O`quv ishlari bo`yicha prorektor A. Soleyev ” 2021-yil yangi o‘zbek adabiyoti fanidan



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə11/30
tarix16.06.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#131154
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30
27a21d2b9108f256886e1abbc0a51177 YANGI O‘ZBEK ADABIYOTI

S A V O L L A R:
1. Abdulla Qahhor biografiyasining unsurlari yozuvchi ijodida qanday aks etgan?
2. Abdulla Qahhorning qaysi hikoyasi ilk bor uning xarakter yaratish mahoratini namoyon qilgan?
3. Qaysi rus yozuvchilarining asarlari bilan tanishish oqibatida Abdulla Qahhor ijodida keskin burilish yuz bergan?
4. Abdulla Qahhorning qaysi asarlarida konfliktsizlik “nazariya”sining ta’siri seziladi?
5. Abdulla Qahhorning “O’g`ri” hikoyasi mohiyati nimada?
6. Abdulla Qahhorning “Dahshat” hikoyasi o’zining qaysi jihatiga ko’ra milliy istiqlol davriga hamohanglik kasb etadi?
7.Abdulla Qahhor komediyalarida qanday illatlar fosh etilgan?
8.Abdulla Qahhorning “Tobutdan tovush” komediyasi atrofidagi munozaralarda qanday haqiqat isbotlangan?
A D A B I YO T L A R
Abdulla Qahhor asarlari:
1.Asarlar. U jildlik. T., G`.G`ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1987-1989.
Abdulla Qahhor ijodi haqida:

  1. Sharafiddinov O. Abdulla Qahhor. T., “Yosh gvardiya”, 1988.

  2. Sharafiddinov O. Ijodni anglash baxti. T., “Sharq”, 2004. – B. 274 – 348.

  3. Qo’shjonov M., Normatov U. Mahorat sirlari. T., Badiiy adabiyot nashriyoti, 1968.

  4. Qo’shjonov M. Abdulla Qahhor mahorati. T., G`.G`ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1988.

  5. “Abdulla Qahhor zamondoshlari xotirasida”. T., G`.G`ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1987.

  6. Qahhorova K. Chorak asr hamnafas. T., “Yosh gvardiya”, 1986.

  7. Soliyev A. Hayot, adabiyot, inson tajqini. – T.: “Tafakkur qanoti”, 2010.

  8. Sanjar Sodiq. So’z san’ati jozibasi. T., “O’zbekiston”, 1996.

  9. Umurov H.I. Saylanma. To’rt jildlik. 2-jild.T., “Fan”, 2007. – B. 13 – 27.

  10. Karimov N. XX asr o’zbek adabiyoti manzaralari. – T., “O’zbekiston”, 2008. B. 329 – 339.


MAQSUD SHAYXZODA HAYOTI VA IJODI

Maqsud Shayxzoda o'zbek adabiyoti rivojida salmoqli o'ringa ega yirik so'z san'atkoridir.Uning ijodi kommunistik mafkura hukmronligi avjga mingan yillarda kechdi. Shuning uchun boshqa ko'pgina sho'ro ijodkorlari kabi uning asarlarida ham zamonasozlik, siyosatga moslashish va unga xizmat qilish mayli ancha kuchli bo'lgan. Biroq shunga qaramay. uning eng yaxshi asarlarida insonning m a'naviy ilunyosi, qalbi, o'ylari, orzu-istaklari o'ziga xos tarzda - publisistik ko'tarinkilik bilan, original poetik obrazlar, chuqur falsafiy umum lashmalar orqali ochib berilgan. Shayxzoda o'z davrining eng bilimdon, donishmand odamlaridan biri edi - uning poeziyasida Sharq klassiklari bilan Ovro'po shoirlarining an’analari uyg 'unlashib ketgan.


Maqsud Shayxzoda asarlarining badiiy xususiyatlari, estetik-tarbiyaviy ahamiyati adabiy tanqidchilik va adabiyotshunoslikda to'g'ri qayd etilgan. Oybek, G'afur G'ulom, Hamid Olimjon, K. Yashin, Izzat Sulton, Mirtemir, Shuhrat kabi taniqli yozuvchilar adib ijodining asosiy xususiyatlarini ochiq ko'rsatib berganlar. Hamid Olimjon: “Shayxzoda fikrlar shoiridir, siyosiy she’rlar yaratadigan san'atkordir. Keng та'lumotli shoir juda qaltis mavzularda asarlar yozadi va ко'pincha yaxshi natijalarga erishadi” , - deb ta’kidlagan bo'lsa, Oybek shoir asarlarini tahlil etib, shunday yozadi: "Shayxzoda she'rlarining formasi rang-harangdir… U porloq va kutilmagan obrazlar yaratgan". Adabiyotshunoslardan O. Sharafiddinov, M. Zokirov, B. Imomov, O. Abdullayev, H. Olimjonova, I. G 'afurov va boshqalarning maqola va risolalarida Shayxzoda asarlarining asosiy xususiyatlariga doir muhim fikrlar bayon etilgan. 209. Shayxzodaning dastlabki she'rlarini qaysi shoir tahrir qiladi? Shoir Maqsud ShayxzodaToshkentga kelgach, avval Narimonov nomli texnikumda dars beradi, keyin “Sharq haqiqati”, “Qizil O'zbekiston” (hozirgi “O'zbekiston ovozi” ) gazetalarida ishlaydi. Shu yerda G'afur G'ulom, Oybek, Hamid Olimjon, Mirtemir bilan tanishadi. G'afur G'ulom uning dastlabki asarlarini tahrir qiladi va shu tariqa ular o'rtasida bir umr davom etgan hamkorlik, do'stlik boshlanadi.
Oʻzbek adabiyotining atoqli namoyandalaridan biri, mashhur shoir, zabardast dramaturg, adabiyoshunos olim va tarjimon Maqsud Shayxzoda 1908-yili Ozarbayjonning Oqtosh shahrida tavallud topdi.
Boshlangʻich va oʻrta maʼlumotni Oqtoshda olgach, Boku Oliy pedagogika institutida sirtdan oʻqidi va 1925-yildan boshlab Darband shahrida muallimlik bilan shugʻullandi.
Shayxzoda 1928-yilda Toshkentga kelib, turli gazeta va jurnallar tahririyatlarida, 1935-1938-yillarda esa Fanlar qoʻmitasi qoshidagi til va adabiyot institutida ilmiy xodim, 1938-yildan to umrining soʻnggiga qadar Nizomiy nomli Toshkent Davlat pedagogika institutining (hozirgi universitet) oʻzbek klassik adabiyoti kafedrasida dotsent vazifasida xizmat qilib, yuqori malakali kadrlar tayyorlashda ishtirok etdi. Shoirning adabiy faoliyati 1929-yildan boshlandi. Uning “Oʻn sheʼr” (1932), “Undoshlarim” (1933), “Uchinchi kitob” (1934), “Jumhuriyat” (1934) toʻplamlarining nashr etilishi adabiyotga oʻziga xos ovozli shoir kirib kelayotganidan darak berdi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida shoir butun ijodiy quvvatini, qalb haroratini dushman ustidan qozonilajak gʻalabaga safarbar etdi. Urushning birinchi kunlaridanoq jang qahramonlarini ulugʻlovchi, front orqasidagi kishilarning fidokorona mehnatini ifodalovchi “Kurash nechun?” (1941), “Jang va qoʻshiq” (1942), “Koʻngil deydiki…” kabi sheʼriy toʻplamlari, “Jaloliddin Manguberdi” (1944) tarixiy dramasi va boshqa qator publitsistik asarlarini chop etdi.
Maqsud Shayxzoda urushdan keyingi yillarda tinchlik uchun kurash haqida “Oʻn besh yilning daftari”, “Olqishlarim”, “Zamon torlari”, “Shuʼla”, “Chorak asr devoni” kabi sheʼriy toʻplamlarini yaratdi.
Otashin shoir mustabid tuzumning jabr-zulmidan chetda qolmadi. U birinchi bor 1928-yili qamoqqa olingan va sovetlarga qarshi tashviqotda ayblanib, 3 yilga Oʻzbekistonga surgun qilingan edi. Ikkinchi marta esa Shayxzoda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasidan oʻchirilib, 1952-yil 22-sentyabrda qamoqqa olinadi va 25-yilga ozodlikdan mahrum etiladi.
Shoir Stalin vafotidan keyin ozodlikka erishdi; ijodga qaytib, 1958 yili koʻhna va navqiron Toshkent shahriga bagʻishlangan “Toshkentnoma” lirik dostonini yozdi. 1960-yilda “Mirzo Ulugʻbek” tragediyasini yozib, unda buyuk munajjim va maʼrifatparvar davlat arbobi Mirzo Ulugʻbek obrazini yaratdi.
Maqsud Shayxzoda ko'p qirrali iste'dod sohibi bo'lgan. Ijodkor she'rlar va dostonlar bilan birga. yuksak badiiy quvvatga ega bo'lgan dram alar ham yaratdi. Shayxzoda umrining so'ngida yozishga kirishgan, lekin tugatib ulgurmagan “Bcruniy" drumasini hisobga olmaganda ham uning “Jaloliddin M anguberdi” va “Mirzo U lug'bek” dramalari allaqachon xalqimizning badiiy mulkiga aylanib qolgan. “Jaloliddin Manguberdi” dramasi 1944-yilda yozilgan. "Jaloliddin Manguberdi” dramasi 1945-yili Hamza nomidagi O 'zbek davlat iliama tcatrining sahnasida namoyish qilingan. Spektakl chindan ham o'sha kezlari yirik san’at bayramiga aylanib ketgan edi. Dramaning o 'zi yorqin romantik ho'yoqlarga boy edi, bosh rollarni ijro etgan xalqimizning mashhur artistlari Shukur Burhonov, Olim Xo'jayev, Amin Turdiyev, Sayfiqori Olimov, Shohida Ma’zumovalar benihoya zo'r ko'tarinkilik bilan o'ynab, asarning joziba kuchini yanada oshirgan edilar.
“Jaloliddi Manguberdi” dramasi dastlab Bokuda ozarbayjon tilida ikki jildlik saylanmasida bosib chiqariladi. Afsuski, shoir bu asarning chop etilganini ko'rm ay olamdan o'tib ketadi. O 'zbek tilida esa. hatto 70-yillarning boshida Shayxzodaning 60 yillik tavalludi munosabati bilan nashr etilgan 6 jildli asarlar to'plamiga ham kiritilmagan. Birinchi marta o'zbek tilida 1988-yilda Shayxzodaning "Boqiy dunyo” degan kitobida bosib chiqarildi.
Besh pardali “Jaloliddin M anguberdi” tarixiy-romantik dramasi Vatanimizning olis tarixiga bag'ishlangan bo'lib, undagi voqealar XIII asrning birinchi choragida - mo'g'ullar O 'rta Osiyoga bostirib kirgan kezlarda bo'lib o'tadi.
Shayxzoda Pushkinning “Mischavandoz”, Lermontovning “Kavkaz asiri”, Mayakovskiyning “Juda soz” dostonlari va koʻplab sheʼrlarini, Shekspirning “Hamlet”, “Romeo va Julyetta” tragediyalari va sonetlarini, Nozim Hikmatning sheʼrlarini, ozarbayjon shoirlari asarlarini oʻzbek tiliga oʻgirdi.
Shayxzodaning oʻzbek adabiyoti tarixi, oʻzbek xalq ogʻzaki ijodiyoti, xususan, Alisher Navoiy ijodini tadqiq etish borasidagi ilmiy ishlari ham tahsinga sazovordir. U filologiya fanlari nomzodi, dotsent ham edi. Ammo eng avvalo buyuk shoir edi.
Adibning asarlari koʻplab qardosh va xorijiy xalqlar tillariga tarjima qilingan.
2001-yili oʻzbek adabiyoti va madaniyati rivojiga qoʻshgan ulkan hissasi uchun Shayxzoda “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi.
M. Shayxzoda shoir va dramaturg sifatida emas, balki adabiyotshunos olim sifatida ham mashhur bo'lgan. Ko'plab ilmiy asarlar yozgan. Jumladan, olim badiiy ijod mashaqqqati haqida shunday deydi: “Inson ruhini tarbiyalash, odamda yaxshilik unsurlarini ko'paytirish hamda go'zallik va nafosat tuyg'usini yanada baland darajaga ко‘tarish san'atning muqaddas vazifasidir".
Maqsud Shayxzoda buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning badiiy mahoratiga bag'ishlangan turkum maqolalar yozgan. “Geniral shoir”, “Navoiyning lirik qahramoni”, “Alisher Navoiyning poetik mahorati” kabi ilmiy asarlari shular qatoriga kiradi. 1958-yilda “Alisher Navoiyning lirik qahramoni” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini hirnoya qildi. Olim vafotidan sal avval kasalxonada yozib tugatgan “G'azal mulkining sultoni" degan tadqiqot navoiyshunoslik ilmida bebaho durdonalardan bo'lib qoldi. Hozir ham deyarli barcha adabiyotshunos olim va Alisher Navoiy ixlosmandlar shoimi e ’zozlab, “G'azal mulkining sultoni" iborasini tilga olishadi.



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin