4
10-SINF
ORGANIK KIMYO
(68 soat)
O‘quvchilar o`quvfaoliyati natijalariga qo`yiladigan talablar:
organik birikmalarning tarkibi, olinishi, xossalari haqida tushuntiradi;
kundalik
turmushda ishlatish sohalari, oziq-ovqat mahsulotlari tarkibi haqida
biladi;
organik birikmalarning xossalari va olinishi bo‘yicha masalalar yechadi.
organik birikmalarning umumiy va oddiy vakilini tuzilish formulasi, gamologlari,
izomerlarining travial, IYUPAK, ratsional nomlarini yozma va og‘zaki ifodalay oladi;
kimyoviy qonuniyatlar asosida olgan bilimlaridan hayotiy faoliyatda
foydalanadi;
media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topadi,
saralaydi va ulardan
samarali foydalanadi;
bilim va tajribalari asosida hayot davomidagi kundalik turmushda uchraydigan
muammolarni hal etadi;
tabiiy resurslardan
oqilona foydalanishni, mahsulotlardan tejab foydalanishni,
fanining rivojlanishini, bu yo‘nalishda kimyogarlarining olib borayotgan ishlari haqida
biladi va fan, texnika yangiliklaridan xabardor bo‘ladi;
kimyoning kasbiy soha yo‘nalishlari haqida biladi.
I BOB. Organik kimyoning tuzilish nazariyasi
(10 soat)
Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o‘ziga xos xususiyati
Organik kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari Organik kimyo tarixi. Organik
birikmalarning o‘ziga xos xususiyati.Organik kimyo uglerod birikmalari kimyosidir.
Organik va anorganik moddalar, ularning farqlari, insonga dastlab ma’lum bo‘lgan
organik moddalar.
Organik moddalarning tuzilish nazariyasi. Butlerov tuzilish nazariyasi,
organik birikmalarda
uglerod IV valentligi, uglerod atomlarining o‘zaro C-C bog‘
hosil qila olish qobiliyati, Organik birikmalarning oksidlanish darajasini va valentligini
topish.