O`quv ishlari bo`yicha prorektor A. Soleyev ” 2021-yil yangi o‘zbek adabiyoti fanidan



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə15/30
tarix16.06.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#131154
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30
27a21d2b9108f256886e1abbc0a51177 YANGI O‘ZBEK ADABIYOTI

Tayanch Tushunchalar: Surat - qo’lda chizilgan tasvir, rasm. Yodgorlik –esdalik sifatida saqlanadigan narsa, obida. Sochma –vaznda cho’ziq va qisqalikka amal qilinishi, bo’g’inlar miqdorining tengligiga esa amal qilmaydigan she’r turi.


TOPSHIRIQLAR:

  1. Mirtemir she’riyatidagi xalqchil ruh manbalari nimada deb o’ylaysiz?

  2. Mirtemir poeziyasiga xalq ijodiyotining ta’siri qaysi jihatlarda namoyon bo’ladi?

  3. Uning qaysi she’rlarini yod bilasiz va qanday asarlarini o’qigansiz ?

  4. Mirtemir she’riyatida tabiat tasviri qanday rol’ o’ynaydi?

  5. Mirtemirning tarjimonlik sohasidagi xizmatlari.

ADABIYOTLAR:

  1. Asarlar. 4-jildlik, T., G.Gulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1980-1983.

  2. Mirtemir tingla hayot. Sochmalar, esdaliklar, to’y xatlar, sadolar. T., 1974yil

  3. T.Xalilov. Mirtemir mahorati. G.Gulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, T., 1980 yil.

  4. I.Gofurov.Ona yurt kuychisi.T., 1970 yil.

  5. N.Karimov. «Bitta o’zim bilaman», «Sharq yulduzi» 1991, 5-son.

  6. M.Shukurov.Bu olam sahnida.T., 1982 yil.

  7. O.Sharafiddinov.Mirtemir. «Birinchi mo’’jiza» kitobida.T., G.Gulom nomidagi.Adabiyot va san’at nashriyoti, 1979 yil.

  8. Nosir Fozilov.Yaxshilar yodi.O’zbekiston adabiyoti va san’ati, 2001 yil, 11 may.

  9. R.Sodiqova.Tarixiy shaxsning badiiy talqini.Til va adabiyot ta’limi.2002, 1-son.



ZULFIYA HAYOTI VA IJODI
REJA:
1.Zulfiyaning hayot yo’li haqida.
2.Zulfiya she’riyati: a)urush va hijron mavzusi;
3.Zulfiya iste’dodli dostonnavis.
4.Zulfiya ijodining o’zbek poeziyasi taraqqiyotidagi o’rni.

XX asr o’zbek sheriyatida iste’dodli shoira Zulfiyaning ham o’z o’rni bor.


O'zbekiston xalq shoiri Mirtemir Zulfiya ijodiga alohida muhabbat bilan qaragan. Shoira ijodi haqida ko'plab maqolalar ham yozgan. Jumladan, Zulfiya haqida shunday yozadi: “Zulfiya - kamtar, o'ta zahmatkash, bilim ufqi keng, doimo dili toshqin, olamni timsollar - obrazlar ko'zgusida tasavvur etishga qodir asl shoira”. Yoki: “O'zbek poeziyasida Zulfiya degan nomning chaqnab paydo bo'lishi - tong yulduzining tug'ilishiga teng voqea , u chindan ham tong kuychisi”.
Zulfiya Isroilova 1915-yil 1-martda Toshkentning O’qchi mahallasida tug’ildi. Oila a’zolarining she’riyatga ixlosi baland, musiqani esa jon dilidan sevishardi. Zulfiya oilaning eng kenja farzandi bo’lib, to’rtta akasi bor edi.
Otasi degrez bo’lgan. «Otamni ham xuddi bobom kabi degrez der edilar. Otam zahmatkash temirchi edi. O’sha vaqtda bolalarini boqish, ro’zg’or tebratish uchun odamlar juda ko’p mehnat qilishlari zarur ekanligiga sira aqlim etmas ekan. Otamning hamma vaqt olovga yo’ldosh kasbidan faqat zavq va shavqni ko’rar edim. Otamday qudratli odam yo’q edi men uchun», degan edi Zulfiya.
Onasi esa juda zehnli, shoirtabiat ayol edi. «Onamning qanchadan qancha qo’shiq va afsonalari, doston va ertaklarni bilishiga aqlimiz bovar qilmasdi. Bu sehrli afsona va dostonlar bizga benihoya huzur bag’ishlar, o’ziga rom qilib olar edi. Aminmanki, mo’jizalar yaratishga qodir, jahonni ko’zga keng ochuvchi, insonni go’zallik sari etaklovchi so’zga shaydolik hissini mening qalbimda ostona hatlab ko’chaga chiqmagan oddiy ayol-onam uyg’otgan»-deya eslaydi shoira..
Zulfiya boshlang’ich ta’lim olgach, xotin-qizlar pedagogika bilim yurtida tahsil oldi (1931-1934). Shu erda ilk bor she’rlar mashq qila boshladi. Bilim yurtida Shukur Sa’dulla rahbarligida tashkil etilgan adabiy to’garak Zulfiyani ijodga kirib kelishida katta rol o’ynaydi. Uning ilk she’ri «Qizil durra» xotin-qizlarning paranjini tashlab, boshlariga durra o’ray boshlash munosabati bilan yozilgan. Zulfiyaning birinchi she’rlar to’plami 1932-yili, 17-yoshida «Hayot varaqlari» nomi bilan bosilib chiqdi. 1935-yilda Hamid Olimon bilan turmush qurishgan. Hamid Olimjon Zulfiya uchun nafaqat umr yo’ldoshi, balki eng yaqin do’st, ustoz edi.
Shuning uchun ham shoiraning bevaqt (1944 yilda) Hamid Olimjondan ajralib qolishi hayotidagi eng fojeiy zarba bo’ldi.
Zulfiya ilm egallashga zo’r ishtiyoq bilan kirishgan. Aspiranturada o’qigan, bolalar nashriyotida ishlagan, bitta o’g’il-Omon, bitta qizi Hulkar tarbiyasi bilan jiddiy shug’ullangan.
1953-1980-yillarda «Saodat» jurnalida bosh muharrir bo’lib ishladi. Respublikamiz vakili sifatida qator chet mamlakatlarda safarda bo’ldi.
Zulfiyaning «O’ylar», «Hijron kunlarida», «Yillar, yillar», «Mushoira» turkumi she’rlari adabiyotimizda katta voqea bo’ldi. To’plamlarga kirgan she’rlarida hijron, sevgi, sadoqat, vatan, o’lim, tong, hayot, umr, tinchlik, dunyo, yurtdoshlarining shodligu qayg’ulari, iztiroblarini o’ziga tegishli dard sifatida talqin etdi. Ayniqsa, shoira she’rlarida ayollarga xos nafis, latofatli, jozibali his-tuyg’ular hukmron. She’rlarida samimiylik kuchli. Mehribon onaning g’amxo’rligidan tortib, Ona-Vatanni asrab-avaylashgacha bo’lgan umuminsoniy g’oyalar etakchilik qiladi.
Zulfiya qator dostonlar yaratdi. Uning «Uni Farhod der edilar», «Quyoshli qalam», «Xotiram siniqlari» kabi dostonlari shoira dunyoqarashining kengaygani, turmush tajribalarining ortgani, tuyg’u va fikrlarining teranlashganini yaqqol ko’rsatib turadi.
«Quyoshli qalam» dostonini o’zbek adabiyotining zabardast adibi Oybekka (xotirasiga) bag’ishladi. Unda imkon qadar shoir ruhiy olamini ochib berishga intildi.
Zulfiya uzoq umr ko’rdi. «Xotiram siniqlari» dostonida aytganidek:
Hurriyat keldingmi, nahotki kelding,
Kelar yo’llaringda pinhona toldim.
Mening ota-onam, jon Vatanimda,
Elim taqdirida abadiy qolding

U baxtli zamonamizni-Vatanimiz Mustaqilligini ko’rishga muyassar bo’ldi, xalqimiz boshidan o’tgan dardu jafolar ortda qolganidan shukronalar aytdi.


Zulfiya respublika Davlat Mukofoti sovrindori, O’zbekiston xalq shoirasi, xalqaro «Nilufar» mukofoti, Mehnat Qahramoni unvoni va «Do’stlik» ordeni sohibasidir.
Uning she’riyati xalqimizning ruhiy-ma’naviy olamini boyitishga ko’maklashaveradi.
Respublikamizning milliy mustaqillikka erishishi shoira Zulfiya ilhom bulog'ining ko'zini ochib yubordi. Yillar davomida qimtinib, haqiqatni bor bo'yicha ayta olmay, yuragi o'rtanib yurgan shoira yangi davr kelganini teran his etdi. Bosib o'tilgan yo'lga adolat ko'zi bilan boqib, ularni o'z nomi bilan atab, haqqoniy realistik asarlar yaratdi. 1995-yilda yozgan “Xotiram siniqlari” dostoni shoira Zulfiya ijodining yangi.sahifasi, yangi bosqichi va hozirgi davr o'zbek she’riyatining qonuniy yutug'i deyishga arziydi. Doston she’riyatim izda muhim voqea bo'ldi. Zulfiya o 'z tarjimai holini asos qilib olib, xalqimizning og'ir, ammo qahram onona yo'lini haqqoniy ifodalab beradi: Onam qo‘llarida mushtday tugunchak. Tosh shaharrti kezar avaxta izlab, Avaxta nechadir, zor ona necha, Nechalar yashardi zamonni “siz"lab. Yoki:
Taqdir, taqdir dedim, yashadim uzoq,
Taqdir peshonaga yoziq devishdi.
Yoziqni peshonaga urdim-u biroq,
Men sindim, qonimdan g 'ishtlari pishdi.
Alam. Yomon alam ко'zing ко’r bo ‘Isa,
Lekin so‘qir dillik undan-da dahshat.
Xalq ganjin yulmoqqa cho ‘zilgan qo ‘Iga
Biz alvon guldasta tutibmiz faqat.
Ko‘rinadiki, shoira zamon, davr, xalq boshiga tushgan dard, jabr-jafoni xuddi o'zinikiday, o'zinikini xalqnikiday qilib tasvirlab bergan. Dostonni bekorga “Xotiram siniqlari” deb nomlainaydi. Bu xotiralar - xalq tarixi shunchaki xotira, shunchaki tarix emas, balki “dardli, tig'Ii siniqlar" bo'lib, doim yurakni tilib qon chiqarib azob berib turadi, ular saboq. Shu tufayli shoira intiqlik bilan kutgan istiqloidan cheksiz xursand:
Hurriyat, keldingmi, nahotki kelding,
Kelar yo'llaringda pinhona toldim.
Mening ota-onam, jon Vatanimda,
Elim taqdirida abadiy qolding.
ADABIYOTLAR:

  1. 1.Zulfiya. Asarlar. Uch tomlik. T., Gafur Gulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1983-1986 yil.

  2. 2.L.Qayumov. Shoira Zulfiya.Hayoti va ijodi haqida ocherk. O’zadabiynashr, Toshkent, 1965 yil.

  3. 3.I.Gafurov. Joziba. Gafur Gulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, T., 1970 yil.

  4. 4.A.Akbarov. Zulfiya. Gafur Gulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1983 yil.

  5. 5.M.Sultonova. «Ijod sahifalari» T., «Fan», 1975 yil.

  6. 6.O.Sharafiddinov. Qalbimizga yaqin shoira. «Adabiy etyudlar» kitobida, Gafur Gulom nomidagi nashriyot, 1968 yil.

  7. 7.Zulfiya. Hulkar. T., O’zdavnashr, 1947 yil.

  8. 8.Zulfiya. «Adabiy o’ylar» T., «Fan». 1985 yil.




Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin