O‘quvchining yon daftari



Yüklə 140,74 Kb.
səhifə9/10
tarix07.01.2024
ölçüsü140,74 Kb.
#210667
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
SIYOSIY METODIK QO\'LLANMA YANGI 5

FARGONALIK QAHRAMONLAR


Ulugbek Umarov 1958-yil 15-dekabrda Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 1980-yil Farg‘ona shahridagi 25-hunar-texnika bilim yurtini tamomlagan.
1983-2004-yillarda Farg‘ona avtomobil yo‘llaridan foydalanish boshqarmasi avtoskreperchisi,uchastka boshlig‘i vazifasida ishlagan hamda 1999-yilda “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan. 2018-yildan buyon nafaqada.
Ozod Sharafiddinov 1929-yil 1-martda Qo‘qon yaqinidagi Oxunqaynar qishlog‘ida tug‘ilgan. 1951-yili O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) filologiya fakultetini tugatgan. 1997-yildan umrining oxirigacha “Jahon adabiyoti” jurnalining bosh muharriri bo‘lib ishlagan. 1970-yili Beruniy nomidagi davlat mukofoti,
1990-yili “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi”, 1997-yili “Mehnat shuhrati” ordeni, 1999-yili “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni, 2002-yili “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berilgan.
Lola Murotova 1958-yil 9-martda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida tug‘ilgan. 2004-yili “Nurli obod” fermer xo‘jaligini tashkil etib, hozirgacha shu xo‘jalikni boshqarib kelmoqda. 2004-yili “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi” unvoni, 2013-yili “El-yurt hurmati” ordeni, 2017-yili “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni, 2019-yilda “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan. 2022-yil 30-may kuni vafot etgan.
Botirjon Temirov 1948-yili 9-mayda Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida tug‘ilgan. 1971-yilda Farg‘ona neftni qayta ishlash korxonasida chilangarlikdan ish boshlab, bosh mexanik darajasigacha ko‘tarildi. 1989-yili Farg‘ona politexnika institutini bitirgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – muhandis mexanik. 2005-yili “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan.
Erkin Vohidov 1936-yil 28-dekabrda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida ziyoli oilada tavallud topgan. 1960-yilda Toshkent davlat universiteti (hozigi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning filologiya fakultetini tamomlagan.1983-yilda O‘zbekiston davlat mukofoti, 1987-yilda “O‘zbekiston xalq shoiri” unvoni, 1997-yilda “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni, 1999-yilda “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan. 2016-yilda vafot etgan.



Yüklə 140,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin