O'quv ishlari bo’yicha prorektor


Jamoat birlashmalari fuqarolik jamiyatining muhim sharti



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə41/115
tarix13.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#129708
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   115
O\'quv ishlari bo’yicha prorektor

Jamoat birlashmalari fuqarolik jamiyatining muhim sharti.

Ma’lumki, istiqlol yillarida milliy qadriyatlar, madaniy an’analarni jahonning ilg‘or demokratik tamoyillari bilan boyitgan holda davlat-jamiyat hamkorligiga tatbiq etishning о‘zbek modeli tajribasi yaratildi. Bugun kо‘plab davlatlar davlat va jamiyat munosabatlarini tartibga solishning eng maqbul yо‘li sifatida qarayotgan bu amaliyot davlatimiz asosiy qonunlari shakllanishidayoq e’tiborga olindi. Xususan, bosh Qomusimizning 56-moddasida “О‘zbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda rо‘xatdan о‘tkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmalari sifatida e’tirof etiladi” deb, uning huquqiy obyekti о‘z ifodasini topgan.
Shuningdek, О‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasida “Davlat jamoat birlashmalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydi, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi. Davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamoat birlashmalari faoliyatiga aralashishiga, shuningdek, jamoat birlashmalarining davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga aralashishiga yо‘l qо‘yilmaydi”

Nodavlat-notijorat tashkilot - О‘zbekiston Respublikasi “Nodavlat-notijorat tashkilotlar tо‘g‘risida”gi Qonunning 2- moddasiga asosan nodavlat-notijorat tashkiloti — jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni о‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) о‘z qatnashchilari (a’zolari) о‘rtasida taqsimlamaydigan о‘zini о‘zi boshqarish tashkilotidir.

Davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamoat birlashmalari faoliyatiga aralashishiga, shuningdek, jamoat birlashmalarining davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga aralashishiga yо‘l qо‘yilmaydi” kabi normalarning mustahkamlanganligi mamlakatimizda jamoat birlashmalarining shakllanishi va rivojlanishi davlat tomonidan tо‘laqonli ta’minlanganligi hamda uning organlari bilan teng huquqda hamkorlik qilishini kо‘zda tutadi.


Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov “Mamlakatda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati rivojlantirish” Konsepsiyasi yuzasidan qilgan ma’ruzasida fuqarolik jamiyati institutlarining yanada rivojlanishiga erishish bir qator qonunlarni qabul qilish bilan bog‘liqligini ta’kidlab о‘tdi. Shu munosabat bilan, «Ijtimoiy sheriklik tо‘g‘risida»gi qonunda davlat hokimiyati va fuqarolik jamiyati institutlari borasida bir qator о‘zgarishlar vujudga keladi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin