3. Mustaqillik yillarida mudofaa va xavfsizlik tizimining
Shakllanishi.
Mustaqillik yillarida huquqni muhofaza qilish organlari va milliy xavfsizlik tizimi ham yangi asosda yaratildi, mamlakatning chegaralari va suverenitetini himoya qilishga qodir bо‘lgan Qurolli Kuchlarimiz shakllantirildi. Shu bilan birga, tashqi aloqalarni ta’minlash uchun institusional tuzilmalar - Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo va investitsiyalar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki va boshqa ixtisoslashgan muassasalar shakllantirildi.
О‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari О‘zbekiston Respublikasining davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi.
Qurolli Kuchlarning tuzilishi va ularni tashkil etish qonun bilan belgilanadi.
О‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, 125-modda.
Milliy armiya mustaqillikning ajralmas ramzi va mustaqil davlatchilikning muhim institutidir. Ma’lumki, mustaqillikka erishgunga qadar, О‘zbekiston boshqa sobiq Sovet respublikalari singari о‘z Qurolli kuchlariga ega emas edi. Butun О‘rta Osiyoni qamrab olgan va katta strategik ahamiyatga ega bо‘lgan Turkiston harbiy okrugining markazi Toshkentda joylashgan edi. Shuning uchun О‘zbekistonda suveren rivojlanishining dastlabki bosqichlaridan boshlab, milliy armiyani tuzishga ustuvor ahamiyat berildi. 1991 yil sentabr oyida О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning «О‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish tо‘g‘risida» gi qarori chiqdi va 1992 yil iyul oyidagi Farmon bilan u О‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi deb nomlandi. Shundan buyon О‘zbekistonda 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni sifatida nishonlanib kelmoqda.
Qabul qilingan Milliy xavfsizlik konsepsiyasi asosida, tez о‘zgaruvchan ijtimoiy-siyosiy vaziyatni, Markaziy Osiyo mintaqasida yuzaga kelaishi mumkin bо‘lgan tahdidlarni har tomonlama tahlil qilish asosida, О‘zbekiston Qurolli kuchlarni qurish va tashkil etishning mutlaqo yangi prinsiplariga asoslangan armiyani isloh qilish bо‘yicha uzoq muddatli dastur ishlab chiqildi.
Mazkur dasturdan kо‘zlangan asosiy maqsad - strategik va taktik vazifalarni samarali hal qilishga qodir, davlat chegaralari va uning hududiy yaxlitligi hamda daxlsizligiga har qanday tajovuzlarni zararsizlantirish va munosib ravishda qaytarishga qodir bо‘lgan, zamonaviy, harakatchan, yaxshi qurollangan armiya tashkil etishdir.
Dostları ilə paylaş: |