2 bosqich - 1995-1999 yillar - kо‘p partiyaviylik tizimni kuchaytirish, demokratik institutlarni rivojlantirish va hokimiyatni ajratish tizimini mustahkamlash orqali institusional demokratiya yо‘lini izchil davom ettirish.
3 bosqich - 1999-2000 yillar. Mazkur bosqichning asosiy siyosiy voqeasi - 1999 yil oxiri va 2000 yil yanvaridagi parlamentga saylovlardir. Shuningdek, bu bosqich О‘zbekiston Prezidenti va demokratik institutlarning barqaror va samarali faoliyat kо‘rsatishiga qaratilganligi bilan xarakterlanadi.
Birinchi bosqichning qonunchilik faoliyati 1992 yil 8-dekabrda О‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi qabul qilinishi bilan yakunlandi.
Bozor iqtisodiyotiga ega ochiq demokratik huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning strategik vazifa deb e’lon qilgan О‘zbekistonning о‘z Konstitusiyasiga muvofiq, shuningdek, referendumda bayon etilgan xalqning xohish-irodasi asosida, qonunchilikni takomillashtirish bilan bog‘liq asosiy tamoyillar quyidagilardir:
qonun ustuvorligini, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari о‘rtasidagi mutanosiblikni, ularning mutloq mustaqilligini ta’minlash;
demokratik islohotlarni izchil davom ettirish;
xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalari asosida inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlarini ta’minlash;
nodavlat-notijorat jamoat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa demokratik institutlarini mustahkamlash va rivojlantirish uchun kafolatlar va shart-sharoitlarni ta’minlash;
fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqarish organlarini har tomonlama mustahkamlash va markaziy davlat hokimiyatining mahalliy hokimiyat organlariga muayyan vakolatlarini bosqichma-bosqich topshirish, ijro hokimiyati organlari, shu jumladan, kuch tuzilmalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati mexanizmini shakllantirish va mustahkamlash.
Davlatimiz oldida davlatchilikni isloh qilishning yangi vazifalari turibdi, bular - xilma-xillikka asoslangan ijtimoiy hayotni yanada demokratlashtirish va siyosiy institutlar hamda nodavlat jamoat birlashmalarining rolini kuchaytirish, shuningdek, aholining siyosiy faolligini oshirishdan iborat.
Kuchli davlatning markaziy hukumati mudofaa, davlat va fuqarolarning xavfsizligi, tashqi siyosat, pul-moliya va boshqa davlat ijtimoiy tuzilmalar tizimini yaratishi zarur. Boshqa masalalarni hal qilish asta-sekin markazdan joylarga, davlat organlaridan о‘zini-о‘zi boshqarish organlari va jamoat tashkilotlariga о‘tkazilishi kerak.
Demokratik davlat - gumanizm tamoyillariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy mavqei va siyosiy e’tiqodidan qat’i nazar, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi. Davlat hokimiyatining manbai xalqdir, uning irodasi shaxsning jamiyatdagi munosib sharoitlarini ta’minlashi kerak bо‘lgan davlat siyosatini belgilaydi. Bu shuni anglatadiki, siyosiy va davlat tuzilishi insonga «siyosiy va iqtisodiy hayotining shakllarini erkin tanlashi» kafolatini beradi. Bu qadimgi shakllangan va demokratiyaning turli nazariyalari manbai bо‘lgan demokratik davlatlarning zamonaviy konsepsiyasiga mos keladi.
Ushbu nazariyalarga kо‘ra, demokratiya umumiy tamoyillarga ega, ular quyidagilardan iborat: demokratiya, hokimiyatni ajratish, inson huquqlarining ustunligi, barchaning qonun oldida tengligi va boshqalardir.