O`quv ishlari bo`yicha prorektor A. Soleyev ” 2021-yil yangi o‘zbek adabiyoti fanidan


-MAVZU: KOMIL YASHIN HAYOTI VA IJODI. UYG’UN HAYOTI VA IJODI



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə12/30
tarix16.06.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#131154
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30
27a21d2b9108f256886e1abbc0a51177 YANGI O‘ZBEK ADABIYOTI

6-MAVZU: KOMIL YASHIN HAYOTI VA IJODI. UYG’UN HAYOTI VA IJODI

Atoqli adib va jamoat arbobi Komil Yashin (Komil Noʻmonov) 1909-yilda Andijon shahrida tugʻildi. Oʻrta maktabni tugatgach, 1925-yili Leningradga borib, Oʻrmon xoʻjaligi institutiga oʻqishga kiradi. Soʻngra maktabda oʻqituvchilik qiladi. 1930-1936-yillarda Yashin Oʻzbek davlat musiqali drama teatrida adabiy emakdosh, 1946-1949-yillarda Oʻzbekiston Xalq Komissarlari Kengashi qoshidagi sanʼat ishlari boshqarmasida boshliq vazifalarida ishlaydi. U yigirma ikki yil davomida (1958-1980) Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasiga rahbarlik, Oybek vafotidan soʻng (1968) “Oʻzbek tili va adabiyoti” jurnaliga muharrirlik ham qiladi. U Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi edi.


Yashinning ijodiy faoliyati 1925-yildan boshlanadi. Bu yillarda uning sheʼr va ocherklari vaqtli matbuotda koʻrina boshlaydi. Shoirning “Quyosh” (1930), “Kurash” (1931) sheʼriy toʻplamlariga kirgan asarlarida mehnatkash xalq hayotida sodir boʻlayotgan yangiliklar, yoshlar taqdiri va kelajagi haqidagi fikrlar oʻz ifodasini topadi.
Yashinning birinchi dramatik asari 1929-yilda sahnaga qoʻyildi. U jamoalashtirish davrida “Oʻrtoqlar” (1930) va “Yondiramiz” (1931) pyesalarini yozdi. Uning “Nomus va muhabbat” (1935), “Hamza” (A. Umariy bilan hamkorlikda, 1940) kabi sahna asarlari Ikkinchi jahon urushigacha boʻlgan oʻzbek dramaturgiyasining eng yaxshi namunalaridandir.
Yashinning “Gulsara” (1934), “Nurxon” (1940) pyesalari oʻz davri uchun xarakterli sahna asarlari boʻlgan.
Komil Yashinning urush davrida yaratilgan asarlarida doʻstlarga nisbatan mehr va muhabbat, dushmanlarga esa qahru gʻazab tuygʻulari balqib turadi. Uning “Oʻlim bosqinchilarga” (1942), “Oftobxon” (1944), “Davron ota” (1942, Uygʻun, Sobir Abdulla, Chustiy bilan hamkorlikda yozilgan) dramalariga shu ruh singdirilgan.
Adibning 1974-yilda yozgan “Inqilob tongi” dramasida xalqimizning yetuk farzandi, atoqli davlat arbobi Fayzulla Xoʻjayev siymosi gavdalantirilgan.
Komil Yashin badiiy tarjima bilan ham shugʻullangan. U Vilyam Shekspirning “Antoniy va Kleopatra”, Mirza Ibrohimovning “Chiroq”, Berdi Kerboboyevning “Mahtumquli” dramasi va boshqa asarlarni oʻzbek tiliga oʻgirgan.
Yashin adabiyot va sanʼat sohasidagi xizmatlari uchun “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi” va “Oʻzbekiston xalq yozuvchisi”, 1974-yilda esa “Mehnat Qahramoni” unvonlari bilan taqdirlanadi.
Yashin oʻzbek dramaturgiyasida yangi sahifalar ochgan, uning mavzu doirasini kengaytirgan adibdir. Uning oʻzbek teatri va dramaturgiyasi taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi beqiyos.
Komil Yashin xarakterlarni harakatda ochish san’atida dramaturgiyamizda o’ziga xos adabiy maktab yaratdi. Bu maktab san’atkorlarning qanchadan-qancha shogirdlarini tarbiyalab voyaga yetkazdi, yetkazyapdi, qanchadan-qancha shogirdlarni ijodiy cho’qqilarga ruhlantirdi, ruhlantirayapdi. Ayni chog’da, dramaturgiyamiz bayroqdorining qalamkash- safdoshlariga ta’siri, safdoshlarning unga ta’siri bir-biriga ustoz, bir-biriga shogirdlari ham o’z an’ana samaralariga ega. Dramaturgiyamizning dramatizm va kollegiyalarga boy pe’salar, ayniqsa, “Gulsara”, ”Nurxon”, musiqali dramalari shogirdlari bilan bir safdoshlarga ham ibratli namunalardir.
Xarakterlarni harakatda ochish san’atida mazkur asarlarni mavjud xislat-traditsiyalarini muallif bilan bir safdoshlari ham davom ettiradi, ular yangi-yangi navatorona xususiyatlar bilan boyitadi. Shu jihatdan ayniqsa, Uyg’un va Izzat Sultonning “Alisher Navoiy” (1944) p’esasi alohida etiborlidir. Har bir davr adabiy jarayonining o’z shoh asari, o’z durdonasi bo’ladi. Dramaturgiyamizning yigirmanchi va o’ttizinchi yillari “Boy ila xizmatchi”, “Maysaraning ishi”, “Paranji sirlari”, “Gulsara”, “Nurxon” larsiz tasavvur qilishimiz qiyin.
Butun umrini xalq baxti uchun kurashga bag’ishlaganlar, xalqchill ideallarni deb jon olib, jon berganlarning nomlari mangulikka barhayotdir. Bundaylarni hayotdagi kabi adabiyotdad ham abadiylashtirish, doimo birinchi darajali vazifalarimizdan bo’lib keladi. Zotan adabiyotimizda zamonaviy mavzu juda ham muhim bo’lgani holda, tarixiy mavzular mavjud. Chunki zamonaviylik muammosi faqat shu kunlardan olib yozilgan asarlar orqali hal qilinmaydi. Yozuvchi tarixga murojaat qilish bilan undan zamonaviy masalalarni hal qilishga ko’maklashuvchi faktlarni izlaydi, tarixga zamonamiz tendentsiyalari nuqtai nazaridan yondashib, uni davrimiz xizmatiga bo’ysundiradi. Misilsiz jangovor sahifalarga boy tariximiz zamondoshlarimizga hamma vaqt yaqin va qimmatli.
Yashin umrining keyingi yillarida “Hamza” romanini yaratdi. Uning soʻnggi asarlaridan biri esa “Yodnoma” kitobidir.



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin