8 – ISH. IMMUNOGLOBULIN XROMATOGRAFIYA BO’YICHA TOZALASH.
Ishning umumiy izohi. Qon zardobidan ammoniy sulfat bilan cho’ktirilgan immunoglrbulinlar fraktsiyasi ion almashuvchi DYeAYe-tsellyulozada (yoki sefedeksda) ion almashish xromatografiyasiga qo’yiladi. Alfa va beta globulinlarni ajratish maqsadida ion almashgich bilan ion kuchi 0,02 M natriy fosfat buferi va rN 8,0 bo’lganda bog’lanmaydigan Ig C yig’iladi va to’yishish darajasi 50% bo’lganda cho’ktiriladi.
Jihozlar va reaktivlar. Kolonka (d=2 sm, N=20 sm xromotografiya yig’masidan) tsentrifuga, SF-26, rN 8 ga teng bo’lgan 0,2 M natriy-fosfat buferi, 200 ml tagi yassi kolba – 2 dona, ammoniy sulfat.
Ishning borishi. Qon zardobidan ammoniy sulfat bilan 50% gacha to’yintirib (1-ish, v). globulinlar yig’indisi cho’ktirilganda cho’kmada alfa, beta va gamma – globulinlar bo’ladi. Immunokimyoda immunoglobulinlarni kimyoviy tajribalar uchun yuqori darajada tozalash talab qilinadi. Bu uslub alfa va beta globulinlarni DYeAYe tsellyulozada bog’lanish xossalariga asoslangan, chunki bu sharoitda (0,02 M bufer, rN 8,0) Ig C sorbent bilan bog’lana olmaydi. Kolonkaga 1/5 hajmda ishchi bufer qo’yiladi va voronkali tomoniga paxta filtr (qaynatilgan meditsina paxtasi), tepasiga yumaloq qilib qirqilgan filtr qog’oz qo’yiladi va bu filtr vaqtincha shisha tayoqcha bilan ushlab turiladi. Gel suspenziyasi asta-sekin qo’zg’atib yubormasdan kolonkaga qo’yiladi. 30 minutdan so’ng gel cho’kkandan keyin tayoqcha olinadi va kolonkaga 1-2 hajm ishchi bufer qo’yilib muvozanatga keltiriladi. Balandligi 2x10 sm gel bilan to’ldirilgan kolonkaga 200 mg gacha Ig C fraktsiyasi (20 ml kontsentratsiyasi 10 mg/ml) solinadi. Hamma hajmdagi fraktsiya o’tkazilgandan so’ng kolonkani (1-4 hajmdagi gel) yutilishi 280-nm-da yo’qolguncha ishchi bufer bilan yuviladi. Kolonkadan o’tgan hamma fraktsiya yig’ilib, hajmi o’lchanadi va 50% to’yinguncha (31,3 g/100 ml) (NH4)2SO4 qo’shiladi.
5.OQSILLARNING AHAMIYATI
Oqsillarning eng muhim biologik funksiyalari quyidagilar:
1. Katalitik funksiyasi–organizmning hayot faoliyatini ta’minlovchi doimiy o`tadigan barcha xilma–xil reaksiyalar spesifik oqsillar–fermentlar bilan ta’minlanadi. bu biologik katalizatorlar organizmda o`tayotgan kimyoviy reaksiyalarni tezlashtiradi.
2. Transport funksiyasi–qonda kislorodni tashish tamomila oqsil–gemoglobin tomonidan bajariladi. Proteinlar qonda yog`lar, va’zi gormonlar, vitaminlar metall ionlari bilan kompleks hosil qilib, ularni tegishli to`qimalarga etkazadilar. Masalan, gemoglobin qon tarkibidagi kislorodni biriktirib uni tashiydi. Lipoprotein oqsili yog`simon moddalarni jigardan boshqa organlarga tashiydi.
3. Ozuqa va zahira funksiyasi–ko`pchilik o`simliklarning urug`larida zapas oqsillar to`plangan bo`lib, shu bilan birga ozuqa va zahira oqsillarga tuxum al’bumini, ma’lum mikroelementlar zahira holatida bo`ladi. Masalan, go`sht tarkibida maxsus oqsil temir elementining zahirasini tutib turadi. To`qimada, o`sayotgan homilada, o`simlik donida, tuxumda va sutda bo`lib, zarur bo`lgan sharoitda sarflanadi.
4. Energetik funksiyasi–1 g oqsil to`la parchalanganda 17,15 kJ (4,1 kkal) energiya ajralib chiqadi. biroq organizm asosiy energiya Suvstratlari bo`lgan Uglevodlar va yog`lar etishmobchiligini sezgan hollardagina oqsillarni energiya manvai sifatida ishlatiladi.
5. Struktura funksiyasi. Odam tanasining ko`pgina qismini 20 % oqsillar tashkil qiladi. barcha organlar va to`qimalar, miqdori va xossasi bilan farqlanadigan oqsillarga ega. Agar muskul va jigarda 22 % oqsil bo`lsa, miyada 11 %, yog` to`qimasida esa 6 % bo`ladi. Terining shox qatlami, soch va tirnoqlar keratinlar deb atalgan ma’lum oqsillardan tuzilgan, miozin va oktin muskullarda uchraydi. Al’bumin, globulin, gemoglobin va boshqalar qonda aylanib yuradi.
6. Himoya funksiyasi. Ebolyusiya dabomida hayvonlar organizmlari tashqi muhitning noqulay faktorlariga va ichki muhit doimiyligining buzilishlariga qarshi xilma–xil himoya mexanizmlarini ishlab chiqqan.
Masalan, teri organizmni temperaturaning keskin o`zgarishlaridan, quyosh radiasiyasidan saqlab turadi.
Organizmga kirgan vakteriyalarni, yog` va oqsillarni yuksak spesifiklik bilan bog`laydilar, parchalaydilar, zararsizlantiradilar. Qon tarkibidagi immunoglobulin oqsili qonga kirgan virus va vakteriyalarni sezadi, ularni aniqlaydi va zararsizlantiradi. SHu oqsillar etishmasligi esa SPID kasalligiga olib keladi.