Органик кимё лабораториясида ишлаш қоидалари


Laboratoriyada rioya qilinishi kerak bo`lgan



Yüklə 4,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/188
tarix20.11.2023
ölçüsü4,22 Mb.
#164038
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   188
Organik kimyo laboratoriya-2022

Laboratoriyada rioya qilinishi kerak bo`lgan
xavfsizlik texnikasi qoidalari 
 
Laboratoriyada ko`ngilsiz hodisalar sodir bo`lmasligi uchun quyidagi 
qoidalarga rioya qilish kerak: 
1. Laboratoriyada o`t o`chirgich, jun material, himoya ko`zoynagi, rezina 
qo`lqoplar va yashikda qum bo`lishi kerak. 
2. Elektr asboblari sim bilan erga ulangan bo`lishi kerak. 
3. Laboratoriyada ikkita eshik (biri zapas) bo`lgani ma`qul. 
4. Tajriba tugagach gaz, suv va elektr asboblarini o`chirish kerak. 
5. Natriy va kaliy metallarini bankada kerosin, benzol yoki toluoldda saqlash 
lozim. Ular qisqich bilan olinib, fil’tr qog`oz ustida skalpel’ yordamida mayda 
bo`laklarga bo`linadi. 
Natriy va kaliy metallarining mayda bo`laklari qolgan fil’tr qog`ozlarini 
rakovinaga va axlat chelagiga tashlash qat`iy man etiladi, chunki u yong`in 
chiqishiga sabab bo`lishi mumkin. Ularni maxsus idishlarga solish yoki spirtda 
eritib yuborish kerak. 
Kaliy va natriy metallariga suv va galoidli birikmalarni tegizmaslik kerak. 
6. Oson uchuvchan va tez yonuvchan organik erituvchilar (dietil efir, metil 
spirt, etil spirt, benzol, toluol, atseton, benzin, petroley efir va h.k.) saqlanayotgan 
idish og`zini ochiq holda alanga yoki elektr plitkalari oldida qoldirish man etiladi. 
Bunday eritmalarni laboratoriyada bir litrdan ko`p saqlash mumkin emas. 
7. Reaksiya olib borilayotgan probirka va kolbani qizdirish zarur bo`lsa, 
qizdirilayotgan idishning og`zini odam ishlamayotgan tomonga qaratish kerak. 
8. Tajriba o`tkailayotganda asbobning ulangan joylarini kuzatib turish kerak. 
9. Suyuqliklarni yopiq sistemali haydash asbobida haydash mumkin emas
aks holda haydash asbobi yorilishi mumkin. Shuning uchun yig`gich idish ochiq 
bo`lishi kerak. 
10. Vodoprovod suvi shisha sovutgichlarga rezina naylar orqali ulanadi
ulangan joylarni bog`lab qo`yish kerak. Vodoprovod jo`mragini ochishda 
jo`mrakni sekin burash kerak, aks holda nayda yig`ilib qolgan havo bosim bilan 
chiqib, shisha sovutgichni sindirishi mumkin. 
11. Moy hammomidan foydalaniladigan bo`lsa, tajribani faqat mo`rili 
shkafda o`tkazish kerak. Hammomni moyning qaynash haroratigacha qizdirish 
mumkin emas. Undagi termometrning ko`tarilishini himoya ko`zoynagidan 
foydalanib kuzatish kerak. 
12. Talabalar laboratoriyadagi reaktivlarga, idishlarga va asbob-uskunalarga 
rahbarlarning ruxsatisiz tegishi mumkin emas. 
13. Laboratoriya eshigida, “Laboratoriyani berkitishdan oldin gaz, suv, 
elektr energiyasini o`chiring! Laboratoriyani ko`zdan kechiring!” degan yozuvlar 
bo`lishi kerak. 




Yüklə 4,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin