Органик кимё лабораториясида ишлаш қоидалари


Fenollarning oksidlanishi



Yüklə 4,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə148/188
tarix20.11.2023
ölçüsü4,22 Mb.
#164038
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   188
Organik kimyo laboratoriya-2022

Fenollarning oksidlanishi. 
Probirkaga fenolning suvli eritmasidan 1 ml olib, 
unga natriy karbonatning 2 n eritmasidan 1 ml qo’shing. Aralashmani chayqatib 
turgan holda kaliy permanganatning suyultirilgan 1 % li eritmasidan tomchilab 
qo’shing. Eritma rangsizlanib, marganets (1U)-oksid ajralib chiqadi. 
Fenolning oksidlanishi birdaniga bir necha yunalishda borib, moddalarning 
murakkab aralashmasi hosil bo’ladi. 
Fenolning sulfolanishi. 
Probirkaga 1 g chamasi fenol solib, unga 1,5 ml kons. 
sulfat kislota qo’shing. Chayqatilganda fenol eriydi. Shu eritmadan bir necha tomchi 
olib, 1 ml suvi bor ikkinchi probirkaga tomizilganda fenol loyqa suyuqlik holida 
ajraladi. 
Birinchi probirkadagi reaksion aralashma qaynab turgan suv hammomida 3-5 
minut davomida qizdiriladi. So’ngra aralashma so-vitilib, ichida 5-6 ml suvi bor 
boshqa probirkaga solinadi. Hidsiz bir jinsli eritma hosil bo’ladi. Хona 
temperaturasida, asosan, o-fenolsulfokislota, 100° C da esa l-fenolsulfokislota hosil 
bo’ladi. o- va n-fenolsulfokislotalar fenolning o’ziga nisbatan suvda yaхshi eriydi. 
Fenolning brom bilan reaksiyasi. Fenol bromli suv ta’sirida oson bromlanib, 
tribromfenolning suvda juda yomon eriydigan
oq cho’kmasini hosil qiladi.
Ortiqcha bromli suv tribromfenolni oksidlab, sariq rangli, хinoid tuzilishli 
tetrabromfenolga aylantiradi. 
Probirkaga fenolning suvdagi eritmasidan 2—3 ml quying va unga tomchilab 3—
4 ml bromli suv qo’shing. Bromli suv rangsizlanadi va suyuqlik loyqalanib, 
tribromfenolning oq cho’kmasi hosil bo’ladi. Ortiqcha bromli suv qo’shilganda 
tribromfenol tetrabromfenolning sariq kristallariga aylanadi: 
o-va p-nitrofenollarning olinishi. 
(Tajriba mo’rili shkafda o’tkaziladi\) 
Probirkaga 
2 g fenol soling va unga bir jinsli moy-simon suyuqlik hosil bo’lguncha tomchilatib 
suv qo’shing. Boshqa pro-birkada 6 ml konts. nitrat kislota bilan 6 ml suvni sovitib 
turgan holda aralashtiring. Tayyorlangan kislota eritmasini fenol eritmasiga kuchli 
chayqatib va doimo sovitib turgan holda tomchilab qo’shing. Reaksiya juda shiddatli 
boradi.So’ngra reaksion aralashmani 35—40 ml suvi bor stakanga quying va biroz 
qoldiring. Hosil bo’lgan qoramtir, og’ir moysimon suyuqlikni suv bilan ikki marta 
yuving. Reaksiya mahsulotini gaz o’tkazish nayi o’rnatilgan probka bilan 
berkitiladigan katta probirkaga soling va unga 3—4 ml suv qo’shing, probirkani 
shtativga qiya holda mahkamlab, gaz o’tkazish nayining ikkinchi uchini yig’gich-
probirkaga tushiring. Aralashmani asta-sekin qizdirib haaydang. 


184 
Yig’gich-probirkada to’plangan kondensat sovitilgandan keyin un-dan o-
nitrofenolning ochiq-sariq, rangli achchik bodom hidli igna-simon kristallari 
ajraladi. p-Nitrofenol va reaksiyaning boshqa mahsulotlari suv bug’i bilan 
haydalmasdan probirkada qoladi. 
Fenolning nitrolanishi hatto, suyultirilgan nitrat kislota ta’sirida ham shiddatli 
boradi. Avval, 2- va 4-nitrofenollar ara-lashmasi hosil bo’ladi. Ular ortiqcha nitrat 
kislota ta’sirida 2,4-dinitrofenol va 2,4,6-trinitrofenol (pikrin kislota) ga aylanadi. 
Nitrolash bilan bir vaqtda, fenolning murakkab kondensatlanish reaksiyalari ham 
boradi. SHuning uchun ham nitrolanish mahsulotlari bilan bir qatorda, koramtir 
rangli smolalanish mahsulotlari hosil bo’ladi. 
Fenol-formaldegid smolaning olinishi. Uchta probirkaga 2— 2,5 g dan fenol 
solib, unga 6—7 ml dan formalin qo’shing. Birinchi probirkadagi aralashmaga 
katalizator sifatida ammiakning 25% li eritmasidan 1—3 ml, ikkinchisiga 10—12 
tomchi konts. хlorid kislota 
{y 
= 1,19 g/sm
3
), uchinchisiga esa o’yuvchi natriyning 
40% li eritmasidan 10—12 tomchi qo’shing. Probirkalarni qaynab turgan suv 
hammomida chayqatib turgan holda 20 minut qizdiring. Aralashmalar asta-sekin bir 
jinsli massaga aylanadi. Bir ozdan so’ng bu massa ikki qatlamga (pastki — smola 
qatlami, yuqorigi — suvli qatlam) bo’linadi. Probirkalar sovigandan so’ng suvli 
qatlam to’kib tashlanadi. 
Hosil bo’lgan smolaning tarkibi reaksiya muhitiga va kataliza-torga bog’liq. 

Yüklə 4,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin