184
Yig’gich-probirkada to’plangan kondensat sovitilgandan keyin un-dan o-
nitrofenolning ochiq-sariq, rangli achchik bodom hidli
igna-simon kristallari
ajraladi. p-Nitrofenol va reaksiyaning boshqa mahsulotlari suv bug’i bilan
haydalmasdan probirkada qoladi.
Fenolning nitrolanishi hatto, suyultirilgan nitrat kislota ta’sirida ham shiddatli
boradi. Avval, 2- va 4-nitrofenollar ara-lashmasi hosil bo’ladi.
Ular ortiqcha nitrat
kislota ta’sirida 2,4-dinitrofenol va 2,4,6-trinitrofenol (pikrin kislota) ga aylanadi.
Nitrolash bilan bir vaqtda, fenolning murakkab kondensatlanish reaksiyalari ham
boradi. SHuning uchun ham nitrolanish mahsulotlari bilan bir qatorda, koramtir
rangli smolalanish mahsulotlari hosil bo’ladi.
Fenol-formaldegid smolaning olinishi. Uchta probirkaga 2— 2,5
g dan fenol
solib, unga 6—7 ml dan formalin qo’shing. Birinchi probirkadagi aralashmaga
katalizator sifatida ammiakning 25% li eritmasidan 1—3 ml, ikkinchisiga 10—12
tomchi konts. хlorid kislota
{y
= 1,19 g/sm
3
), uchinchisiga esa o’yuvchi natriyning
40% li eritmasidan 10—12 tomchi qo’shing. Probirkalarni
qaynab turgan suv
hammomida chayqatib turgan holda 20 minut qizdiring. Aralashmalar asta-sekin bir
jinsli massaga aylanadi. Bir ozdan so’ng bu massa ikki qatlamga (pastki — smola
qatlami, yuqorigi — suvli qatlam) bo’linadi. Probirkalar sovigandan so’ng suvli
qatlam to’kib tashlanadi.
Hosil bo’lgan smolaning tarkibi reaksiya muhitiga va kataliza-torga bog’liq.
Dostları ilə paylaş: