O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə6/84
tarix20.11.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#164628
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84
O’quv-uslubiy majmua-hozir.org

Beshinchi davr – 1991-yildan keying davr. O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligini qo‘lg kiritgandan so‘ng ona tili ta’limi oldiga tamomila yangi talablar qo‘yila boshlandi. “O‘zbek maktablarida ona tili Konsepsiyasi” (1993) ishlab chiqildi.[3]
Ona tilidan DTS me’yorlari belgilandi va u davlat hujjati sifatida qabul qilindi, DTSga muvofiq keladigan “Ona tili” dasturlari yaratildi; maktab darsliklari yangilana boshladi.
Ona tilining mazmuni, asosan, 50-yillarning o‘rtalarida shakllangan bo‘lib, o‘shandan beri dasturlar juz’iy o‘zgarishlar bilan 1998 – 1999-o‘quv yiliga qadar amalda bo‘lib keldi. 60-yillarga kelib “Fan yutuqlari – maktabga” shiori o‘rtaga tashlangach, maktab ona tili ta’limi shu qadar nazariylashib, grammatizm hokimligi yuzaga keldiki, o‘qish ham, o‘qitish ham zerikarli bo‘lib qoldi. Ona tili mashg‘ulotlarida o‘quvchi nutqini rivojlantirishga qaratilgan foydali amaliy ishlar son-sanoqsiz Grammatik talqin, qoida va ta’riflarni ko‘r-ko‘rona “o‘zlashtirish”, ya’ni ularni qorilarcha yodlab olishdan nariga o‘tilmadi.
Ona tili ta’limidagi yana bir murakkablik grammatik talqinlar bilan bog‘liq chalkashliklar edi. Jumladan, olmoshning nafaqat ot, sifat, son, balki, fe’l, ravish, taqlidiy so‘z, undov gap va hatto matnni almashtira olishi, ularga ishora etish xususiyati hisobga olinmagan edi. Mavjud chalkshliklardan yana biri bir so‘z turkumdan ikkinchi so‘z turkumiga o‘tish talqini edi. “Dono qiz dono so‘zlaydi” gapida birinchi dono ravish so‘z turkumiga kiritilgan edi.
Sintaksisda ulkan chigallik tug‘dirgan masalalardan biri gap talqini masalasi edi. Shaxs-son, zamon ko‘rsatkichiga ega bo‘lmagan kesimlar ham “kesim” deb atalib, “Men borganda…”, U kelgandan keyin…” tipidagi gaplar ham qo‘shma gap sifatida qaraladi.
Sho‘ro ta’limi sharoitida nafaqat ta’lim mazmuni, balki o‘qitish usulida ham dogmatism hukmron edi. Ona tili ta’limi o‘quvchilarda ijodiylik, mustaqil fikrlash, fikt mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki va yozm shakllarda bayon qilishga o‘rgatishdan ahcha yiroq bo‘lib, ona tili ta’limining asosiy maqsadi – nutqni shakllantirish va rivojlantirish uning soyasida qolib ketgan edi.
Milliy istiqlol maktab ona tili ta’limi oldiga ham yangi ufqlar ochdi. O‘zbekiston olamga yuz tutdi; ijtimoiy, ma’naviy, iqtisodiy jabhalarda ulkan ijodiy qadamlar tashlandi. Mustaqil Respublikamizning xalq ta’limi sohasidagi islohotlari bugungi kunda naqadar katta ijobiy natijalar berganligini hayotning o‘zi ko‘rsatib turibdi. Bu islohotlar, avvalo, millatning g‘ururi, uning iftixori, - tiliga bo‘lgan e’tibordan boshlandi.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin