;
Bu bilan bog’liq ravishda pedagog olimlar quyidagi reflektiv jarayonlarni farqlaydilar:
o’z-o’zini va boshqalarni tushunish;
o’z-o’ziga va boshqalarga baho berish;
o’z-o’zini va boshqalarni izohli tahlil qilish.
Refleksiya (lotincha Reflxio- ortga qaytish) sub’ektning o’z (ichki) psixik tuyg’u va holatlarini bilish jarayoni sifatida qaraladi.
Falsafa va pedagogikaga oid adabiyotlarda refleksiya shaxsning o’z ongidagi o’zgarishlarni fikrlash jarayoni deb yoziladi.
Psixologik lug’atda shunday izoh beriladi: "Refleksiya - faqat sub’ektning o’z-o’zini bilishi va tushunishi emas, balki boshqalar uning shaxsiy xislatlari, his qilish tuyg’usi va bilish (kognitiv) tasavvurlarini bilish hamda tushunishini aniqlab olishini ham anglatadi.