3-tashabbus Aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish.
4-tashabbus Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish,ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish.
5-tashabbus Xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash.
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri - Hilola Uktamovna Umarova Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i - Sherzod Abdumutalipovich Dolimov
O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan — Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati vakolat muddati - besh yil.
QONUNCHILIK PALATASI O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi 5 yil muddatga Qonun asosida saylanadigan 150 nafar deputatdan iboratdir. Qonunchilik palatasini Spiker boshqaradi. Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddinjon Mo‘ydinxonovich Ismoilov
SENAT O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati hududiy vakillik palatasi bo‘lib, 65 nafar Senat a’zolaridan (senatorlardan) iborat. Oliy majlis senati raisi Tanzila Narbayeva Kamalovna. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo‘shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda – to‘rt kishidan saylanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to‘qqiz nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.(92-modda)