O’quv uslubiy majmua



Yüklə 2,49 Mb.
səhifə71/194
tarix22.12.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#189806
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   194
portal.guldu.uz-Umumiy pedagogika

Nazorat savollari
1. Tasniflash nima?
a) tartibga olish
v) toifalashtirish
s) ilmiy asoslash
d) guruhlashtirish
ye) soddalashtirish
2. Tarbiya metodlari tasnifi nechta toifaga bo‘linadi ?
a) ikki toifaga
v) to‘rt toifaga
s) uch toifaga
d) besh toifaga
ye) o‘n toifaga
3.Bir toifaga kiruvchi metodlar
a) bir xil tarbiyaviy ta’sir etadi;
v) bir maqsadni bajarishga qaratilgan;
s) foydalanishga qulay;
d) mantiqiy bog‘langan;
ye) tarbiyalanuvchiga moslashtirilgan.
4. Metodlar tasnifi bo‘yicha chizma amaliy ish bajaring.
5.Tarbiya metodlaridan amalda foydalaning va natijalarini yozma
ifodalab bering.
3– savol bayoni:
Tarbiyalanuvchining ongida ijobiy fazilatlar haqida tushunchalar hosil qilish, imon, e’tiqod, dunyoqarashni tarkib toptirish, yaxshi – yomonnig farqini ajratishga o‘rgatish , ijobiy va salbiyni fahmlash kabi xususiyatlar ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar hisoblanadi.
Bu toifaga quyidagi metodlar kiradi: tushuntirish, uqtirish, suhbat, hikoya, va’z, ma’ruza, munozara, muhokama, o‘git–nasihat, maslahat berish, namuna.
Tushuntirish–tarbiyaga oid tartib – qoidalarni, axloq – odob normalarini, muloqatga kiritish, vatan va xalq oldidagi burchni insonparvarlik va baynalmilalchilik mohiyatlarini oddiy, tushunarli qilib bayon etishdir.
Uqtirish–tarbiyalanuvchi uchun hayotiy sanaladigan tushunchalarni uning ongiga singdirish, bir umr o‘qitilmaydigan bo‘lishi bilan birga beixtiyor bajarishi amaliyotga tadbiq etishni ham anglatadi. (O‘qigan boshqa, o‘qigan boshqa) Suhbat–tarbiyalanuvchi bilan fikr almashish orqali uning ongida mulohazalar uyg‘otish, uni bayon etish, o‘zgalar fikrini tinglash, o‘z dunyoqarashini boyitib borish kabi holatlarni aks yettiradi.
Hikoya–tarbiyalanuvchiga yetkazilish mo‘ljallangan tushunchalarning obrazli badiiy to‘qimalar asosida his – xayajonli tarzda bayon yetilshidir. Hikoyada bo‘rttirib ko‘rsatish alohida berish, o‘tilish va kelajak voqealarini aynan hozir sodir bo‘layotgandek qilib ifodalash mumkin bo‘ladi.
Va’z, ma’ruza – tarbiyalanuvchilarning yoshi qiziqishi va ehtiyojlariga mos mavzu tanlagan holda, belgilangan vaqtda maxsus tayyorgarlik ko‘rgan kishilar tomonidan beriladigan axborotlardir.
Munozara va muhokama–tarbiyalanuvchilarni qiziqtiradigan mavzuda barcha ishtirokchilarning o‘zaro fikr almashinuvidir. Munozarada mavzu bo‘yicha hamma o‘z fikrini bayon etishi, uni isbot va dalillash mumkin. Munozarada fikr Erkinligi alohida ahamiyatga ega bo‘ladi.
Muhokama ma’lum o‘lchov tartib - qoidalarga amal qilgan holda munosabat bildirishga asoslanadi.
O‘git – nasihat – kattalar tomonidan o‘zining hayotiy tajribalariga suyangan holda tarbiyalanuvchiga yo‘l ko‘rsatishdir.
Maslahat-tarbiyalanuvchi biror ehtiyoj asosida zarurat uchun bilmaganlarini o‘zgalardan so‘rab o‘rganishdir. Maslahat so‘ralgan narsani boshidan kechirgan foydali tajribaga ega bo‘lgan obro‘li kishilar bo‘lishi kerak.
Namuna–tarbiyalanuvchiga bevosita amalda bajarib ko‘rsatish, yoki butun hayotiy tajribasi bilan ibrat bo‘lish, o‘z xatti-harakati va xulq – atvori bilan ta’sir etishi hisoblanadi. Yoshlarga eng avvalo ota–onalarga va tug‘ishganlari namuna bo‘ladilar, keyincha–ulug‘ siymolarning hayoti va faoliyati, fan, adabiyot, san’at namoyondalari, davlat arboblari va boshqa mashhur kishilar namuna qilib ko‘rsatiladi. Yosh bolada taqlidchanlik kuchli bo‘lib, ba’zan noto‘g‘ri axloqiy ko‘rinishlarni ham o‘zlashtirib olishi mumkin. Shuning uchun yoshlar kuzatishi mumkin bo‘lgan har qanday holatda ijobiy ibrat bo‘lishga harakat qilish zarur «Yuz marta yeshitgandan bir marta ko‘rgan afzal».

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin