Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: xarita, globus bilan ishlashda hisoblashning qulay usullarini qo‘llay olish, aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik faoliyatda zarur bo‘lgan dastlabki rejalarni tuza olish, suvni isrof qilmaslik va tejamkorlikning ma’nosini tushunish, unga amal qilish.
Dars turi: Yangi materialni o’rganish
Dars jihozi: rasmlar,bukletlar
Darsning borishi.
Tashkiliy qismDarsning tashkil qilish jarayoni va ajratilgan vaqti 2 minut.Tashkiliy qism. Navbatchi axboroti.
O`tgan mavzuni mustahkamlashO‘tilgan va uyga berilgan mavzuni so‘rash va takrorlash jarayoni va ajratilgan vaqti 10 minut Asosiy qism.Tabiatshunoslik fani asosida savol-javoblar o’tkazish.
Yangi mavzu bayoniYangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni va ajratilgan vaqti 13 minut.
Suv o‘rnini boshqa hech bir ne’mat bosa olmaydi. Ammo insonlarning bu boradagi ehtiyojlari va mavjud bo‘lgan zahiralar o‘rtasidagi mutanosiblik uni tejab, avaylab-asrab foydalanish kerakligini taqozo etmoqda.
Mutaxassislarning fikricha, sayyoramizning suv resurslaridan faqatgina 2,5 foizi ichimlik suviga to‘g‘ri kelar ekan. Shundan 0,5 foizinigina insoniyat o‘z manfaatlari yo‘lida ishlatish imkoniyatiga ega.
Ichimlik suvidan foydalanish darajasi aholi miqdorining ko‘payish darajasi bilan bevosita bog‘liq. Lekin bu doimo to‘g‘ri kelavermaydi. Bundan 40-50 yil muqaddam Toshkent shahrida suv iste’mol qilish miqdori qariyb 5 baravar kam bo‘lib, aholining to‘la ehtiyojini qondira olgan.
Mamlakatning qanchalik ijtimoiy-iqtisodiy darajasi yuqori bo‘lsa, suvdan oqilona foydalanish usullarini qo‘llash darajasi ham yuqori bo‘ladi. Suv ayniqsa, O‘zbekiston sharoitida aziz. Chunki respublikamizda qishloq xo‘jaligi asosan polizlar va bog‘u rog‘lar sug‘oriladigan yerlardir. Suv uchun kurash – hayot uchun kurashdir.
SUVNING OB-HAVOGA TA’SIRI Okeanlardagi suvning bug‘lanishi suvning atmosferaga o‘tishining asosiy yo‘li hisoblanadi. Okeanlarning yuzi (sirti) kengayib borgan sari (Yer yuzining 70% qismi okeanlar bilan qoplangan) katta hajmda bug‘lanish sodir bo‘lishiga imkoniyat yaratadi. Umumiy yer yuzi bo‘yicha olganda, o‘rtacha bug‘langan suv hajmi Yerga yog‘ingarchiliklar orqali tushgan suv hajmiga teng. Okeanlardan bug‘langan suv hajmining ko‘pi yana okeanga yog‘ingarchilik orqali tushadi. Har doim atmosferada suv mavjud bo‘ladi. Bulutlar - atmosferadagi suvning keng tarqalgan va ko‘zga ko‘rinadigan shaklidir. Har qanday ochiq havoda ham suv mavjud bo‘ladi. Bu suv mayda zarrachalarda bo‘lib, uni ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi.