Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning tо‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar.
Senzuraga yо‘l qо‘yilmaydi.
О‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, 67-modda.
Mustaqillik yillarida О‘zbekistonda vujudga kelgan ommaviy axborot vositalari allaqachon jamiyatdagi eng ta’sirchan kuchga aylandi. Agar 90-yillarning boshlarida respublikada 200 ga yaqin davriy nashrlar mavjud bо‘lgan bо‘lsa, bugungi kunda ularning soni kо‘payib, 900 dan oshdi. Agar 1997 yil 8 ta tilda 495 ta gazetalar nashr etilgan bо‘lsa, keyingi 10 yil ichida ularning soni sezilarli darajada oshdi va 2007 yilga kelib, 680 ta - gazeta, 194 nomdagi jurnallar nashr etila boshlandi. Shuningdek, 4 ta milliy teleradiokompaniya, 34 ta televizion va radiostudiyalar, 7 ta kabel orqali audiovizual media, 4 ta axborot agentliklari tashkil etildi. Mamlakatda jurnalistik mahsulotlar ishlab chiqarish yuqori va zamonviy texnologiyalarga ega bо‘lib bormoqda.
Shiddatli о‘zgarishlar va global miqyosdagi voqealar oqimi davrida Internet ommaviy axborot vositalaritizimida alohida о‘rin tutadi. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va yangi texnologiyalardan foydalanish, Internetning cheksiz imkoniyatlari ommaviy axborot vositalari uchun majburiy mezondir. 1996 yildan boshlab О‘zbekiston global Internetga ulandi. 2011 yilda mamlakatitmizda Internetdan foydalanuvchilar soni taxminan 8 million kishiga yetdi.
Bugungi kunda kо‘plab media kanallarning Internetda о‘z versiyalari mavjud. Elektron gazetalar ham paydo bо‘ldi. Bir sо‘z bilan aytganda, ommaviy axborot vositalarimizning jahon jurnalistikasi tizimiga kirish jarayoni amalga oshirilmoqda va bu holat jamiyatimizni yanada shaffof, ochiqroq qilmoqda.
Ommaviy axborot vositalari faoliyatini takomillashtirish haqida gapirar ekan, О‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov shunday deb ta’kidlagan edi: ”Zamonning о‘zi shuni talab qilmoqdaki, о‘z ishida yuqori darajalarga erishishga intilgan har bir jurnalist о‘z kasb sirlarini puxta egallab, qat’iy pozitsiyaga ega bо‘lishi, adolat uchun kurashishga tayyor bо‘lishi, bu yо‘lda qat’iyat va jasorat kо‘rsatishi, boshqacha aytganda, vijdonga muvofiq yashashi kerak”.
Xulosa о‘rnida shuni ta’kidlamoqchimizki, mustaqillik davrida О‘zbekiston siyosiy tizimida davlat va jamiyat siyosiy tuzilishi asoslarini tubdan о‘zgartirgan tub о‘zgarishlar yuz berdi. Jamiyatning erkinlashuvi bilan ommaviy axborot vositalarining roli о‘zgarib bormoqda. Bugungi kunda ularning faolligini oshirish, demokratiya va sо‘z erkinligining asl institutlari sifatidagi rolini kuchaytirish vazifalari turibdi.
Dostları ilə paylaş: |