2. О‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi. 1995 yil 18fevralda Toshkentda bо‘lgan I ta’sis qurultoyida tuzildi va uning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. Adliya vazirligi tomonidan 1995 yil 18-fevralda «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi rо‘yxatga olindi. Partiyaning oliy organi Qurultoy hisoblanadi. Siyosiy Kengash Plenumlari har yilda kamida ikki marta о‘tkaziladi. “Adolat” ijtimoiy-siyosiy gazetasi О‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining rasmiy nashri hisoblanadi. U 1995 yil 22-fevralda tashkil etilgan. “Adolat” SDP ham parlament partiyasi bо‘lib, 1999 yili Oliy Majlisga bо‘lib о‘tgan saylovlarda jami deputatlarning 11 nafari mazkur partiya fraksiyasini tashkil qilgan. 2000 yillarda uning saflarida 30 mingda ziyod a’zo bor edi. Hozirda (2020 y.) partiya saflarida 430496 nafar a’zo bor. 2019 yil 22 dekabr - 2020 yil 5 yanvarda bо‘lib о‘tgan Oliy Majlisga saylov yakunlariga kо‘ra, parlamendagi partiya fraksiyasi deputatlarining soni 24 tani tashkil etdi. 7 nafar senator ham mazkur partiya vakillari hisoblanadi.
3. О‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi (О‘zMTDP) 1995 yil 3-iyunda Toshkentda bо‘lib о‘tgan I ta’sis qurultoyida tuzildi va partiyaning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. Partiya 1995 yil 9-iyunda О‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan rо‘yxatga olingan. Partiyaning oliy rahbar organi Partiya Qurultoyi bо‘lib, u kamida besh yilda bir marta chaqiriladi. Partiyaning matbuot nashri - “Milliy tiklanish” ijtimoiy-siyosiy gazetasi.
2008 yili “Milliy tiklanish” va “Fidokorlar” partiyalari о‘zaro birlashdilar. Hozirda partiya saflarida 190 minga yaqin a’zo bor. “О‘zbekiston fuqarosi ongida о‘z mamlakatining tarixiy о‘tmishi, bugungi kuni va kelajagi uchun faxrlanish tuyg‘usini tarbiyalash va mustahkamlash” – yangilangan О‘zbekiston “Milliy tiklanish” partiyasining asosiy siyosiy shiori hisoblanadi.
2019 yil 22-dekabr -2020 yil 5-yayenvarda bо‘lib о‘tgan Oliy Majlisga saylov yakunlariga kо‘ra, partiyadan Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlar soni 36 tani tashkil etdi.