4. О‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (О‘zLiDeP) – 2003 yil 15-noyabrda bо‘lib о‘tgan I ta’sis qurultoyida tuzildi. Unda partiya Nizomi va Dasturi ham tasdiqlandi. Partiyaning asosiy maqsadi - tadbirkorlar va ishbilarmonlar manfaatini himoya qilishdan iborat. О‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining Syezdi partiya oliy organi hisoblanadi va u 5 yilda kamida bir marotaba о‘tkaziladi. О‘zLiDePning markaziy nashri – “XXI asr” ijtimoiy-siyosiy gazetasi.
Partiya ilk bor Oliy Majlisga saylovlarda 2004 yili ishtirok etdi va 41 nafar deputatlik о‘rnini egalladi. 2014 yili parlament fraksiyasida deputatlar soni 52 tani tashkil etgan edi. 2019 yil 22 dekabr - 2020 yil 5 yanvarda bо‘lib о‘tgan Oliy Majlisga saylovlar yakuniga kо‘ra, qonunchilik palatisining 53 nafar deputati mazkur partiya vakillari bо‘ldi.
5. О‘zbekiston ekologik partiyasi “О‘zbekiston ekologik harakati” negizida shakllandi. U “О‘zbekiston ekologik partiyasi” nomi bilan 2019 yilning 8-yanvarida bо‘lib о‘tgan I ta’sis qurultoyida tuzildi. О‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019 yil 24-yanvar kuni 864-son bilan davlat rо‘yxatidan о‘tgan.
Partiyaning asosiy maqsadi –barqaror rivojlanishga, ekologik xavfsizlikka erishish, hozirgi va kelajak avlod uchun tabiiy resurslarni saqlash va qulay atrof-muhitni yaratishga yо‘naltirilgan davlat siyosatini rо‘yobga chiqarishni ta’minlashdan iboratdir.
Ayni paytda Oliy Majlis deputatlarining 15 tasini mazkur partiya fraksiyasi tashkil etadi.
Mustaqillik yillarida yuqoridagi siyosiy partiyalardan tashqari “Vatan taraqqiyoti” partiyasi (1992 yil 24-mayda tuzilgan; VTP 2000 yil 14-aprelda Fidokorlar milliy-demokratik partiyasi bilan birlashib, Fidokorlar milliy demokratik partiyasi nomini oldi) va О‘zbekiston “Fidokorlar” milliy-demokratik partiyasi (1998-yil 28-dekabrda tuzilgan; 2008-yil 20-iyunda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi bilan birlashgan) ham faoliyat kо‘rsatdi.
Mavzuga doir bilimlarni mustahkamlash uchun savollar: