O`quv ishlari bo`yicha prorektor A. Soleyev “ ” 2021-yil


-Mavzu: Adabiy tanqidiy suhbatlar



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə57/108
tarix30.09.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#150984
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   108
21-Mavzu: Adabiy tanqidiy suhbatlar
Reja:
1. Adabiy tanqidiy suhbat janrining oʻziga xos tamoyillari.
2. Suhbat janrining mavzu koʻlami hamda asosiy prinsiplari.
3. Erkinlik, xolislik, mustaqil fikrlash suhbat janrining asosiy kategoriyalaridir.

Tanqid va adabiyotshunoslik kengashi tashabbusi bilan uyushtirilgan “Adabiy tanqid: bugun va ertaga” deb nomlangan davra suhbatida ayni sohaga oid kamchiliklar o‘rtaga tashlandi, adabiy tanqidning ijodiy jarayon ko‘zgusi ekani, adabiyotning taraqqiyot yo‘lini belgilab berishi, uning hayotiy zarurat ekanligi ta’kidlandi.


Tahririyatimiz davra suhbatida aytilgan fikr-mulohazalarni gazetada yoritib, adabiy jamoatchilikni, keng kitobxonlar ommasini tanqidchilik muammolaridan, bu soha jonkuyarlarining sa’y-harakatlaridan, taklif va tavsiyalaridan xabardor qilishni rejalashtirgan edi. Albatta, bu ijodiy muloqot davomida aytilgan hamma gapni gazeta sahifasiga sig‘dirishning imkoni yo‘q. Shu bois ishtirokchilarning tanqidchilik ahvoli va rivoji uchun foydali, bevosita mavzuning o‘ziga doir fikr-mulohazalarini sahifaga olib chiqishni maqsad qildik.
Davra suhbatini O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Tanqid va adabiyotshunoslik kengashi raisi taniqli olim Suvon Meli olib bordi.
Suvon Meli, filologiya fanlari nomzodi:
— Bugungi adabiy jarayonda tanqidning o‘rni va roli har qa­chongidan-da muhim. Zero, ijodiy sharoit barcha janrlarda, turli uslublarda yozish imkoniyatini yaratib berdi, badiiy tafakkur ufqlari kengaydi. An’anaviy, realis­tik uslubdagi asarlar bilan bir qatorda har xil adabiy oqimlarga xos usuldagi asarlar ham chop etilayotir. Bugun tanqidchilik oldida mazkur jarayonni o‘rganish, jamoatchilikka, keng kitobxonlar ommasiga ularning mazmun-mohiyatini tushuntirib berish, estetik didni tarbiyalash, joriy adabiy tafakkurdagi o‘sish-o‘zgarishlarni aniqlab, istiqboldagi taraqqiyot yo‘llarini ko‘rsatishdek dolzarb vazifalar turibdi. Bu vazifalarni ado etishga chog‘langan adabiy tanqidning ayni paytdagi faoliyati qoniqarlimi? Adabiy tanqid sustlashdi, taqrizchilik holiga tushib qoldi, hatto “tanqidchilik” atamasidan voz kechib, “adabiyotshunoslik” atamasi bilan kifoyalangan ma’qul, degan fikrlar qanchalik rost?..
Bugungi davra suhbatimizda yuqoridagi kabi bir qator savollarga birgalikda javob qidirsak, muammolarni ro‘y-rost o‘rtaga tashlasak, aniq taklif va mulohazalarimizni bayon etsak. Maqsad badiiy tafakkur taraqqiyotining yetakchi kuchi bo‘lgan adabiy tanqidning yanada faollashuviga, tahlil va talqinda teranlashuviga, ommabop va hozirjavobligiga turtki berishdan iboratdir.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin