4-konforkali elеktr plitalari
Ishlatish tartib qoidalari:
1. Sanitariya gigiеna holati tеkshiriladi;
2. Elеktrga ulanganligi tеkshiriladi;
3. Tеxnika xavfsizligi tеkshiriladi;
4. Boshqarish qismidan kеrakli darajasi bеlgilanadi va konforka
yoqiladi;
5. Plita konforkalari to’liq ishlashi
Suyakli, go‘sht-suyakli, go‘sht va qo‘ziqorinli, bulonlardan xar xil mahsulot qo‘shib sh
Suyakli, go‘sht-suyakli, go‘sht va qo‘ziqorinli, bulonlardan xar xil mahsulot qo‘shib sho‘rvalar pishiriladi. Baliq bulonida kartoshkali sho‘rvalar, rassolnik, solyanka, щi tayyorlaniladi. To‘ldirgichli sho‘rvalar tayyorlash uchun yormani saralab, suvini bir necha marta almashtirib ivitiladi. Suli yormasini yuvilgandan so‘ng qaynab to‘rgan suvga solinadi va chala tayyor bo‘lguncha pishiriladi. Qaynab chiqqan suvni to‘kib tashlab, yormani alohida yuvib olinadi. Chunki suv bemaza ta’m berishi mumkin. Dukkaklilarni saralab, yuvib, suvga solinadi (2-3 l suvga, 1 kg) loviya va moshni 5-8, no‘xatni 3 - 4 soatga ivitib qo‘yiladi. Keyin o‘sha suvda tuz qo‘shmasdan qopqog‘i yopiq xolda pishiriladi. Makaronni tozalab olib, qaynab to‘rgan suvga solinadi. Makaron 30 - 40 daqiqa, lapsha 20 - 25 daqiqa, vermishel 10-15 daqiqa pishiriladi.
To‘ldirgichli ovqatlar uchun tomat pyuresini qovurib olinadi.
Borshlar (karam sho‘rva). Dog‘langan yog‘da lo‘nda-lo‘nda qilib to‘g‘ralgan go‘sht va piyoz qizarguncha qovuriladi. So‘ngra qozonga to‘g‘ralgan pomidor yoki tomat pastasi solinib 10 daqiqacha qovurilgach, somon shaklida to‘g‘ralgan sabzi, qizilcha va parrak - parrak qilib to‘g‘ralgan kartoshka solinadi. Barcha masalliq yaxshilab qovurilgandan so‘ng qozonga 3 l suv, qalampir, tuz, dafna yaprog‘i, mayda to‘g‘ralgan karam solib 35 - 40 daqiqa davomida qaynatiladi.
Makaron mahsulotlaridan, lapshadan, yorma va dukkaklilardan tayyorlanadigan taomlar. Bu turdagi taomlar uchun makaron, rojki, vermishel sanoat yoki uy lapshasi, xar xil yormalar va dukkaklilarni ishlatsa bo‘ladi. Taomlar suyakli, go‘sht-suyakli bulonlarda tayyorlaniladi. Mol, qo‘y, parranda go‘shtlari, go‘sht konservalaridan, quritilgan qo‘ziqorinlardan tayyorlaniladi. Makaron mahsulotlaridan sho‘rvalar tayyorlash uchun sabzi, piyoz, oq ildiz, somoncha yoki kubik shaklida, dukkakli va yormali taomlar uchun esa kubik shaklida to‘g‘raladi. Sabzi va piyozni jazlanadi. Makaron mahsulotlari ayniksa vermishel pishirish jarayonida yumshab ketadi. Shuning uchun, 30-40 daqiqada tarqatib bo‘lish xisobi bilan, kam miqdorda tayyorlash kerak.
Tiniq sho‘rvalar tiniq bulon va garnirlardan tayyorlaniladi. Bulonlar tiniq sho‘rvalar uchun tindirish natijasida va ozuqaviy bulonlarni ekstraktiv moddalar bilan to‘yintirish yo‘li bilan olinadi. Tindirish uchun go‘sht, parranda suyaklari, tuxum oqi ishlatiladi. Garnir sifatida tiniq bulonlar uchun xar xil sabzavotlar, go‘sht, parranda, baliq, tuxum, yormadan tayyorlangan mahsulotlar ishlatiladi. Portsiyali idishga solinayotganda garnir qo‘shiladi va bulon qo‘yiladi. Tiniq bulonlarni kosalarda dasturxonga tortiladi.
Suyuq taom turlari. Sho‘rva turlari. Mastava, noxot sho‘rva moshxo‘rdi tayyorlash qoidalari va ishlatiladigan xom-ashyolar.
Chuchvara
Kerakli masalliqlar:
Qiyma go‘sht - 300 g.
Un - 500 gr.
Piyoz - 5-6 dona.
Kartoshka - 2-3 dona.
Tuxum - 2 dona.
Tayyor bulon (Galina blanka yoki
Rollton) - 1 pachka.
Tuz
Ziravorlar
Tayyorlanishi:
1 kosa suvda 1 osh qoshiq tuz eritiladi. Tayyor eritma unga solinadi va 2 ta tuxum qo‘shib, xamir qoriladi. Xamir yaxshilab mushtlab, tindirib qo‘yiladi.
Qozonga suv solinib gazga qo‘yiladi. Suv qaynab chiqqach, 2-3 dona mayda to‘g‘ralgan piyoz va kartoshkalar solinadi.Endi qiyma tayyorlaymiz. Buning uchun tayyor qiyma go‘shtiga qolgan piyozlarni mayda to‘g‘rab, ziravorlar bilan tuz-namagini to‘g‘rilaymiz.
Tingan xamirni yupqa qilib yoyamiz. Va 3 barmoq enligida tesmalar kesib olinda. Bu tesmalar ustma-ust taxlanib, yana 3 barmoq kengligida kesiladi.
Tayyor xamirga qiyma solib, chuchvara tugiladi.
Shu davrgacha qaynab turgan suvga tayyor bulon solinib, ketidan chuchvara-
larni solamiz. Chuchvaralar 10 daqiqa mobaynida pishadi.
CHuchvaralar ta’bga ko‘ra ko‘katlar va smetana bilan iste’mol qilinadi.
Gulkaram sho‘rva
Masalliqlar:
1. Gulkaram - 1 kg.
2. Go‘sht - 500 gr.
3. Piyoz - 1 bosh.
4. Sabzi - 2 dona.
5. Kartoshka - 3 dona.
6. Tuz - ta’bga ko‘ra.
7. Zaravorlar.
8. Ko‘katlar (piyoz va kashnich).
Tayyorlash:
Mol yoki qo‘y go‘shtining yog‘liroq joyi va suyaklaridan solib, piyoz qo‘shib qaynatiladi, so‘ngra gulkaramning gul shoxlarini o‘zagidan ajratib, kubik shaklida to‘g‘ralgan sabzi bilan birga qaynab turgan sho‘rvaga solib pishiriladi. Shuningdek, sho‘rvaga parrak qilib to‘g‘ralgan kartoshka solingandan keyin olovni pasaytirib, 20 minut daqiqa davomida miltiratib qaynatiladi. So‘ngra tayyor taomni kosalarga suzib, betiga kashnich va ko‘k piyoz sepilgan holda dasturxonga tortiladi.
Dostları ilə paylaş: |