O’quv-uslubiy majmua


Maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari ona tili o‘qituvchilariga quyidagi muhim va doimiy talablar qo‘yiladi



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə8/84
tarix20.11.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#164628
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   84
O’quv-uslubiy majmua-hozir.org

Maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari ona tili o‘qituvchilariga quyidagi muhim va doimiy talablar qo‘yiladi:
• jamiyat rivojalinishining siyosiy, sotsial va iqtisodiy yo‘nalishlarini to‘g‘ri baholay olishi;
• muayyan taraqqiyot davrida jamiyat uchun zarur bo‘lgan bo‘lgusi mutaxassisni shakllantirish standartlarini egallagan bo‘lishi;
• pedagogik faoliyatni sevishi;
• o‘z sohasi (til bilimi) bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lishi;
• zakovatli bo‘lishi;
• pedagogik tuyg‘u;
yuksak yetuklik;
• umumiy madaniyat va axloqning yuksak darajasi;
• ona tili ta’limiga muvofiq keladigan pedagogik texnologiyalarni mahorat bilan egallagan bo‘lishi.
Ona tili o‘qituvchisi shaxsiga qo‘yiladigan qo‘shimcha talablar: kirishib keta olish, san’atkorlik, quvnoqlik, yaxshi did va boshqalar.
Yuqorida sanab o‘tilganlar o‘zbek tili o‘qituvchisi shaxsiga xos bo‘lgan tug‘ma xislatlar emas, balki ular o‘zbek tili o‘qituvchisining o‘z ustida muntazam va betinim mehnati, ulkan xizmatlari natijasida yuzaga keltiriladi.
O‘zbek tili o‘qituvchisining kasbiy faoliyati favqulodda umumiy va xususiy qobiliyatlarni talab qiladi.
Ona tili ta’limida kasbiy-pedagogik faoliyatning muvaffaqiyati ko‘pincha xususiy pedagogik qobiliyatlarga ham bog‘liq bo‘ladi. Pedagogik qobiliyatlar-ning quyidagi guruhlari farqlanadi:
• ob’ektga (o‘quvchi yoki talabaga) nisbatan sezgirlik;
• kommunikativlik – insonlarga yuz tutish, xayrixohlik, muomalalik;
• perseptiv qobiliyatlar – kasbiy yetuklik, empatiya, pedagogik tuyg‘u;
• shaxs dinamikasi – irodaga ta’sir eta olish va mantiqiy ishontira olish qobiliyati;
• hissiy barqarorlik – o‘zini boshqara olish;
• kreativlik – ijodiy ish qobiliyati.
Pedagogning xususiy qobiliyatlariga bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallash faoliyati va shaxsni tarbiyalash qobiliyati ham tegishlidir.
Ona tili o‘qituvchisining o‘qitish, o‘rganish va o‘rgatish bo‘yicha qobiliyatlariga quyidagilar kiradi:
• o‘quvchi yoki talabaning tushunishini ko‘rish va sezish, bunday tushunishning darajasini va xarakterini bilib olish qobiliyati;
• o‘quv materialini o‘qitishda o‘qitishning samara beruvchi usul va metodlarini belgilash qobiliyati;
• materialni yetarli bayon qilish, uning barcha o‘quvchi yoki talabalariga tushunarliligini ta’minlash qobiliyati;
• o‘quvchi yoki talabalarning individualligini hisobga olgan holda o‘qitish jarayonini tashkil etish qobiliyati;
• o‘qitish jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish qobiliyati;
• o‘quvchilarining yoki talabalarining katta odimlar bilan rivojlanishini tashkil etish qobiliyati;
• o‘zining pedagogik mahoratini takomillashtirish qobiliyati;
• o‘zining tajribasini boshqalar bilan baham ko‘rish qobiliyati;
• mustaqil ta’lim olish va mustaqil takomillashish qobiliyati.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin