2016-yil 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Prezident saylovi yakunlari bo‘yicha saylovchilarning 88,61 foiz ovozi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. 2016-yil 14-dekabrda rasman o‘z vazifasini bajarishga kirishdi.
Mirziyoyev Shavkat Miromonovich2023-yil 9-iyul kungi navbatdan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida 90,12 foiz ovoz bilan Prezidentlikka saylandi. Prezidentlik vakolati 7 yilga uzaytirildi.
O‘zbekiston Respublika Bosh vaziri, hukumat rahbari - Abdulla Nig‘matovich Aripov 1961-yil 24-mayda O‘zbekistonning Toshkent shahrida dunyoga kelgan. Millati - o‘zbek, ma’lumoti - oliy. 1983-yilda Toshkent Aloqa elektrotexnika institutini tamomlagan.
“2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”- 2022-yil 28-yanvarda qabul qilingan. Strategiya 7ta yo‘nalish va 100ta maqsaddan iborat. 1-yo‘nalish Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish.
2-yo‘nalish Mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish.
3-yo‘nalish Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash.
4-yo‘nalish Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish.
5-yo‘nalish Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish.
6-yo‘nalish Milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish.
7-yo‘nalish Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq,pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish.
“Besh tashabbus”(2019-yil 20-mart) 1-tashabbus Yoshlarni musiqa,rassomlik, adabiyot,teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish.
2-tashabbus Yoshlarni jismoniy chiniqtirish va ularning sport sohasida qobiliyatlarini namoyish qilishlari uchun sharoit yaratish.