O'quv ishlari bo’yicha prorektor


О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi. Milliy parlamentarizm rivoji



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə28/115
tarix13.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#129708
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   115
O\'quv ishlari bo’yicha prorektor

О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi. Milliy parlamentarizm rivoji.

Davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi tarmog‘ini milliy parlament - Oliy Majlis va mahalliy vakillik hokimiyati organlari - xalq deputatlari Kengashlari tashkil etadi. Jahon amaliyotida parlament о‘zini davlat va jamiyatning boshqa institutlari bilan har xil aloqalar va munosabatlarga ega bо‘lgan murakkab, kо‘p elementli siyosiy organizm sifatida namoyon etdi. Aynan shu sababli, uzoq vaqtdan beri qonunchilik konsepsiyasi bilan bog‘liq bо‘lgan «parlament» tushunchasi davlatchilik va demokratiya tizimida muhim о‘rinni egallab kelmoqda.
Mustaqillikning dastlabki bosqichida oliy vakillik organi - Oliy Majlisning shakllanishi milliy demokratik yangilanishning muhim omili bо‘ldi. О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining VI bо‘lim XVIII bobi Oliy Majlisni «qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiruvchi eng yuqori davlat vakillik organi sifatida»gi maqomiga bag‘ishlangan.

Parlament — (fransuzcha: parlement-gapiraman, gapirmoq) davlatning oliy vakillik organlaridan biridir. Parlament vakillik muassasasi bо‘lib, uning deputatlari xalq tomonidan saylanadi va Parlamentda uning manfaatlarini himoya qiladi. Parlament qonunchilik hokimiyatini amalga oshiradi, ya’ni, davlatning qonunlarini qabul qilishda mutloq huquqqa ega. Parlament davlatning ichki va tashqi siyosatini belgilash va amalga oshirishda qatnashadi, davlat byudjetini tasdiqlaydi, davlatning soliq asoslarini va umumdavlat soliqlari hamda yig‘imlari turlarini belgilab beradi. Parlament boshqa davlat organlarini shakllantirishda, davlatning oliy mansabdor shaxslarini tayinlashda qatnashadi. Parlament davlat qonunlari ijrosi, ijroiya hokimiyati organlarining faoliyati va yangi qonunlarning tasdiqlanishi ustidan parlament nazoratini amalga oshiradi. Parlament aholi turli qatlamlari va guruhlarini, davlat mintaqalarini jipslashtiruvchi organ bо‘lib xizmat qiladi.

Yangi konstitusiyaviy qoidaga muvofiq parlamentning vakolatlari va majburiyatlari aniq belgilab qо‘yilgan «О‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi tо‘g‘risida» gi Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi. Uning deputatlari hududiy saylov okruglaridan kо‘p partiyaviylik asosida 5 yil muddatga saylanadi. 25 yoshga tо‘lgan mustaqil О‘zbekiston fuqarolari Oliy Majlisga saylanish huquqiga egadirlar. Oliy Majlisning mutlaq vakolatlariga qonunlar va davlatning strategik dasturlarini qabul qilish, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlarining vakolatlarini belgilash, shuningdek, davlatning yuqori qonun chiqaruvchi organiga xos bо‘lgan boshqa vakolatlar kiradi. Oliy Majlis deputatlari daxlsizlik huquqidan foydalanadilar. Milliy parlament sessiyalari yiliga kamida ikki marta о‘tkazilishi lozim.



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin