O’quv-uslubiy majmua


 “O‘zbek tili o‘qitish metodikasi” fanining ilmiy-tadqiqot metodlari



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə7/84
tarix20.11.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#164628
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   84
O’quv-uslubiy majmua-hozir.org

3. “O‘zbek tili o‘qitish metodikasi” fanining ilmiy-tadqiqot metodlari.
Pedagogika va psixologiya fanlari sirasiga kiradigan o‘zbek tili o‘qitish metodikasi fani ham o‘zining nazariy asoslariga va ilmiy tadqiqot metodlariga ega.
Ilmiy tadqiqot metodlarini ishga solishdan ko‘zlanadigan asosiy maqsad DTS talablariga javob beradigan ta’lim mazmunini belgilash, o‘qitishning eng samarali metod, vosita va usullarini aniqlash, o‘zbek (ona) tili darslarini tashkil etishning qulay shakllarini belgilash, o‘quvchilardagi bilim, malaka va ko‘nikmalarni nazorat qilish singari muhim muammolarning ilmiy yechimini topishdan iborat.
Mustqail tadqiqot ishi quyidagi ilmiy-tekshirish metodlari yordamida amalga oshiriladi:
Nazariy metodlar:
– analiz (tahlil) – sintez (tavsif);
– ilmiy farazlar;
– modellashtirish.
Amaliy metodlar:
– kuzatish, tajriba o‘tkazish;
– guruhlash, qiyoslash, tahlil qilish, farqlash, tanlash;
– ilg‘or o‘qituvchilar tajribasini o‘rganish, natijalarini tahlil etish va umumlashtirishdan iborat[4].
A.G‘ulomov va boshqalarning hammuallifligida nashrda chiqqan “Ona tili o‘qitish metodikasi” nomli darslikda pedagogik eksperiment, diagnostik tahlil, suhbat, kuzatish, o‘quvchilarning og‘zaki va yozma javoblarini tahlil qilish, ilmiy pedagogik tajribalarini o‘rganish, ta’lim muassasa hujjatlarini ko‘zdan kechirish singari ilmiy tadqiqot metodlaridan foydalanadi. Bu metodlar mavjud holatni aniqlash, o‘quvchi va o‘qituvchi faoliyatidagi kamchiliklarni topish, shu asosda metodik tavsiyalar ishlab chiqish, erishilgan natijalarni ilmiy tahlil qilish va umumlashtirish imkonini beradi.
4. “O‘zbek tili o‘qiish metodikasi” fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligi.
“O‘zbek tili o‘qitish metodikasi” fani falsafa, tilshunoslik, siklidagi fanlar, didaktika, ruhshunoslik fanlari bilan uzviy bog‘liqdir. Bu fan pedagogika siklidagi fan bo‘lganligi ucnun ham, ijtimoiy fanlar guruhiga kiradi va ijtimoiy fanlarning asosini tashkil etadigan falsafa bilan chambarchas bog‘liq. O‘quvchiga o‘z ona tilini o‘rgatish tafakkur bilan chambarchas bog‘langan. Chunki til hodisalarining o‘quvchi ongida voqelanishi tafakkur orqali yuzaga chiqadi. Til va tafakkurning aloqadorligi ona tili darslarida ijodiy tafakkur sohibini tarbiyalash muammosini hal qilishga ko‘maklashadi.
Ma’lumki, falsafada har bir umumiy tushuncha yakka, juz’iy tushunchalar yig‘indisidan tarkib topadi, degan qoida mavjud. Ona tili darslarida o‘quvchi faoliyatini tashkil etishda ham biz xuddi shu qoidaga asoslanamiz. Muayyan bo’laklarga ajratilgan til hodisalarini kuzatish, ularning birini ikkinchisi bilan taqqoslash orqali o‘quvchi umumiy ta’rif, qoida va xulosalarga keladi. Falsafa fikrlash va rivojlanishga o‘zaro uyg‘unlikda qaraydi. Sharqning buyuk ensiklopedist olimlari (Umar Xayyom, Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino va h.k.) rivojlanishni fikrlashning mahsuli deb biladilar.
Til materiallari o‘quvchi tomonidan ijodiy fikrlash orqali egallangan bo‘lsa, u amaliy ahamiyatga molik bilim, ko‘nikma va malakalar bo‘lib sanaladi.
Shuni unutmaslik kerakki, til hodisalarining mohiyatini anglash, ular orasidagi o‘xshash va farqli tomonlarni aniqlash, til imkoniyatlaridan nutqiy faoliyatda foqydalanish singari zaruriy malakalar ijodiy fikrlash orqali amalga oshadi. “O‘zbek tili o‘qitish metodikasi” fani pedagogik sikldagi fan sanalsa-da, ammo uning ilmiy asosini tilshunoslik fanlari tashkil qiladi. Til ilmi sohasida qo‘lga kiritilgan har bir ilmiy yutuq, shubhasiz, maktab, AL va KHKlar ona tili ta’limiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi; zaruriyat tug‘ilganda uni yangilash ehtiyojini yuzaga keltiradi. Biroq shunday bo‘lsa-da, tilshunoslikda fan erishgan barcha yutuqlarni ta’lim muassasalari o‘quvchilariga o‘rgatishning iloji yo‘q va bunga ehtiyoj ham sezilmaydi. “O‘zbek tili o‘qitish metodikasi” fani til ilmi sohasida qo‘lga kiritilgan yutuqlardan nimani ajratib olib o‘quvchiga o‘rgatish lozimligini hal qiladi.
5. Ona tili o‘qituvchisiga qo‘yiladigan talablar.
O‘zbek tili mustaqil O‘zbekiston Respublikasining davlat tili deb qonunlash-tirilgandan keyin xalq ta’limi oldiga Respublika taraqqiyoti uchun xizmat qiladigan tadbirkor va ijodkor insonni tayyorlash masalasi qo‘yildi. O‘zbek tili mashg‘u-lotlarida yoshlarni erkin va mustaqil tafakkur egasi, ijodiy izlanuvchan, milliy g‘oya va ajdodlarimiz an’analarini e’zozlaydigan, vatanparvar insonlar qilib tar-biyalashda ona tili o‘qituvchisining mas’uliyati katta. “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning umumiy madaniyatni yuksaltirishga, farzandlarimizning jamiyatda munosib o‘rnini topishiga, yigit-qizlarimizni jamiyat, davlat, oila oldida o‘z mas’uliyatini chuqur anglab yetuvchi shaxslar etib tarbiyalash maqsadlari ona tili va adabiyot darslarida amalga oshiriladi. Ona tili va adabiyot ta’limining bosh maqsadi o‘quvchi shaxsini, uning ma’naviyatini shakllantirish ekanligi bois ham ona tili va adabiyot fani “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da barkamol inson tarbiyasi bo‘yicha qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirishda katta ahamiyatga ega. Bu vazifalar boshqa fan o‘qituvchisi faoliyatidan keskin farq qiluvchi ona tili va adabiyot muallimidan katta mas’uliyat talab etadi. Ona tili va adabiyot o‘qituv-chisigagina xos bo‘lgan bilimidonlik, o‘qitadiganfanini puxta bilishi, notiqlik sa-n’atiga ega bo‘lish, o‘qitish vositalaridan foydalanish malakasini egallaganligi, o‘quvchi va talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalarini tahlil qilishi, baholay bilishi, bilimlarni uzluksiz mustaqil egallab borishi, o‘qituvchining shaxsiy sifatlari (mehnatsevarlik, yuksak madaniyatlilik, mustaqillik, ijodkorlik, kamtarlik, axloqiy poklik va boshqalar), o‘quvchilarda o‘z faniga qiziqish uyg‘ota olish kabi sifatlarni egallaganligi o‘quvchi va talaba madaniyatini shakllantirish, ona tili va adabiyot darslarining samaradorlik darajasini oshirishda muhim ahamiyatt kasb etadi.
Maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari ona tili o‘qituvchisi shax-siga jiddiy talablar qo‘yiladi. Ular pedagoglar va psixologlar tomonidan chuqur o‘rganilgan. O‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan eng muhim talab uning yuqori malakali bo‘lishidir, chunki busiz pedagogik faoliyat yuritib bo‘lmaydi.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin