O`quv ishlari bo`yicha prorektor A. Soleyev “ ” 2021-yil



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə37/124
tarix15.12.2022
ölçüsü1,13 Mb.
#75176
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   124
f42ed8aee4de5e7b66397c774a7051b2 ADABIYOTSHUNOSLIK NAZARIYASI

Jonlantirish – odamlarga xos xususiyatlarni jonsiz predmetlarga, tabiatning turli hodisalariga ko’chirish orqali, to’g’rirog’i, ularni insoniylashtirish orqali paydo bo’ladigan tasvirdir. Bu tasvirning ikki xil ko’rinishi mavjud: Birinchisi, tashxis (shaxs bilan bog’liq) jonsiz narsalarni jonlantirish usulidir; masalan, badiiy asarda quyosh yuguradi, daryo shoshadi, samo (yulduzlar) ko’z yosh to’kadi, harsang(tog’) bardosh va sabr ko’rsatadi, gul kuladi, bulutlar ho’mrayadilar, qovoq osadilar, yig’laydilar, tun uxlaydi, oy yuradi, yulduzlar guvohlikka o’tadi, qashshoqlik kuladi...
Noyob yigit, bosib o’t, deb
To’kiladi yo’lingga.
Gul barglari uchishadi,
Tushayin deb qo’lingga.
Yori o’tkazib ketgan nihol – judayam intiqqan, beadad sog’ingan, sadoqatli dildor, “ko’zlariga surtmoq uchun erining gardi(changi zarrasi)ga zor o’zbek ayolining qalbi bo’lib so’zlaydi. Bu qalbning yorga bunchalik intizorligini faqatgina jonlantirish san’ati, bu san’atning ustamoni hamid Olimjongina g’oyatda ta’sirli qilib, zarur milliylikka o’rab tiriltira oladi. Bu san’atkorlikdir, bu insoniylikdir, bu o’zbeklikdir, bu ibratomuz darslikdir.
Ikknnchisi, intoq(nutq bilan bog’liq) – nutqi yo’q narsa va predmetlarni nutq egasi sifatida jonlantirish usulidir; masalan, badiiy asarda ot ham so’ylaydi (“Alvido, Gulsari” - Ch.Aytmatov), Qo’zichoq va bo’ri bahs yuritadi (“Bo’ri bilan qo’zichoq” - A.Krilov).
Erkin Vohidovning “Aruz va barmoq” she’rida ular o’rtasidagi nifoq jonlantirishning ikkinchi usuli vositasida quyidagicha badiiylashtiriladi; ular o’zlarining “jonli qiyofalari” bilan jonlanadilar:
Aruziy barmoqni
To’pori, deydi.
Sen pastsan, men sendan-
Yuqori, deydi.
Barmoq uni ko’hna-
Xarobasan, der,
Arobasan, der,
Parvozlar asrida.
Giperbola(gr. huperbole-mubolag’a) – mubolag’a(ar.-lof urish, bo’rttirish)da san’atkor tasvirlanayotgan shaxs, predmet, voqea-hodisalarni boshqalaridan ajratib ko’rsatish, diqqatini jalb qilish maqsadida judayam bo’rttirib tasvirlaydi. Aslida, san’at va adabiyotning hamma vositalarida, ularning voqye bo’lishi va yashashida mubolag’a qatnashadi; mubolag’a qatnashmasa san’at ham adabiyot ham bo’lmaydi. Ularning asosida real tasavvur qiladigan, odam to’liq ishonadigan mubolag’i bo’lsa, giperbola usulida bu yanada orttirib, o’ta kuchaytirib tasvirlanadi. Bu usul ko’pincha sifatlash, o’xshatish, jonlatirish kabi vositalar bilan hamkorlik qiladi va shu yo’l bilan o’zining behisob qudratini, o’lchovi yo’q kuchini yaqqolroq namoyish etadi. Masalan, shu vosita asosida yaratilgan mifologik obrazlarni ko’plab uchratish (Dev, Ajina, Iblis; Gerakl, Prometey, Ram, Ilya Muromes) mumkin. Ular shu qadar orttirilgan mubolag’a-grotesk(ital. Grotta-yer osti) bilan tasvirlanadiki, ularning real qiyofasini shartli suratda tasavvur qilish mumkin. “Alpomish”da:
Shomurti yoqalab har yoqqa ketgan,
Ichida sichqonlar bolalab yotgan,
Izidan tushgan pishak oltoyda yetgan.
Odam tushmas uning aytgan tiliga,
Besh yuz quloch arqon yetmas beliga.
Bu qalmoqdir Qalmoqlarning ravishi,
Oh ursa olamni buzar tovushi,
To’qson molning terisidan kovushi... –
kabi tasvirlar orqali qalmoq alplarining vahimali obrazlari yaratiladi. Alpomishning shunday haybatli dushmanlar ustidan g’alabasi – uning o’ta mard, benihoyat jasorat egasi ekanligini ta’sirchan ko’rsatadi. Uning qiyofasini alohida ajratib alplardan-da zo’r haybatliligini yorqin ifodalaydi.
Adabiyotshunoslikda bu san’atning uch xil ko’rinishi borligi qayd qilingan:
1. Tasvirdagi bo’rttirishni aql qabul qilsa-da, lekin hayotda u uchramaydi. Bu tablig’ (ar.katta kuchli ma’nosini beradi) deb yuritiladi: “Olganing oltin, ko’zlaganing kumush bo’lsin”, “Tuproq olsang – oltin bo’lsin” kabi.
Qamarg’a buyla tosh o’lg’och havola,
Bo’lub qalqon aning olida hola.

Farhod tog’ning toshlarini yo’nar ekan, uning metinidan uchgan toshlar borib oyga tegarkan. Oyga toshlar shu xilda otilavergach, u atrofdagi gardishini o’ziga qalqon qilib oladi. Yulduzlar bunday ushoq toshlarning yog’ishini ko’rib o’z boshlarini har tarafga olib qochar edilar. Cho’qqilardan sahroning yuzi ilma-teshik bo’lganday, ushoq toshlar ham osmon yuzini g’alvir qilib yuborgan edi. Ayni vaqtda osmon har nafas boshini olib qochgani bilan yer yuziga qayta yog’dirish uchun tosh o’g’irlar edi. Taqdir – falak jafo toshini yog’dirishdan haligacha to’xtamaganining sababi ham hali o’sha yig’ib olgan toshlarning tugamaganidir.


2. Tasvirdagi mubolag’adorlik aqlga sig’maydi, inson tafakkuri mantig’iga to’g’ri kelmaydi. Bu ig’roq yoki ifrot (ar. haddan oshish, chegaradan tashqariga chiqish) deb yuritiladi: “Sar hovuzdan katta edi kosasi...” (“Alpomish”), Semurg’ uchganda bo’ron qo’zg’oladi, yashin uchganday bo’ladi, qanoti ko’kni qoplaydi (h.Olimjon – “Semurg’”) kabi.
Ul sanamkim suv yaqosinda paritek o’ltirur,
G’oyati nozuklukindin suv bila yutsa bo’lur.

Atoiyning tasviricha, bu sanam – juda go’zal, go’yo nurdan yaratilgan, bir so’zda aytsak – parining o’zi, shunchalik nozikki, bir qultum suv bilan yutib yuborish mumkin ekanki, bu aqlga sig’maydi, hayot mantig’iga tamoman zid keladi.


3. Tasvirdagi haddan ziyod mubolag’adorlikni tasavvur qilib bo’lmaydi, uni hyech kim hayotda ko’rmagan. Bu g’uluv (ar. 1. Qiy-chuv; 2. haddan oshmoq) deb yuritiladi: “Go’ro’g’li qilichining har hamlasi – qirq ming lashkarning bo’ynini uzardi...” yoki Ko’kan yig’layverib shudgorni ko’l qilibdi (G’.G’ulom) kabi.
“Yigitlarni frontga jo’natish”da Ona o’z o’g’liga oq yo’l tilar ekan, fashist degan dushmanga qarshi mardona kurashga chorlaydi:
hujum chog’i chekinma hyech,
Tulkini sher bo’lib bos.

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin