O`quv ishlari bo`yicha prorektor A. Soleyev ” 2021-yil yangi o‘zbek adabiyoti fanidan


-MAVZU:MIRTEMIR HAYOTI VA IJODI. ZULFIYA IJODIY FAOLIYATI



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə14/30
tarix16.06.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#131154
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30
27a21d2b9108f256886e1abbc0a51177 YANGI O‘ZBEK ADABIYOTI

7-MAVZU:MIRTEMIR HAYOTI VA IJODI. ZULFIYA IJODIY FAOLIYATI

R E J A :


1.Mirtemirning hayoti va ijodi haqida ma’lumot.
2.Mirtemir she’riyatininng o’ziga xos xususiyatlari.
3.Mirtemirning tarjimonlik faoliyati.
4.«Qoraqalpoq daftari»da xalq hayotining real tasviri.
5.«Sur’at» lirik qissasi va «Yodgorlik» asarlari haqida ma’lumot.
Mirtemir XX asr o'zbek she’riyatini tom ma’nodagi lirik she’rlar va badiiy yuksak dostonlar bilan boyitgan xalqimizning sevimli shoiridir. O'zbekiston xalq shoiri Mirtemir asarlarida xalq hayotining nafasi ufurib turadi, inson qalbining eng nozik jihatlari ham aniq va yorqin ko'rinib turadi, maftunkor yurtim izning turfa xil ranglari jilolanadi. Shuning uchun ham o'zbek tanqidchilari sevimli shoirimizni “o'zbek she'riyatining bobodehqoni” deb atashardi. Bu unvondan shoir shaxsiga ehtirom bilan birga. uning she’riyatidagi xalqchillik ham yaxshi ifodalangan. Akademik yozuvchimiz Komil Yashin ustoz shoir haqida shunday degan: "Mirtemir yangi o'zbek she’tiyatining tamal toshini qo'ygan ustoz, oqsoqol shoirlarimizdan. U g ‘oyatda mehnatkash, jafokash, hassos, bilimdon, kamtar, zukko so 'z san 'atkoridir, hozirgi zamon she 'rivatimizni yuksaklikka ко‘tarishda kuch sarf etdi”. Chingiz Aytmatov esa: "Mirtemir ulkan shoir, jonajon do'st, tengi yo'q dilkash inson edi... U G'afur G'ulom, Oybek, Maqsud Shayxzoda va o'zbek adabiyotining katta avlodiga mansub boshqa san 'atorlar bilan yonma-yon turadi”, - deb yozgan edi.
Mirtemir ijodining fazilatlari ko'p. Shoim ing yozgan she’rlari g'oyaviy mazmun jihatidan ham, badiiy shakl jihatidan ham boshqa asarlaridan ustun turadi. Bunday ijodiy o'sish Mirtemiring ustoz shoirlar maktabidan saboq olishi, mahorat sirlarini puxta o'zlashtirishi, hayot haqiqatini sinchiklab o'rganib, asar ustida qunt bilan mehnat qilishining natijasidir.Ana shuning uchun ham akademik shoir G'afur G'ulom "Mirtemir she'rlarini o'qisam yayrab ketaman. U shoshilmay, erkalanib yozadi ", - degan edi.
O’zbekiston xalq shoiri Mirtemir XX asr o’zbek she’riyatini o’zining lirik she’rlari va badiiy yuksak dostonlari bilan boyitdi.Uning asarlarida xalq hayotining nafasi urib turadi, inson qalbi eng teran puchmoqlargacha aniq ko’rinadi, ona yurtning turfa xil ranglari jilolanadi. O’zbek munaqqidlari Mirtemirni «o’zbek she’riyatining bobodehqoni» deb atashardi. Darhaqiqat, shoir mumtoz adabiyot an’analaridan ibrat olib, xalq og’zaki ijodidan unumli foydalanib, o’zbek adabiyotini boyitdi.
Mirtemir Tursunov 1910-yili hozirgi Chimkent viloyatiga qarashli Iqon qishlog’ida tug’ilgan
U dastlab shu qishloqdagi eski maktabda, keyinchalik esa 1921-yildan Toshkentdagi «Alpomish» nomidagi maktabda o’qidi.
Mirtemirning ijodi maktabda o’qib yurgan kezlaridan boshlandi.Birinchi she’ri «Tanburim tovushi»1926-yilda«Er yuzi» jurnalining 15-sonida bosilgan.
Mirtemir 1929-yili Yangi shahardagi O’zbek erlar bilim yurtini bitirib, Samarqand Davlat dorilfununida o’qiydi.
Ko’p o’tmay Mirtemir shoir sifatida taniladi.1928 yili uning birinchi she’rlar to’plami «Shu’lalar qo’ynida» nomi bilan nashr etiladi.To’plamga kirgan she’rlar haqida munaqqidlar o’sha kezdayoq iliq fikrlar bildirishgan.
Keyinchalik uning «Zafar»(1929), «Qaynashlar»(1932), «Tong» (1932), «Ochlar o’lkasida»(1936), «Poytaxt» (1936), «O’ch»(1943), «Tanlangan she’rlar» (1947), «Tanlangan asarlar» (1958), «She’rlar»(1961, 1964) «Yangi she’rlar»(1967), «Qush tili» (1970), «Tingla hayot» (1974) «Kipriklarim» (1976), «Izlayman» (1976) «Yodgorlik»(1978) kabi to’plamlari o’quvchilar hukmiga havola etildi.
Mirtemir ijodiy kamoloti «O’ylar», «Qizg’aldoq», «Bog’imning chechaklari», «Lolazordan o’tganda», «Balki», «Quyoshning zabti» kabi she’rlarida yanada ravshanroq ko’rinadi. Shoir lirikasida tabiat tasvirining ham o’ziga xos o’rni bor. «Yashil yaproqlar» she’rida mohirona qo’llanilgan tasviriy detallar o’quvchi qalbiga o’ziga xos iliq hislar olib kirishga ko’maklashgan:
Salqin, silliq, so’lim bahor ertasi,
Ufq bo’ylab yonar shafaq bayroqlar.
Yasharib tovlanar barra yaproqlar –
Qo’shiqday taralar qushlar nag’masi.
Dalada, sahroda, soy sirtlarida
Quyosh kokillari yotur parishon.
Poyonsiz ekinzor beradi nishon
Uzoq ufqlarda, ko’k chetlarida
Mirtemir izlanishlari o’zbek kitobxonini qator asarlarni o’z tilida o’qishiga imkoniyat yaratib berdi. U M.Gor’kiyning «Bo’ron qushi haqida qo’shiq» asarini, A.S.Pushkinning ertaklarini, M.Yu.Lermontovning she’rlarini, N.A.Nekrasovning «Rusiyada kim yaxshi yashaydi?» poemasini, Sh.Rustavelining «Yo’lbars terisini yopingan pahlavon» (M.Shayxzoda bilan birgalikda) dostonini, qirg’izlarning buyuk «Manas» eposining birinchi kitobini (1964 yilda), Uyg’un bilan hamkorlikda nashr etilgan qoraqalpoqlarning «Qirq qiz»ini o’zbek tiliga mahorat bilan tarjima qildi.
Bundan tashqari, Ejen Pot’e, Abay, Berdaq, Nozim Hikmat, Genrix Geyne, A.Tvardovskiy, Pablo Neruda kabi shoirlarning asarlari tarjimasi ham Mirtemirning say-harakatlari natijasida o’zbek tiliga o’girildi.
Xalq og’zaki ijodini chuqur o’rgangan shoir «Dilkusho», «Suv qizi», «Oysanamning to’yida» kabi dostonlar yaratdi.
Mirtemir bir necha marta Qoraqalpog’istonga boradi, qardosh xalqlarning madaniyatini, adabiyotini, turmush tarzini o’rganadi.Ana shu taassurotlar natijasida 1957 yili «Qoraqalpoq daftari» turkumi she’rlari maydonga keladi.
Bu turkumga kirgan «Suluv yoz», «Tonglar ham go’zal», «Daryo jimir-jimir», «Bulut» kabi she’rlarini o’qir ekansiz shoirning tabiat go’zalligini, hayotni butun borlig’i bilan sevishi yaqqol ko’zga tashlanadi.
Lirik qissa o’zbek adabiyotida ilk bor yangi bir janr sifatida Mirtemir tomonidan yaratilgan.Uning «Qoraqalpoq daftari» she’riy turkumidan «Surat» dostoni ham o’rin olgan bo’lib, lirik qissaning o’zbek she’riyatidagi dastlabki ko’rinishidir.
«Surat» lirik qissasida Mirtemir inson ruhiyatini butun murakkabligi bilan tasvirlab bera olgan.Qissa bir syujet chizig’i asosida qurilgan emas, balki bir nechta alohida-alohida lirik lavhalardan tashkil topgan.
«Surat» qissasi yozilgan vaqtda she’riyatda insonlarning ruhiy iztiroblarini, yurak dardlarini kuylash tushkunlik kayfiyatiga berilish deb hisoblanar, kuylashga jur’at etgan shoir ham pessimist shoir sifatida qoralanar edi.Ana shunday davrda ham Mirtemir haqiqatni yozishda o’zida kuch va jur’at topdi.
Mirtemirning so’nggi asari «Yodgorlik» deb ataladi.Kitobga shoirning turli xil mavzudagi she’rlari kiritilgan bo’lib, shoir iste’dodining butun qirralari aniq va ravshan ko’rinib turadi.
Xullas, o’zbek she’riyatining «bobodehqoni» Mirtemir ijodining o’zbek adabiyotida muhim o’rni bor.



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin