19
Xizmat ko‟rsatishdagi to‟sqinliklar
aloqa yoki ularni boshqaruvchi
vositalarning normal ishlashiga to‘sqinlik qiladi. Bunday
buzilishlarda muayyan
maqsad ko‘zlanadi: masalan, obekt ma‘lum adresatga yo‘naltirilgan barcha
axborotlarni to‘xtatib qolishi mumkin. Yana bir misol, tarmoqni atayin axborotlar
oqimi bilan ortiqcha yuklash orqali yoki tarmoqni ishdan chiqarish yo‘li
bilan
barcha tarmoq ishini blokirovka qilish.
Himoyaning aktiv buzilishlarini butunlay oldini olish juda murakkab,
chunki bunga faqat barcha aloqa vositalarini uzluksiz fizik himoyalash orqali
erishish mumkin. Shu sababli himoyaning aktiv buzilishlarida
asosiy maqsad
ularni operativ tarzda aniqlash va tezda tizimning ishga layoqatliligini tiklash
bo‘lishi shart. Buzilishlarning o‘z vaqtida aniqlanishi buzg‘unchini to‘xtatish
vazifasini xam o‘taydi, va bu vazifani buzilishlardan ogoxlantirish tizimining qismi
deb ko‘rish mumkin.
Himoya mexanizmlari.
Amaliyot mashg‘ulotida ishlatiladigan himoya
mexanizmlarining aksariyati kriptografiya metodlariga asoslangan.
Shifrlash yoki
shifrlashga yaqin axborotni o‘zgartirishlar ma‘lumotlarni himoyalash metodlari
xisoblanadi.
Himoya xizmati.
Amaliyot mashg‘ulotida qo‘llaniladigan himoya
vazifalari
to‘plamlaridan
biriga
quyidagilar
kiradi:
konfidensiallik,
autentifikatsiyalash,
yaxlitlik, yolg‘onning mumkin emasligi, foydalanuvchanlik,
foydalanuvchanlikni boshqarish.
Fizik himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
Server tarmog‘ida joylar xavfsizligini ta‘minlash;
O‘zga
kishilarni serverga, konsentratorga, kommutatorga,
tarmoqlar
kabeliga va boshqa uskunalarga kirishni ta‘minlash;
Elektr
tarmoqlarida
bo‘ladigan nosozliklardan himoya qiluvchi
vositalaridan foydalanish.
Dostları ilə paylaş: