Yuridik yordam va huquqiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash.
“О‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlanirish bо‘yicha Harakatlar strategiyasi tо‘rg‘risida”gi Farmondan.
Shunday qilib, mustaqillik yillarida О‘zbekistonda sud-huquq tizimini qadamba-qadam isloh qila borib, muayyan yutuqlarga erishildi va bu boradagi islohotlar davom ettirilmoqda.
О‘zbekistonda kо‘ppartiyaviylik tizimi.
Mustaqillik sharofati bilan О‘zbekistonda siyosiy partiyalarning shakllanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. Kо‘ppartiyaviylik prinsipi asosida partiyalar tizimi shakllantirildi. О‘zbekiston Respublikasining «Siyosiy partiyalar tо‘g‘risida»gi (1996 yil, 25-dekabr) Qonunida siyosiy partiyalar faoliyatining huquqiy asoslari yanada rivojlantirildi va mustahkamlandi.
Mustaqillik yillarida О‘zbekistonda demokratik jamiyatning qonuniy belgisi bо‘lgan kо‘ppartiyaviylik tizimi shakllandi, jamiyat tashkilotlari tubdan yangilandi. Hozirda О‘zbekistonda 5 ta siyosiy partiya faoliyat kо‘rsatib kelmoqda. Bular:
1. “О‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi” (“О‘zbekiston XDP”). 1991 yil 14-sentabr kuni Toshkentda О‘zbekiston Kommunistik partiyasining oxirgi favqulodda XXIII syezdi bо‘lib, unda KPSS tarkibidan chiqish va sifat jihatidan yangi siyosiy tashkilot – “О‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi”ni tuzish haqidagi Bayonot qabul qilindi. 1991 yil 1-noyabrda Toshkentda bо‘lib о‘tgan I ta’sis qurultoyida О‘zbekiston XDP ga asos solindi. Bu qurultoyda partiyaning Dasturi va Nizomi qabul qilindi.
Partiya о‘zining ommaviy axborot vositalariga ega. Uning markaziy nashrlari: о‘zbek tilida chop etiladigan «О‘zbekiston ovozi» gazetasi, rus tilida chop etiladigan «Golos Uzbekistana» haftaligidir.
О‘zbekiston XDP parlament partiyasidir. U о‘z a’zolaridan Oliy Majlis va mahalliy hokimiyat organlariga nomzodlar kо‘rsatib, davlat hokimiyati organlarinin barcha bо‘g‘inlarida ishtirok etadi. 2000 yilda uning saflarida 420 minga yaqin a’zo bor edi. Ularning soni 2017 yilda 430291 taga yetdi. 2014 yilgi saylov yakunlariga kо‘ra partiyaning Oliy Majlisdagi fraksiyasida 27 deputat bо‘lgan bо‘lsa, 2019 yilgi saylov yakunlariga kо‘ra, Oliy Majlis deputatlarining 22 tasini О‘zXDP a’zolari tashkil etdi.