O‘quvchining yon daftari


O‘ZBEKISTON VILOYATLARINING TASHKIL ETILGAN SANALARI



Yüklə 140,74 Kb.
səhifə7/10
tarix07.01.2024
ölçüsü140,74 Kb.
#210667
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
SIYOSIY METODIK QO\'LLANMA YANGI 5

O‘ZBEKISTON VILOYATLARINING TASHKIL ETILGAN SANALARI:

1. Qashqadaryo – 1924-yil 12-iyul


2. Toshkent viloyati – 1938-yil 15-yanvar
3. Samarqand – 1938-yil 15-yanvar
4. Xorazm – 1938-yil 15-yanvar
5. Farg‘ona – 1938-yil 15-yanvar
6. Buxoro – 1938-yil 15-yanvar
7. Andijon – 1941-yil 6-mart
8. Namangan – 1941-yil 6-mart
9. Surxandaryo – 1941-yil 6-mart
10. Sirdaryo – 1963-yil 16-fevral
11. Jizzax – 1973-yil 29-dekabr
12. Navoiy – 1982-yil 20-aprel


TARIXIY SHAXSLAR


Amir Temur – to‘liq ismi Amir Temur ibn Amir Tarag‘ay ibn Amir Barqul. 1336-yil 9-aprel Kesh viloyati, Xo‘jailg‘or qishlog‘i (hozirgi Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani)da Amir Tarag‘ay xonadonida tug‘ilgan. Onasining ismi Takina Begim 1405-yil 18-fevralda O‘tror (hozirgi Qizilo‘rda,Qozog‘iston) shahrida Xitoyga yurishi vaqtida vafot etgan.
Jaloliddin Manguberdi – 1298-1231-yillarda yashagan. 1221-yilda otasi Alouddin Muhammad Xorazmshoh uni taxt vorisi deb e’lon qiladi. 1221-1231-yillarda Chingizxon va mo‘g‘ullarga qarshi mardonavor kurash olib borgan Xorazmshohlar sulolasining so‘nggi hukmdori.
Muhammad ibn Ismoil Imom al-Buxoriy – 810-yil Buxoroda dunyoga kelgan va 870-yilda Samarqandning Xartang qishlog‘ida vafot etgan. Musulmon olamida “Qur’oni Karim”dan so‘ng turuvchi muqaddas kitob “Sahih ul-Buxoriy” yoki “Al-jom’e as-sahih” nomli 7275 ta sahih hadislar yozilgan kitob muallifi. Bundan tashqari “Al-adab al-mufrad”, “Kitob at-tarix” nomli asarlar ham yozgan.
Muhammad Muso al-Xorazmiy–783-850-yillarda yashagan. Xorazmda tug‘ilgan. Al- Xorazmiy xalifa Ma’mun (813-833) davrida Bag‘dodda tashkil etilgan. “Ma’mun akademiyasi”da yetakchi olim va ilmiy rahbar bo‘lib ishlagan. U 20 dan ortiq asar yozgan va bizgacha 10 tasi yetib kelgan. Matematika faniga oid “Al-jabr val muqobala” nomli asari mashhur. Algebra atamasi “Al-jabr” so‘zidan olingan.
Ahmad al-Farg‘oniy – 797-865-yillarda yashagan.Farg‘ona vodiysining Quva shahrida tug‘ilgan. Yevropada Alfraganus nomi bilan mashhur. Al-Farg‘oniyning sakkizta asari saqlanib qolgan. Astronomiyaga oid eng mashhur asari “Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum” deb nomlanadi. Misrda Nil daryosining suv sathini o‘lchash uchun Nilometr yasagan.

Yüklə 140,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin