O`quv ishlari bo`yicha prorektor A. Soleyev ” 2021-yil yangi o‘zbek adabiyoti fanidan



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə9/30
tarix16.06.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#131154
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30
27a21d2b9108f256886e1abbc0a51177 YANGI O‘ZBEK ADABIYOTI

SAVOLLAR:
1.Oybek lirikasining o’ziga xosligi nimada?
2.She’riy to’plamlari qanday nomlangan va qaysi yillari chop
etilgan?
3.Oybek taxallusini qanday izohlaysiz?
4.Adibning tarixiy mavzularda ijod qilishining boisi nimada?
5.Oybekning liro-epik asarlari haqida ma’lumot bering?
6.Roman janridagi ilk asari qaysi?
7. «Qutlug’ qon» romanining bosh mavzusi va g’oyasi, obrazlari
haqida gapiring?
8. «Navoiy» romanida qanday tarixiy va to’qima obrazlar bor?
9.Oybek o’zbek tanqidchiligi va adabiyotshunosligi taraqqiyotiga 
qanday hissa qo’shdi?
ADABIYOTLAR:
1.Oybek. Mukammal asarlar to’plami. 20 jildlik. T., «Fan»,
1990-1995yil.
2.Oybek. «Bolalik xotiralarim».T., «Adabiyot va san’at»
nashriyoti.
3.H.Yoqubov. Adibning mahorati . «Fan», Toshkent., 1966yil.
4.B.Fayziev. «Navoiy» romanida tarixiy voqealar va badiiy
to’qima. G.Gulom nomidagi nashriyot. T., 1971 yil.
5.S.Mirvaliev. O’zbek romani. «Fan», Toshkent, 1969yil.
6.O.Yoqubov, U. Normatov. Oybek dahosi. «Yoshlik», 1985, 1-son.
7.N.Karimov. Shaffof tuyg’ular shalolasi. «Yoshlik» jurnali,
1985, 1-soni,
8.M.Qo’shjonov. Oybek mahorati. T., O’zadabiynashr, 1965yil.
9.N.Karimov. Oybek. T., G.Gulom nomidagi Adabiyot va san’at
nashriyoti, 1985 yil.
10.O.Sharafiddinov. So’z san’atiga fidoiy sadoqat. «Iste’dod
jilolari» kitobida, G.Gulom nomidagi Adabiyot va san’at
nashriyoti, 1976 yil.


4-MAVZU:HAMID OLIMJON IJODI
REJA:
1.Hamid Olimjonning hayot va ijod yo’li.
2.Hamid Olimjon lirikasining g’oyaviy-badiiy xususiyatlari.
3.Xalq og’zaki ijodi va Hamid Olimjon.
4.Hamid Olimjon dramalari.
5.Hamid Olimjon ijodining ahamiyati.
Hamid Olimjon g'oyat qisqa umr ko'rdi. 35 yil yashagan shoiring XX asr o'zbek adabiyoti tarixida qolishi katta voqeadir. Ijodkorning o’n jildlik to’la asarlar to'plamidan joy olgan adabiy merosi she’riy asarlaridan tashqari, bir qancha nasr namunalari, ocherklar, dramalar, publitsistik va adabiy-tanqidiy maqolalar hamda tarjimalardan iborat. Bu rang-barang meros orasida she’riyat alohida mavqega ega. Shoir she’riyati badiiy tasvir vositalariga boyligi bilan ham ahamiyatlidir. Mashhur adabiyotshunoslardan Sarvar Azimov, Salohiddin Mamajonov, Umarali Normatov, Naim Karimov, Saydulla Mirzayev, Baxtiyor Nazarov va D.Quronovlaning yirik monografiyalari (ilmiy tadqiqotlari), Hotam Umurovning uch jildlik asarida va boshqa ko'plab kitoblarda shoir ijodiyoti keng, atroflicha tahlil qiiingan.
Hamid Olim jon - o'zbek she’riyatining yorqin siymolaridan biri. Bory o‘g‘i o'ttiz besh yil yashagan Hamid Olimjon o'zining talay she’rlari, dostonlari, nasriy asarlari, dramalari, badiiy tarjimalari va adabiyotshunoslikka doir tadqiqotlari bilan hali uzoq vaqt m obaynida xalq xizmatida bo'ladi. Qanday adabiy-tarixiy davrlar kelmasin, qanday fikrlar shabadasi esmasin, asr adabiyotining eng iste’dodlilari orasida Hamid Olim jonning dilbar she’riyati ham yashashda davom etadi. Hamid Olimjon lirikasi shoir qalbida ungan, mavj urgan va katta to'lqinga aylangan tuyg'ular shalolasidan iborat. Bu tuyg‘ular shoir qalbining qaynoq va samimiy holatidan otilib chiqadi. Hamid Olim jonning muhabbatida ham, nafratida ham porloq alanga bor. U o'zbek she’riyatida Cho'lpondan keyin jnsonning ruhiy olamini nafis bo'yoqlarda ifodalashga uringan shoirlarning dastlabkilaridan biri. Hamid Olimjonning 1936-yildan keyingi ijodida lirik qahram onning ichki olami barcha go'zal jilvalari bilan aks eta boshladi. O’zbekiston xalq shoiri Mirtem ir shunday deydi: “Hamid Olimjon nodir iste'dod egasi. Qonida, ko'z qorachig'ida, to'qson ikki tomirida tug'та zukkolik, shoirona sajiya, bilgichlik ayon... chin mа'nosi bilan о’qimishli qalamkash edi".
Hamid Olimjon qisqa umr ko’rgan bo’lsa-da, sermazmun asarlari bilan o’ziga abadiy haykal yaratib qoldirdi. U 1909-yil 12 dekabrda Jizzaxda tug’ildi. Otasining ismi Olim buva, onasining ismi Komila aya bo’lib, to’rt yoshga etar-etmas otadan etim qolib, Azimbobo qo’lida tarbiyalangan. Azimbobo va Komila aya Abdulhamidning yoshligidan ijodga havasini uyg’onishiga ta’sir ko’rsatishgan.
Hamid Olimjon maktabni tugatib, Samarqanddagi Pedakademiyada tahsil oldi. Uning ilk she’rlar to’plami «Ko’klam» nomi bilan 1929-yili bosilib chiqqan.
“Olov sochlar”( 1931 ), “Poyga” , ”O‘lim yovga” (1932), ”Daryo kechasi” (1936), ”She’rlar”(1937), "Chirchiq bo'ylarida” (1937), “O'lka”, “Oygul bilan Baxtiyor”( 1939) va “Baxt” ( 1940) to'plam lari, dostonlari, tarjimalari nashr qilinadi. Bu to'plam larga kiritilgan she’riy asarlam ing aksariyati shoir ijodida rang-barang voqelik tasviri tobora chuqurlashib, go'zallashib, obrazlilik va ta’sirchanlik kuchaya borganligidan dalolat beradi. 1939-yili O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga mas’ul kotib etib tayinlanadi.
Hamid Olimjon lirik she’rlarida umuminsoniy g’oya va tuyg’ularni kuyladi. «Baxtlar vodiysi» balladasi, «O’rik gullaganda» she’rlarida ham insonning go’zalligi qalbidagi tuyg’ulari, uning tabiatidagi fazilatlar bilan belgilanishi, hamda tabiatning go’zal tasviri yuksak badiiy mahorat bilan chizib beriladi. Tabiat tasviri bilan lirik qahramonning baxt-saodati uyg’unlikda sevgi tuyg’ularini yanada ravshanlashtirgan.
Hamid Olimjon urush yillarida ham samarali ijod qildi. «Sevgi», «Sen tug’ilgan kun», «Sharqdan Garbga ketayotgan do’stga», «Qamal qilingan shahar tepasidagi oy» singari she’rlarida urush davri voqealarini badiiy aks ettirdi.Urush yillarida yozilgan eng yaxshi balladalaridan biri «Roksananing ko’z yoshlari» dir.
Hamid Olimjon xalq ertaklari asosida 1937-yili «Oygul bilan Baxtiyor», 1939-yili «Semurg’ yoki Parizod va Bunyod» dostonini yaratdi.
1935-yili «Zaynab» ocherkini, u asosda «Zaynab va Omon» dostonini kitobxonlarga taqdim etdi.
Hamid Olimjon serqirra ijod sohibidir. Buni adibning dramaturgiyadagi muvaffaqiyatlari yana bir karra isbotlaydi. 1942-yili «Muqanna» dramasini yozib tugatdi. Dramada bundan 12 asr muqaddam butun Movaraunnahrni larzaga keltirgan Muqanna boshliq harakatning yoritib berilishi, ayniqsa, urush yillarida vatan ozodligi, himoyasi yo’lida katta ahamiyat kasb etdi.
Hamid Olimjon tarjima sohasida ham faoliyat ko’rsatib, Pushkinning «Kavkaz asirasi» dostoni, «Suv parisi» dramasini, bir qator she’rlarini o’zbek tiliga o’girdi.
Hamid Olimjon shoir, dramaturg, publitsist, tarjimon, adabiyotshunos va ulkan jamoat arbobi sifatida o’zbek adabiyoti taraqqiyotiga hissa qo’shgan iste’dodli ijod sohibidir.
Hamid Olimjon “Baxtlar vodiysi”da ana shu insonni katta e'tibor bilan kuzatadi. “Tong pallasi havas bilan dalaga oqqan, ... ketmonlari kun tig'ida yarqirab boqqan, g'o'zalari о‘sib, gullab, ko'saklar taqqan” shu inson yangi hayot kurtaklarining gullab-yashnashiga garovdek edi. Shuning uchun ham shoir bu va boshqa asarlarida shu “yangi qahramon"ning tug'ilishini mehr bilan kuzatadi va tasvirlaydi. She’r badiiy tasvir vositalariga boy, o'quvchining estetik zavqini oshiradi. “Baxtlar vodiysi” she’ri erkin vaznda yozilgan.
“Kuychining xayoli” she’ri Hamid Olimjon tomonidan yozilgan bo'lib, unda xalq baxshisi Fozil Y o'ldosh o'g'lin in g badiiy olami aks ettirilgan. Xalq og'zaki ijodiga bolalik yillaridan mehr qo'ygan shoir 30-yillaming o'rtalarida Fozil Yo'ldosh o'g'li singari baxshilani qayta qashf etib, ulaning “Alpomish” singari qahramonlik dostonlarini nashr etishda qatnashadi. “Kuychining xayoli” she’rida shoir ana shu rang-barang qahramonlarga, bir-biridan maroqli voqealarga boy olamni gavdalantirib bergan. Baxshi aytgan doston va termalarda xalq m a’naviy hayoti, tarixi, udumlari, orzu va intilishlari aks etganini; bu asarlar kitobxonga, xalqqa ruhiy oziq va madad berishini alohida ta ’kidlab ko'rsatgan: Kuy кo’pdir, qo’shiqlar millioncha jonni Qozg ‘ata oladi, muhtaram padar! Ana shu kuychining jam iyatdagi, xalq m a’naviy hayotidagi o’m i ushbu she’rda baxshiyona ohang va ranglarda ishonarli qilib ochib berilgan.
Xalq og'zaki ijodida mahbubaning jang m aydonlarida kurashayotgan yor ortidan borishi tasvirlangan asarlar Hamid Olimjon ijodida ko'plab uchraydi. Shoir tomonidan yozilgan “Sevgi” she’rida ana shu an’anaviy sujetdan foydalanilgan. Ammo bu she’rdagi oshiq va m a’shuqa obrazlari Vatan urushi maydonlarida harakat etishi bilan real kishilarga aylanadilar. She’rda urush davri haqiqatining badiiy tajassum topishiga imkoniyat yaratadi. Shoir davr talabi bilanmuhabbat tuyg'ulari va ishqiy kechinmalar tasvirini ham jang maydoniga ko'chiradi. She’rda tasvirlangan qiz jangchi yori ortidan frontga yo'I oladi. “Menga ne kerakdir bu yolg'iz qolish? Sensiz ololmasman also men nafas”, deydi u va bosh olib, jang maydoniga ketadi: Balki uchrashmasmiz biz endi mangu, Bo’samiz ham qolar balki sargardon. Lekin sevishganlar qaytmas o’limdan, Lekin mangu qolar ikki tomchi qon. Lekin bu fojiali yakun ham ularni mardlik va jasorat yo'li dan qaytarmaydi: Bug'doy boshog'iday ко‘kka intilib, Men shunda tuproqdan кo’tararman bosh. Sening qonlaringdan o’sar qizil gul, Yoqutga aylanar soylardagi tosh. Dunyoni yoritar bizning sevgimiz. Ikkimiz hech о‘lmasmiz also... Hamid Olimjonning baxt sururidan mast bo'lgan lirik qahram oni mustaqillik uchun kurashda o’z baxtini ham, sevgisini ham qurbon qilishga tayyor. Zero, uning uchun shaxsiy farog'atdan ko’ra xalq va yurtning taqdiri, istiqloli muhimdir. Uning butun she’riy ijodida o’lg 'a surilgan g'oyalar shu nuqtaga kelib, o'zaro tutashadi.
Hamid Olimjonning “Oygul bilan Baxtiyor” ertagi o'zbek xalq ertaklaridan “Malikai Husnobod”ni esga soladi, uning ozodlik, baxt va muhabbat haqidagi ideali bilan mujassamlashgandek. Ammo teranroq nazar tashlansa, u Hamid Olimjon Oygul bilan Baxtiyoming sevgi va baxti tarixini emas, balki "Jambil degan tomonda, Juda qadim zamonda" zolim xonga qarshi ko'tarilgan isyonga, Darxon boshliq isyonchilaming qatl etilganiga va uning qizi Oygul bilan Baxtiyor ning bu zolim xondan o’ch olib, uning o’m ig a Jam bilga Tarlonni boshliq qilib ko'targaniga e’tibomi qaratadi. Ya’ni dostonda tasvirlangan voqea yo'qsillarning 1917-yil inqilobiga ham ohanggina emas, balki aslida uning majoziy - ertaknamo tasviri hamdir.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin