O`quv ishlari bo`yicha prorektor A. Soleyev ” 2021-yil yangi o‘zbek adabiyoti fanidan



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə8/30
tarix16.06.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#131154
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30
27a21d2b9108f256886e1abbc0a51177 YANGI O‘ZBEK ADABIYOTI

Tayanch tushunchalar: Tuyg’ular-ruhiy yoki jismoniy kechinmalar, his-tug’ular majmui; his-tuyg’u; his-hissiyot; ko’tarinki ruh. Tabiat lirikasi-she’riyatda tabiat manzaralari va yil faslllarining turli ko’rinishlarini qahramonning ichki kechinmalari orqali aks ettirish.
Oybek ijodini o'rganish shoir hayotlik chog'idayoq boshlangan. O'zbek va rus adabiyotshunoslari hamda yozuvchilari qalamiga mansub o'nlab maqolalardan tashqari, adib ijodiga bag'ishlangan ko'plab kitob va risolalar ham mavjud. Homil Yoqubovning (“Oybek” (1959), ”G ‘oyaviylik va mahorat” (1963), Matyoqub Qo'shjonovning “Oybek mahorati” (ikkinchi, to'ldirilgan nashri, 1965), Naim Karimovning “Oybek” (1985), “Oybek gulshanida qolgan g'unchalar” (1985) singari kitob va risolalarida yozuvchi hayoti va ijodi bilan bog'liq ko'plab ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, Ozod Sharafiddinov, Salohiddin Mamajonov, Umarali Nonnatov, Baxtiyor Nazarov, Norboy Xudoyberganov, No'mon Rahimjonov, Yo'ldoshxo'ja Solijonov, Dilmurod Quronov, Akbarali Sabirdinov, Ulug'bek Hamdamov kabi taniqli olimlaming ham bir qator ilmiy tadqiqotlari bor.
XX asr oʻzbek adabiyotining rivojiga ulkan va bebaho hissa qoʻshgan ulugʻ adib, shoir, olim, jamoat arbobi, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Muso Toshmuhammad oʻgʻli Oybek 1905-yilning 10-yanvarida Toshkent shahrida boʻzchi oilasida dunyoga keldi.
Oldin oʻrta maktabda, 1922-1925-yillarda esa Toshkent taʼlim va tarbiya texnikumida tahsil oldi. Soʻngra Oʻrta Osiyo Davlat universitetining ijtimoiy fanlar fakultetida oʻqishini davom ettirdi. 1930--yili universitetni tugatib, shu yerda siyosiy iqtisoddan dars berdi.
Yosh shoir Oybekning matbuotda e’lon qiiingan birinchi she’ri 1922-yilda yozilgan "Cholg'u tovushi” bo'lib, u “Armug'on” to'plamida e’lon qiiingan. Bu vaqtda Oybek Navoiy nomidagi ta’lim va tarbiya texnikumida o'qiyotgan bo'ladi. Yosh shoirning bu va shu davrda yozgan ko'plab mashqlarini hali she’r deb atash qiyin edi. Shunday bo'lsa-da, ularda diqqatga sazovor bir nuqta bor. Bu - uning qushlarga, tabiat yaratgan boshqa jonivorlarga rahm va shafqat bilan munosabatda bo'lishi, yosh do'stlarini hatto qo'ng'izlarga ham ozor bermaslikka chaqirishidir
Oybek adabiyotga 1926--yili chop etilgan “Tuygʻular” sheʼriy toʻplami bilan kirib keladi. Shoirning “Dilbar – davr qizi” (1931), “Oʻch” (1932), “Baxtigul va Sogʻindiq”, “Temirchi Joʻra” (1933) dostonlari oʻz davrining sheʼriy yilnomalaridir. U tarixiy va zamonaviy mavzularda yigirmaga yaqin dostonlar yaratadi. Oybek sheʼriyati nihoyatda goʻzal; oʻzining sodda, ravon va ifodali tilda, boy va rang-barang tasvir sanʼat vositalarida yaratilganligi bilan alohida ajralib turadi. Jumladan, u bir sheʼrida:
Yor ketdi, koʻzim bulogʻi qoldi,
Siynamda tirik firoqi qoldi.
Ishq xotirasi kabi sochimning
Yoshlikda koʻpaygan oqi qoldi…
Oybek mohir shoir boʻlgani kabi yetuk romannavis ham edi. U yaratgan “Qutlugʻ qon”, “Navoiy”, “Ulugʻ yoʻl”, “Oltin vodiydan shabadalar”, “Quyosh qoraymas” kabi epik polotnolar oʻzbek realistik nasri taraqqiyotida muhim bir davrni tashkil etadi.
Oʻzbek xalqining 1916-yilgi milliy ozodlik qoʻzgʻoloni yozuvchining “Qutlugʻ qon” (1940) romanida zoʻr mahorat bilan realistik ifodalangan; “Navoiy” (1944) romanida oʻzbek adabiyotida birinchi boʻlib ulugʻ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy obrazi yaratilgan.
“Oltin vodiydan shabadalar” (1949) asarida xalqimizning urushdan soʻnggi davrdagi yaratuvchilik mehnati, “Quyosh qoraymas” (1958) romanida Ikkinchi jahon urushi fojialari oʻz ifodasini topgan. Adibning “Ulugʻ yoʻl” (1967) asari esa “Qutlugʻ qon” romanining mantiqiy davomi boʻlib, unda yozuvchi xalq milliy ongining shakllanishini koʻrsatadi.
Oybek 1949-yilda Pokistonga sayohat qilgan. Adib qardosh xalq hayotini, kurash va intilishlarini “Pokiston xotiralari” ocherklarida, qator sheʼrlari, “Zafar va Zahro”, “Haqgoʻylar” dostonlarida, nihoyat, “Nur qidirib” qissasida tasvirlagan. Adibning “Bolalik xotiralarim” avtobiografik qissasi 1963-yilda yaratilgan. Qissaning bosh qahramoni yosh Muso, yaʼni Oybekning oʻzidir.
Oybek isteʼdodli shoir, yirik nosir boʻlibgina qolmay, mashhur olim, publitsist, tanqidchi, tarjimon va jamoat arbobi hamdir. Oʻzbek kitobxoni Pushkinning “Yevgeniy Onegin” sheʼriy romanini, Lermontovning “Maskarad”, Molyerning “Tartyuf” dramalarini, shuningdek, antik adabiyot namunalarini Oybek tarjimasida oʻqishga muyassar boʻlgan.
Oybek 1943-yilda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasiga haqiqiy aʼzo etib saylanadi va 1950-yilgacha akademiyada ijtimoiy fanlar boʻlimining raisi va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining birinchi kotibi boʻlib ishlaydi. U yuqori malakali filologlar tayyorlashda katta hissa qoʻshgan ustozdir.
Yozuvchi asarlari oʻzbek adabiyotining olamshumul shuhratini yanada oshirdi. Ustoz mahorati yosh yozuvchilar uchun ijod dorilfununiga aylandi. Adibning 20 jildlik toʻla asarlari majmuasi nashr etilgan. Shu maʼnoda uning oʻlmas asarlari maʼnaviy xazinamizdan mustahkam oʻrin oldi va umumxalq mulki boʻlib qoldi.
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Oybek 2000-yil oʻzbek adabiyoti va madaniyati rivojiga qoʻshgan ulkan hissasi uchun “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.
XX asr o’zbek adabiyoti tarixi rivojiga Oybek eng ko’p va rang-barang, serqirra ijodi bilan sezilarli ta’sir ko’rsatdi. Garchi u adabiyotga lirik shoir sifatida kirib kelgan bo’lsa-da, so’ng nazm va nasrning barcha janrlarida ajoyib asarlar yaratdi. Uning ijtimoiy mavzudagi she’rlari, sof lirik she’rlari ham hozirgi kunda o’z qimmatini yo’qotmagan. Oybek she’riy ijodi bilan o'zbek she’riyatining ijodiy ufqini kcngaytirib. tasvir imkoniyatlarini g'oyat boyitdi. O'zbek she’tiyatida realizm Oybekning she’r va dostonlari tufayli yanada teranlashdi. Oybek Pushkin she’rlaridagi poetik latofat va nails musiqani. A. Blok va V. Bryusov she’rlariga xos ramziylikni. Alisher Navoiy va Muhammad Fuzuliy lirikasidagi nazokat va jo'shqinlikni hozirgi o'zbek she’riyatiga olib kirdi. Shu fazilatlar o'zaro uyushgan holda Oybek she’rlarining o'ziga xosligini ochuvchi poetik belgilar darajasiga ko'tarildi Oybekning 1934-yilda yozilgan «O’zbekisiton» she’rida vatanimizning go’zal tashbehlar bilan bezalgan badiiy tasvirini ko’ramiz:
Bir o’lkaki, tuprog’ida oltin gullaydi,
Bir o’lkaki, qishlarida shivirlar bahor,
Bir o’lkaki, sal ko’rmasa quyosh sog’inar. . .
Shoirning ko’pgina she’rlarini o’qir ekanmiz, bevosita Cho’lponning nozik tuyg’u va ruhiy kechinmalari shohidi bo’lasiz:

Qalbdan sevgi toshdi, firoq, g’am-alam. . .


Yuramen, daydimen. . . Parcha cho’g’ qalbda.
Muhabbat dardida Majnun mendan kam,
Go’zalim kelmadi, yonamen dardda . . .

Oybek 30 yillarning oxirlarida dastlabkilardan bo’lib tarixiy-biografik yo’nalishda «Navoiy» (1939) poemasini yaratdi. Poemada Navoiy davridagi muhit, sharoit tasvirlanadi. Adib «O’ch» (1932), «Baxtigul va Sog’indiq» (1933), «Dilbar-davr qizi» (1932), «Qizlar» (1937), «Davrim jarahoti»(1965) kabi dostonlari bilan liro-epik janrdagi yuksak iste’dodini nomoyon qildi. U «Mahmud Tarobiy» operasini librettosi, «Galvirchi» singari tugallanmay qolgan pe’salari bilan dramaturgiyaga ham qo’l urdi.


Dostonlarda orttirilgan tajriba, voqyelikni keng epik planda tasvirlash borasida “Yevgeniy Onegin” tarjimasidan olingan saboq, Abdulla Qodiriy ijodini tadqiq qilish, “Studentlar” romani ustidagi mashqlar (1930), “Globus” singari hikoyalarda kuchni sinash, “O`tgan kunlar”, “Mehrobdan chayon”, “Qullar”, “Sarob” ta’siriga berilish Oybekni nasr tomon yetakladi. Oybekning birinchi romani bo`lgan “Qutlug’ qon” asarida xarakter talqinidagi mahorat, umuman, asar voqyealari, qahramonlar harakatidagi izchillik hamda tabiiylik, bir so`z bilan aytganda, uzviy boqlangandir.
Oybek “Qutlug’ qon”ni yozib tugatishi bilan uni davom ettirish ishtiyoqida bo`ldi. Urushning boshlanishi adib ijodiy niyatlarini o`zgartirib yubordi. Nihoyat, 1967 yilda “Qutlug’ qon”ning davomi “Ulug’ yo`l” romani maydonga keldi.
Oybek urush boshlangan kuniyoq “Yovga o`lim” nomli she’rini yozadi. Fashizmga qarshi kurashga chaqiruvchi “Jasur yigitlarga”, “Avtomat”, “Izsiz qishloq”, “Zafar bizniki” singari she’rlar Oybek poeziyasining eng yaxshi namunalaridan bo`lib qoldi. “Vatan”, “Vatan haqida qo`shiq”, “Vatan qasidasi” she’rlarida Oybek mumtoz va betakror muqaddas Vatan obrazini yaratdi.
Oybek 30-yillarda yozilgan “Sosialistik lirika uchun”, “So`nggi yillarda o`zbek poeziyasi”, “O`zbek poeziyasida til”, “G’afur haqida”, “Tanqid sohasida savodsizlik va ur-yiqitchilikka qarshi o`t ochaylik” singari maqolalari bilan adabiyotshunoslik rivojiga katta hissa qo`shdi.
Oybek Navoiy dunyoqarashidagi jarayonlarni, murakkablikni siljishu o`zgarish va cheklanishlarni ko`rsatishga alohida e’tibor berdi.
Navoiy mutafakkir olim va fozil davlat arbobigina emas, balki buyuk shoir edi. Shu sababli u “Navoiy” romanida qahramonini qator epizodlarda ilhom og’ushida, ijod sehri bilan bandlikda “Farhod va Shirin” ustida ishlash manzaralarida beradi.
Yirik madaniyat arboblari Oybek ijodiga yuqori baho beradilar. Atoqli rus yozuvchisi A.Fadeyev “Qutlug’ qon” va “Navoiy”ni mislsiz voqyea bo`lgan nodir asarlardir” deb baholaydi. Shunday asarlar yaratilganligi sababli, 30-yillar va urush davri Oybek ijodiy yo`lining yetuklik bosqichini tashkil etadi. Urushdan keyingi yillar esa yozuvchi ijodiy yo`lining so`nggi bosqichi hisoblanadi. Turli-tuman ijtimoiy va hayotiy murakkabliklar, ziddiyatlar tufayli Oybek bu davrda ilgarigi bosqichlardagi kabi muvaffaqiyatlarga erisha olmaydi. Xususan, “Oltin vodiydan shabadalar” romanida konfliktsizlik “nazariya”sining ta’siri sezilsa, “Quyosh qoraymas” asari kompozisiyasining nomukammalligi bilan kitobxonda qoniqmaslik tuyg’usini uyg’otadi. Adibning “Zafar va Zahro”, “ Haqgo`ylar”, “Nur qidirib” asarlari bo`lsa Pokiston hayotining biryoqlama, ya’ni hukmron mafkura ta’sirida chizilgan soxta manzaralarini gavdalantirishi bilan adabiyotda sezilarli hodisa darajasiga ko`tarilmadi. Yozuvchining 60-yillarda yaratilgan “Davrim jarohati” dostoni va “Bolalik” povesti ko`plab go`zal haqqoniy manzaralarga boyligi bilan ijodkor iste’dodi butkul so`nmaganligidan dalolat beruvchi asarlar bo`lib qoldi.
1940-yilda «Qutlug’ qon» romani nashr etildi. Shu-yili «Rim adabiyoti» majmuasini o’zbek tiliga tarjima qildi. Navoiy va u yashagan davr hayotini chuqur o’rgangan adib ulug’ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hayotini aks ettirgan «Navoiy» (1942) romanini yaratdi.
Oybek umrining so’nggi yillari og’ir xastaligiga qaramay, qator asarlar yaratdi. Yirik jamoat arbobi sifatida qizg’in faoliyat olib bordi. U shoir, yozuvchi, publitsist va tarjimon sifatida samarali mehnat qildi. Ijodni umrining mazmuni deb bilgan Oybek betob yillarida «Quyosh qoraymas» (1943-1958), «Ulug’ yo’l» (1967) romanlari, «Nur qidirib» (1957), «Bolalik»(1965), «Bola Alisher»(1967) qissalari, ko’pgina she’r va poemalar yaratdi.
Iste’dodli shoir Rauf Parfi Oybek xotirasiga bag’ishlab she’r yozgan edi:
Biroq, hayhot, biroq bir quyun keldi,
Oydin buloq qayga berkindi.
Qaydadir sha’n va sobit chiroy,
Falaklarga qarayman endi,
Falaklarda kezib yurar oy.
«Oybek xotirasiga» nomli ushbu she’rning biror misrasida Rauf Parfi Oybek nomini tilga olmaydi. O’quvchi shoirning Oybek taxallusi mazmunidan she’rni Oybek haqidaligiga tushunib etadi.


XX asr oʻzbek adabiyotining barcha atoqli arboblari ijodiga nazar tashlasak, ular adabiy merosida tarjimaning muhim oʻrin egallagani kundek ravshan boʻladi. Oybekning adabiy merosi ham shu maʼnoda istisno emas. Oʻz hayotlari va ijodlarini millatni uygʻotishdek buyuk ishga bagʻishlagan adiblarning Sharq va ayniqsa, Gʻarb adabiyoti durdonalarini oʻzbek tiliga tarjima qilishlari nafaqat milliy adabiyotimiz badiiy ufqlari va imkoniyatlarining kengayishi, balki ayni paytda millat badiiy ongining yuksalishi, tafakkurining keng qanot yozishi, adabiy-estetik didining sayqal topishida katta ahamiyatga molik boʻlgan. Shuning uchun ham oʻzbek badiiy tarjima maktabi XX asr boshlarida Turkistonda, soʻngra Oʻzbekistonda yangi taraqqiyot bosqichiga koʻtarilib, oʻzbek xalqiga rus va jahon adabiyotining buyuk namoyandalari ijodi bilan yaqindan tanishish, yangi badiiy olamni kashf etish imkoniyatini yaratdi. Oybek ustozlari boshlab bergan shu muborak ishni mehr bilan davom ettirib, ijodiy hayotining qariyb barcha bosqichlarida badiiy tarjimaga alohida eʼtibor va muhabbat bilan qaradi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin