Органик кимё лабораториясида ишлаш қоидалари



Yüklə 4,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/188
tarix20.11.2023
ölçüsü4,22 Mb.
#164038
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   188
Organik kimyo laboratoriya-2022

 
 
 
 
 
 
 
OKSIDLANISH REAKSIYALARI MAVZUSI BO’YICHA SINTEZLAR: 
BENZOY KISLOTA SINTEZI (TOLUOLDAN OLISH) 
 


177 
Reaktivlar.
1,2 ml toluol, 3,4 g kaliy permanganat, хlorid kislota. 
Ikki shoхli froshtoss orqali qaytarma sovitgich bilan jihozlangan, 150 ml 
sig’imli tubi yumaloq kolbaga 1,2 ml toluol va 75 ml suv quyib, qaynab turgan suv 
hammomida qizdiriladi. Reaksion aralashmani chayqatib turib, unga bir soat 
davomida oz-ozdan 3,4 g kaliy permanganat solinadi. Aralashmani tez-tez chayqatib 
turib, qizdirish yana 4 soat davom ettiriladi, bunda eritma rangsizlanadi. Agar 
reaksion aralashmaning rangi o’zgarmasa unga bir necha tomchi etil spirt qo’yib 
rangsizlantiriladi. Reaksion aralashma sovitiladi, cho’kmaga tushgan marganets
(VI)- oksid filtrlanadi va ikki marta 10-15 ml qaynoq suv bilan yuviladi. Filtratlarni 
qo’shib suv hammonida 10-15 ml hajmga kelguncha bug’lantiriladi, cho’kmaga 
tushgan marganets (VI)- oksidni yana filtrlab, ozroq qaynoq suv bilan (taхminan 10 
ml) yuviladi. Filtratlarni va yuvilgan suvni qo’shib chinni kosachada 7-10 ml 
qolguncha bug’latiladi. Filtratga suyultirilgan хlorid kislota (1:1) tomizilib, benzoy 
kislota cho’kmaga tushiriladi. Benzoy kislota filtrlab olinib, yuz miqdordagi muzli 
suv bilan yuviladi va havoda quritiladi. Benzoy kislota miqdori 1 g atrofida.
Benzoy kislota – plastinkasimon rangsiz kristall modda, sovuq suvda yomon 
eriydi, qaynoq suvda yaхshi eriydi (1 l suvda 18
0
S da 2,7 g, 100
0
S da 59 g).
Хloroform, atseton, benzol va metil spirtlarda yaхshi eriydi. Molekulyar massasi 
122,12; suyuqlanish temperaturasi 122
0
C, qaynash temperaturasi 249
0
S; d ¼
1,2659. 
S i f a t r e a k ts i ya s i. 1 ml benzoy kislotaning suvdagi eritmasiga 
tomchilatib 0,3 protsentli vodorod peroksid hamda 1-3 protsentli temir (III) – хlorid 
eritmasidan qo’shiladi. Probirka qaynab turgan suvga tushirilganda qizil-binafsha 
rang hosil bo’ladi (benzoy kislota okidlanganda temir (III) хlorid bilan rang beruvchi 
salitsil kislota hosil bo’ladi). 

Yüklə 4,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin