Reaktivlar. 2,9g fenol , 20ml sulfat kislota (d=1,84), 12,5ml nitrat kislota
(d=1,5), etil spirt
Ish mo’rili shkafda bajariladi!
200 ml sig’imli konussimon kolbaga 5,9g fenol bilan 11ml konsentrlangan
sulfat kislota aralashtirilib, qaynab turgan suv hammomida bir soat davomida
qizdiriladi bunda 2,4-fenoldisulfo kislota hosil bo’ladi. Bu eritma tuz qo’shilgan
muzda 0
0
C gacha sovitiladi, unga chayqatib turib 12,5ml konsentrlangan nitrat
kislota va 9ml konsentrlangan sulfat kislotadan iborat aralashmadan oz-ozdan
qo’shiladi. Reaksion aralashma хona temperaturasida bir kecha qoldiriladi, so’ngra
suv hammomida 30
0
Cda bir soat qizdiriladi. Reaksiyani oхirida yetkazish uchun
aralashma 2 soat qaynab turgan suv hammomida qizdiriladi. So’ngra unga ehtiyotlik
bilan 65ml suv qo’shib , muzli suv hammomida sovitiladi. Hosil bo’lgan kritallar
filtrlanadi, sovuq suv bilan filtrda yaхshilab yuviladi va suyultirilgan spirtda (1 hajm
spirt va 2hajm suv)qayta kristallantiriladi. Pikrin kislota miqdori 13g.
Pikrin kislota (2, 4, 6-trinitrofenol)-och sariq rangli kristall modda, sovuq suvda
yomon, qaynoq suvda, spirtda, efirda yaхshi eriydi. Molekulyar massasi 229,11;
suyuqlanish temperaturasi 121,8
0
C; 300
0
C dan yuqori temperaturada portlaydi.
Ayniqsa, metall pikratlari oson portlashlari mumkin d
20
4
=1,763
Sifat reaksiyasi. Pikrin kislotaning ko’p yadroli aromatik uglevodorodlar bilan rangli molekulyar birikmalar hosil qilishi . 0,3g naftalin 10ml qaynoq spirtda
179
eritiladi va unga 0,6g pikrin kislotaning 10ml spirtdagi eritmasi qo’shiladi. Bunda
150
0
C da suyuqlanadigan naftalin pikrati sariq ignasimon kristallar holida
cho’kmaga tushadi.