O'quv ishlari bo’yicha prorektor


Ommaviy axborot vositalarning huquiy asoslarini yaratilishi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə31/115
tarix13.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#129708
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   115
O\'quv ishlari bo’yicha prorektor

3. Ommaviy axborot vositalarning huquiy asoslarini yaratilishi.
О‘zbekistonda ommaviy axborot vositalari faoliyatining huquqiy asoslarini yaratish borasida ham bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi ommaviy axborot vositalarining erkinligi, ularning qonun doirasidagi faoliyati, senzuraga yо‘l qо‘yilmasligi tо‘g‘risidagi huquqlarini kafolatlaydi (67-modda). Qabul qilingan qonunlar, shu jumladan, «Nashriyot uylari faoliyati tо‘g‘risida», «Mualliflik huquqi va boshqa huquqlar tо‘g‘risida» (1996 yil, avgust), «Axborot olish erkinligi va kafolatlari tо‘g‘risida», «Jurnalistlar faoliyatini himoya qilish tо‘g‘risida» (1997 yil, aprel), «Ommaviy axborot vositalari tо‘g‘risida» (1997 yil, dekabr)gi qonunlarda demokratik jamiyatga mos keladigan ommaviy axborot vositalari faoliyatining huquqiy asoslari bayon qilingan.
Prezident farmonlari, hukumat qarorlari, Oliy Majlis tomonidan mustaqillik yillarida qabul qilingan qonunlar ommaviy axborot vositalarining «tо‘rtinchi hokimiyat» darajasida ishlashiga sharoit yaratmoqda.
Fikr va g‘oyalar raqobati, qonun ijodkorligi tobora ommaviy axborot vositalarida о‘zini namoyon qilmoqda. О‘zbekistonda nashr etiladigan 450 gazeta va 115 jurnalning kо‘pchiligi, 30 dan ortiq telekanallar va studiyalar nodavlat ta’sischilariga ega.

Ommaviy axborot vositalari - (qisqartmasi: OAV) keng ommaga axborot yetkazuvchi vositalardir. О‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida davriy tarqatishning doimiy nomga ega bо‘lgan hamda bosma tarzda (gazeta, jurnal, axborotnoma, byulleten va boshqalar) va yoki elektron tarzda (tele-radio, kino, kinoxronikal dasturlar, umumfoydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlaridagi veb-saytlar) olti oyda kamida bir marta nashr etiladigan yoki efirga beriladigan shakliy hamda ommaviy axborotni davriy tarqatishning boshqa shakllari OAV, deb kо‘rsatilgan.

О‘zbekiston Respublikasida demokratik islohotlarni kuchaytirish, fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirish, kishilar ongu shuurida yangicha tafakkur qirralarini shakllantirishda ommaviy axborot vositalari chinakamiga “tо‘rtinchi hokimiyat” maqomida о‘z о‘rnini mustahkamlab bormoqda.


Davlat darajasida jamiyatimizda jurnalistikaning mavqeini oshirish, uni qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari bilan bir qatorga qо‘yish va amalda «hokimiyatning tо‘rtinchi tarmog‘i» ga aylantirish bо‘yicha bir qator aniq chora-tadbirlar belgilandi. Biroq, bizning oldimizda turgan eng ustuvor dolzarb vazifalar nafaqat qonunchilik bazasini, balki kundalik hayotda sо‘z erkinligi, fikrlar plyuralizmi, odamlarning о‘z fikrlari va hukmlarini ochiq ifoda etish, ushbu yо‘ldagi barcha tо‘siqlarni bartaraf etish uchun real imkoniyatlarni yaratishdir.




Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin