O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə3/84
tarix20.11.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#164628
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84
O’quv-uslubiy majmua-hozir.org

Yusuf Xos Hojib. Sharqdagi so‘z va undan foydalanishga qo‘yiladigan talablarga misol tariqasida Yusuf Xos Hojibning qo‘yidagi fikrlarini kеltirish maqsadga muvofiqdir: “Ko‘p so‘zlik foydasiz mashg‘ulotdir. Tuman so‘z tugunini bir so‘zda yozish mumkin. Zеro, kishi so‘z tufayli qadr topishi yoki aksincha, boshi egik bo‘lishi mumkin”. Dеmak, so‘z ma'nolarini ilg‘ash so‘z ishlatish uchun ham bilimdonlik talab etiladi.
Alisher Navoiy. Alisher Navoiy o‘zbek tili ravnaqi uchun astoydil kuyindi... Turkiy til ravnaq uchun qat’iy kurash olib bordi. Navoiy asarlari til omillaridan, o‘zbek tilining leksik – grammatik imkoniyatlaridan unumli va mahorat bilan foydalanishning oliy namunasidir. Zahiriddin Muhammad Bobur Alisher Navoiyning adabiy tilga muvofiq ijod etganini maxsus ta’kidlaydi: “Andijon elining lafzi qalam bila rostdur, oni uchun kim Mir Alisher Navoiyning musannafoti bovujudkim, undan nash’u namo topibtur, bu til biladur”.
Navoiy tilning ijtimoiy hodisa ekanligini ta’kidlaydi, uni “guhari sharif” deya ta’riflaydi. So‘z insonni hayvondan ajratgan ulug‘ ne’mat deya ulug‘laydi:
Tengriki, insonni qilib ganji roz,
So‘z bila hayvondin anga imtiyoz”.
Navoiy har doim shaklning mazmunga uyg‘un bo‘lishini talab etadi:
Nazmki ma’ni anga marg‘ub emas,
Ahli ma’oniy qoshida xo‘b emas.
Nazmki ham surat erur xush anga,
Zimnida ma’ni dog‘i dilkash anga.
Ulug‘ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy yoshlarning asar matnini ifodali o‘qish san’atini egallashlariga diqqatni tortdi. Shoir o‘zining “Lisonut-tayr” asarida asar mazmunini tushunib o‘qish usulini egallashga chaqirdi. “Mahbubul-qulub” asarida “Xushnavis chiroyli yozishning va yozma nutq malakasini egallashning barchaga “osoyish” berish”ini ta’kidladi. “Muhokamatul-lug’atayn” asarida talaffuz va imlo, so‘z qudrati va nutq madaniyati, so‘z ma’nolaridan to‘g‘ri foydalanish, nutqni to‘g‘ri tuzish kabi masalalarning ilmiy sharhini berish bilan turkiy (o‘zbek) tilini chuqur o‘zlashtirish metodikasiga ulkan hissa qo‘shdi.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin