1994- “Mirzo Ulug‘bek” yili
1995- “Ibn Sino” yili
1996- “Amir Temur” yili
1997- “Inson manfaatlari” yili
1998- “Oila” yili
1999- “Ayollar” yili
2000- “Sog‘lom oila” yili
2001- “Ona va bola” yili
2002- “Qariyalarni qadrlash” yili
2003- “Obod mahalla” yili
2004- “Mehr – muruvvat” yili
2005- “Sihat-salomatlik” yili
2006- “Homiylar va shifokorlar” yili
2007- “Ijtimoiy himoya” yili
2008- “Yoshlar” yili
2009- “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi” yili
2010- “Barkamol avlod“ yili
2011- “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik“ yili
2012- “Mustahkam oila“ yili
2013- “Obod turmush” yili
2014- “Sog‘lom bola“ yili
2015- “Keksalarni e’zozlash“ yili
2016- “Sog‘lom ona va bola“ yili
2017- “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari“ yili
2018- “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash” yili
2019- “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish” yili
2020- “Ilm-ma’rifat va raqamli iqdisodiyotni rivojlantirish” yili
2021- “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash” yili
2022- “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla” yili
2023- “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim” yili
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992-yilning 8-dekabrida Respublika Oliy Kengashida qabul qilingan. Biroq amaldagi hujjat birinchisidan ancha farq qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga hozirgi kunga qadar 15 marta o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan:
Birinchi o‘zgartish – 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 77-moddasi 1-qismidagi “150 nafar deputatdan iborat” degan so‘zlar “deputatlardan iborat” degan so‘z bilan almashtirilgan;
Ikkinchi o‘zgartirish – 2003-yil 24-aprelda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning XVIII–XX, XXIII-boblaridagi moddalarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra, ikki palatali parlamentni saylash va Prezident vakolat muddatini 5 yil emas, 7 yil etib belgilash asosiy o‘zgartirish bo‘ldi.
Uchinchi o‘zgartirish – 2007-yil 11-aprelda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 89-moddasiga, 93-moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga o‘zgartirish va tuzatishlar kiritilgan.
To‘rtinchi o‘zgartirish – 2008-yil 25-dekabrda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 77-moddasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qonunga muvofiq saylanadigan bir yuz ellik deputatdan iboratligi belgilandi.
Beshinchi o‘zgartirish – 2011-yil 18-aprelda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 78-, 80-, 93-, 96- va 98-moddalariga o‘zgartirish va tuzatishlar kiritilgan. Xususan, 96-moddaga o‘zgartirish kiritilib “Prezident vazifasini bajara olmay qolgan holatda uning vazifa va vakolati vaqtincha Senat raisi zimmasiga yuklanadi. Uch oy ichida prezident saylovi tashkil etiladi va o‘tkaziladi”, deya belgilandi.
Oltinchi o‘zgartirish – 2011-yil 12-dekabrda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 90-moddasiga tuzatish kiritilib, Prezident vakolati yetti yildan besh yilga almashtiriladi.
Yettinchi o‘zgartirish – 2014-yil 16-aprelda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 32,78,93,98,103 va 117-moddalariga o‘zgartish va tuzatishlar kiritilgan. 6 ta modda o‘zgardi. 32-modda “Davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish tartibi qonun bilan belgilanadi” so‘zlari bilan to‘ldirildi.
Sakkizinchi o‘zgartirish – 2017-yil 6-aprelda qabul qilingan.Qonun bilan Konstitutsiyaning 80,81,83,93,107,110 va 111-moddalariga o‘zgartish va tuzatishlar kiritilgan. Eng muhim o‘zgarishlardan biri shuki, 81-moddaning yettinchi qismidagi “Oliy xo‘jalik sudi” degan so‘zlar “Sudyalar oliy kengashi” degan so‘zlar bilan almashtirildi. Konstitutsiyaning 111-moddasida Sudyalar oliy kengashining huquqiy maqomi belgilandi.
To‘qqizinchi o‘zgartirish – 2017-yil 31-mayda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 80, 93, 108 va 109-moddalariga o‘zgartish va tuzatishlar kiritilgan. Asosiy o‘zgarishlar Konstitutsiyaviy sud mustaqilligini mustahkamlashga oid bo‘ldi.
O‘ninchi o‘zgartirish – 2017-yil 29-avgustda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 99- va 102-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan. 102-moddada Toshkent shahri tarkibiga kiruvchi tumanlarga hokim tayinlanishi va lavozimidan ozod etilishi Toshkent shahar hokimi vakolatiga kirishi to‘g‘risidagi norma belgilandi.
O‘n birinchi o‘zgartirish – 2018-yil 15-oktyabrda qabul qilingan Qonun konstitutsiyaning 105-moddasiga tuzatish kiritildi. Unga ko‘ra, mazkur moddaning 1-qismidagi “ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini” degan so‘zlar” raisni (oqsoqolni)” degan so‘z bilan almashtirildi.
O‘n ikkinchi o‘zgartirish – 2019-yil 18-fevralda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 80 va 93-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Asosiy o‘zgarish, Milliy xavfsizlik xizmati Davlat xavfsizlik xizmatiga o‘zgarishi bo‘ldi. Ya’ni 80-modda 7-bandi va 93-modda birinchi qismining 24-bandidagi “Milliy” degan so‘z “Davlat” degan so‘z bilan almashtirildi.
O‘n uchinchi o‘zgartirish – 2019-yil 5-martda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 79,93 va 98-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan. Muhim o‘zgarishlardan biri, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolarini tasdiqlashi va lavozimlaridan ozod qilishi bo‘ldi.
O‘n to‘rtinchi o‘zgartirish – 2019-yil 4-sentyabrda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 96 va 117-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra, 117-moddadagi Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan, shuningdek og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etgani uchun sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovda ishtirok etmasligi, boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmasligi belgilandi. Avvalgi tahrirga ko‘ra, sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan har qanday shaxs saylovda ishtirok eta olmas edi.
O‘n beshinchi o‘zgartirish – 2021-yil 8-fevralda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 117-moddasiga o‘zgartish kiritildi. Xususan, 117-moddasining ikkinchi qismidagi “dekabr” degan so‘z “oktyabr” degan so‘z bilan almashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi matni 7543 ta so‘zdan tarkib topgan. Bunda Respublika – 390, O‘zbekiston – 354, qonun – 210, davlat – 98, huquq – 90, konstitutsiya – 70, fuqaro – 66, Prezident – 62, Qoraqalpog‘iston – 33, shaxs – 32, erkin(lik) – 27,xalq – 24, demokratiya so‘zlari – 7 marotaba qo‘llangan.
Hozirgi yangi tahrirdagi konstitutsiyada muqaddima, 6 bo‘lim, 27 bob, 155 moddadan iborat.