7
12. Kontsentrlangan nitrat kislotaga oson alangalanuvchan moddalarni
quyish man etiladi.
13. Kontsentrlangan kislotalar, ishqoriy metallar,
ayrim organik moddalar
tajriba vaqtida, hamda reaksiya yuqori va past bosimda olib borilishi natijasida
portlashi mumkin. Shuning uchun bunday tajribalarda himoya ko`zoynagi
taqishdan tashqari, organik shishadan yasalgan himoya ekrani ham qo`yish lozim.
14. Natriy amidi, natriy va kaliy metallarini suv ‘bilan aralashtirmaslik
kerak, aks
holda reaksiya shiddatli borib, portlash, yong`in va ko`ngilsiz
hodisalarga sabab bo`lishi mumkin. Shuning uchun natriy solib quritilgan efir suv
hammomida emas, balki havo hammomida haydaladi.
15. Moddalarning erish haroratini aniqlashda kontsentrlangan sul’fat kislota
solingan asbobdan foydalaniladi. Bunda asbob ichidagi aralashma qattiq qizib
ketishi natijasida ba`zan kislota sachrashi mumkin. Bunday tajribalarda himoya
ko`zoynagi taqish kerak.
16. Ba`zi erituvchilar (dietilefir, tsiklogeksan va boshqalar)
uzoq turish
natijasida peroksid birikmaga aylanib qoladi. Shuning uchun bunday eritmalrni
reaksiya uchun ishlatishdan oldin tekshirish kerak. Buning uchun 1 ml erituvchida
kaliy yodidning kislotali eritmasidan 1 ml quyilganda yod ajralishi tufayli eritma
qo`ng`ir rangga bo`yalishi peroksid borligini ko`rsatadi. Eritma tarkibidagi
peroksidni yo`qotish uchun unga o`yuvchi natriy yoki kaliy ta`sir ettiriladi.
Dostları ilə paylaş: