8
permanganat eritmasi, glitserin, azelin, kuyganda surtiladigan maz, novshadil spirt,
yurak dorisi, bosh va qorin og`riganda ichiladigan dorilar bo`lishi lozim.
2. Issiqlik ta`siridan kuygan joyga tezda spirt yoki kaliy permanganatning
suyuq eritmasi bilan ho`llangan paxta qo`yiladi.
3. Ko`zga yoki badanning boshqa biror joyiga kislota sachrasa, o`sha joyni
dastlab yaxshilab suv bilan, so`ngra natriy gidrokarbonatning 3 %li eritmasi bilan
yuviladi.
4. Ishqor sachraganda esa
dastlab suv bilan yaxshilab, so`ngra sirka
islotaning 1 % li eritmasi bilan artiladi va yana suv oqimida yuviladi.
5. Fenol ta`sirida kuyganda zararlangan joyni spirt bilan artish kerak.
6. Brom ta`sirida kuygan joyni darhol spirt yoki suyultirilgan ishqor eritmasi
bilan yuvib, keyin yana spirt bilan artiladi. Shundan keyin kuygan joyga
surtiladigan maxsus moy dori surtiladi. Brom hidi bilan zaharlanganda spirt
bug`idan chuqur nafas olib, sut ichib, ochiq havoga chiqish kerak.
7. Agar suvda erimaydigan organik moddalar teriga to`kilib kuydirsa,
kuygan joy shu modda eriydigan erituvchi bilan yuviladi.
8. Jabrlanuvchiga birinchi yordam ko`rsatilgandan
keyin uni medpunktga
olib boriladi.
9. Laboratoriyada yong`in chiqishi bilan u erdagi alanga manbalarining
hammasi o`chiriladi, oson alangalanadigan moddalar esa laboratoriyadan boshqa
joyga olib chiqiladi. Yong`in kichik bo`lsa, uning ustiga qum sepiladi yoki jun
odeyal yopib o`chiriladi, yong`in o`tacha bo`lsa o`t o`chirish
asboblaridan
foydalaniladi va tezda o`t o`chirish komandasiga xabar beriladi.
Alangaga suv sepilmaydi, aks holda, ko`pincha alanga keng tarqalib, yong`in
kuchayadi.
Yong`inda biror kishining ust-boshi yona boshlasa, uni tezda jun odeyal
yoki pal’to bilan o`rab, alang o`chiriladi. Kiyimi yonayotgan kishi chopmasligi
kerak, chunki chopganda alanga avj oladi.
Yonayotgan kiyimni suv sepib yoki kiyimi
yonayotgan odamni erga
yumalatib o`chirish mumkin.
Odamning kuygan joylari kaliy permanganat eritmasi bilan yuviladi,
so`ngra kuyganda surtiladigan maz surtib medpunktga olib boriladi.
Dostları ilə paylaş: