O’quv yili 4-sinflar Tabiatshunoslik fanidan ishlanmalar tayyorlashda foydalanilgan yillik


Jami 45 daqiqa Tashkiliy qism



Yüklə 45,79 Mb.
səhifə55/147
tarix20.07.2023
ölçüsü45,79 Mb.
#136908
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   147
TabiatIIII

Jami

45 daqiqa



Tashkiliy qismDarsning tashkil qilish jarayoni va ajratilgan vaqti 5 minut.Tashkiliy qism. Navbatchi axboroti.
O`tgan mavzuni mustahkamlashO‘tilgan va uyga berilgan mavzuni so‘rash va takrorlash jarayoni va ajratilgan vaqti 10 minut Asosiy qism.Tarix fani asosida savol-javoblar o’tkazish.
Yangi mavzu bayoniYangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni va ajratilgan vaqti 20 minut.
Atrofimizni o‘rab turgan tabiat jonli va jonsiz tarkibiy qismlardan iborat. Tabiatning
jonli tarkibiy qismiga o'simliklar va hayvonlar kiradi. Ular tabiiy sharoitga bog‘liq holda juda xilma-xildir. O‘simliklar - Quyosh nuri, havo, tuproq va suvdan o ‘z hayoti uchun zarur moddalarni olib, tanasidato‘plashqobiliyatigaegatirik organizmlar.
O‘simliklarning kelib chiqishi Yerda hayot paydo bo‘lishi va ilk rivojlanish davrlariga to‘g‘ri keladi. Bun-dan 3 mlrd yil oldin dastlabki ko‘k-yashil suvo‘tlar paydo bo‘lgan. O‘simliklarning oziqlanish jarayonida atrof-muhitdan qattiq, gazsimon va suyuq moddalarni shimib olishga moslanishi natijasida ularning tanasi murakkablashib borgan. Shu tariqa o‘simliklar rivojla-nib, hozirgidek turli-tuman ko‘rinishga ega bo‘ldi.
Odamlarning va hayvonlarning hayotini o‘simliklarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. O‘simliklar havodan zaharli gazlarni yutib, hamma uchun zarur bo‘lgan kislorod chiqaradi. Shu yo‘l bilan yashil o‘simliklar havo tar-kibining doimiyligini saqlab turadi.
O‘simliklar inson uchun oziq-ovqat, kiyim-kechak, yoqilg‘i, qurilish materiallari va boshqalarni beradi. Ammo o‘simliklarni ko‘p miqdorda yig‘ib olish va oqilona foydalanmaslik ko‘plab o‘simlik turlarining yo‘qolib ketishiga olib keldi. Hayvonlar dastlab suvda, bundan 1 mlrd yil oldin paydo bo‘lgan deb taxmin qilinadi. Bundan 450 mln yil avval hayvonlar o‘simliklar bilan bir vaqtda quruq-lik yuzasini egallay boshlaydi. Quruqlikda birin-ketin suvda ham, quruqlikda ham yashovchilar, hasharotlar, sudralib yuruvchilar paydo bo‘lgan.
Bundan 230-200 mln yil avval dinozavrlar paydo bo‘lib, yer yuzida hukmronlik qiladi va 70 mln yil avval qirilib ketadi. Ularning o‘rnini qushlar va sut-emizuvchilar egallab, hozirgi hayvonot dunyosi shakl-lanadi. Tabiatda hayvonlar katta ahamiyatga ega. Hayvon­ lar oziqlanish zanjirining asosiy tarkibiy qismi. Ular o‘simliklar bilan oziqlanib, o‘zlashtirgan moddalarini yana tuproqqa qaytaradi va o‘simliklarning o‘sishiga qulay sharoit yaratadi. O‘simlik va hayvonlarning qoldig‘i bilan oziqlanadigan hayvonlar Yer yuzini qol-diqlardan tozalaydi.
Hayvonlar odam hayotida ham katta ahamiyatga ega. Ulardan bir qancha turlari ovlanadi. Uy hayvon-lari go‘sht, sut, jun, teri va boshqa mahsulotlar olish maqsadida hamda transport vositasi sifatida boqiladi.
Inson faoliyatining tabiatga ta’siri tobora kuchayib borishi ayrim hayvonlar sonining keskin qisqarib ketishiga olib keldi. Mamlakatimizda o‘simliklar va hayvonlarni muho-faza qilish hamda ko‘paytirish uchun qo‘riqxonalar tashkil etilgan.

Yüklə 45,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin