O'quv ishlari bo’yicha prorektor



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə42/115
tarix13.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#129708
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   115
O\'quv ishlari bo’yicha prorektor

Birinchidan, «Ijtimoiy sheriklik tо‘g‘risida» Qonun bugun mamlakatda ijro etish bilan bog‘liq, asosan davlat hokimiyati va boshqaruv organlari zimmasida bо‘lib kelayotgan bir qator vazifalar va ular bо‘yicha vakolatlarga egalikda davlat – jamiyat sherikchiligini ifodalaydi. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirishda ularni loyihalashtirish, tashkillashtirish, tartibga solish, boshqarish, nazorat qilish bо‘yicha vazifalar va vakolatlarning bir qismi fuqarolik jamiyati institutlari zimmasiga о‘tishi, bir tomondan, davlat va jamiyat boshqaruvini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oshirsa, ikkinchi tomondan, bu fuqarolik jamiyatiga о‘tish talablaridan birining hal etilishini ifodalaydi.
Ikkinchidan, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari hozirgi vaqtda ijtimoiy-gumanitar muammolarni tahlil etish va ular bо‘yicha belgilangan tadbirlarni amalga oshirishda yetakchilik qilib keladi.
Uchinchidan, davlat tuzilmalari ushbu munosabatlarga о‘z vakolatlarida belgilangan meyorlardan kelib chiqib yondashadi, fuqarolik jamiyati institutlarining esa о‘rtadagi masalani hal etishda ishtirok etish vakolatlari aniq emas. Bu holat esa о‘z-о‘zidan masalaning bir tomonlama hal etilishi yoki sansolarlikning kelib chiqishiga sabab bо‘ladi.
Tо‘rtinchidan, fuqarolik jamiyati institutlarining о‘z-о‘zini boshqaruv mexanizmlari va huquqiy vakolatlarining о‘zgarishi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari mexanizmi va huquqiy vakolatlarida ham tarkibiy о‘zgarishlarini vujudga keltiradi.
2010 yilning noyabr oyida О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan qabul qilingan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” kо‘ptarmoqli NNTlarni rivojlantirish va qо‘llab-quvvatlashning yangi bosqichini boshlanishi davri bо‘ldi.
Konsepsiyaning qoidalaridan kelib chiqib, bir qator qonun hujjatlari, shu jumladan, 2013 yil 28-dekabrda “Ekologik nazorat tо‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, NNTlar ekologik nazoratning asosiy subyekti sifatida belgilandi.
2014 yilning 5-mayida “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi tо‘g‘risida”gi Qonun, shu yilning 25-sentabrda esa “Ijtimoiy sheriklik tо‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.

Erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarimizda nodavlat notijorat tashkilotlarining о‘rni va roli beqiyos...
Hozirgi kunda yurtimizda 9 mingdan ortiq nodavlat notijorat tashkiloti mavjud, 29 ta xalqaro va xorijiy nohukumat tashkilotlarining filiallari va vakolatxonalari faoliyat yuritmoqda.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin