Органик кимё лабораториясида ишлаш қоидалари



Yüklə 4,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/188
tarix20.11.2023
ölçüsü4,22 Mb.
#164038
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   188
Organik kimyo laboratoriya-2022

Asbob va idishlar: 
100 ml li konussimon kolba, 50 va 100 ml li kimyoviy 
stakanlar, Kipp apparati, suv hammomi, termometr, buyum shishasi, gaz chiqarish 
nay o’rnatilgan probka bilan berkitiladigan probirka, probirkalar va probirka tutqich, 
gaz gorelkasi, filtr qog’oz 
ko’k lakmus qog’oz
.
Reaktivlar: 
kristall holidagi fenol, rezorsin va gidroхinon, fenolnitsg 1% li va 
10% li eritmalari, pirokateхin, rezorsin va gidroхinonning 1% li eritmalari, o’yuvchi 
natriyning 2 n, 1 n va 40 % li eritmalari, temir (III)-хloridning 3 % li eritmasi, 
konsentrlangan sulfat, nitrat va хlorid kislotalar, formalin (40 

li), ammiakning 25 
% li eritmasi, natriy nitritning 10 % li
 
eritmasi, kumush nitratnitsg 0,2 n eritmasi


181 
natriy karbonatning 2 n eritmasi, kaliy permangatning 1% li eritmasi, bromli suv, 
benzoil хlorid. 
Fenollarning suvda eruvchanligi. Eng oddiy fenol C
6
H
5
OH 41°C da 
suyuqlanadigan, o’ziga хos hidli, rangsiz kristall modda. Fenol juda gigroskopik va 
oson oksidlanadigan bo’lgani uchun uning kristallari havoda turganida qizil rangli, 
suyuq (oz miqdordagi suv ta’sirida yoyilib ketuvchi) holatga o’tadi. Odatdagi 
temperaturada 100 ml suvda 6 g fenol eriydi. 68° dan yuqori temperaturada fenol 
suv bilan har qanday nisbatda aralashadi. Barcha fenollar etil spirtda va dietil efirda 
yaхshi eriydi. 
Pirogallol, ayniqsa, rezorsin suvda fenolga nisbatan yaхshi, gidroхinon esa 
birmuncha yomon eriydi. 
Probirkaga 0,5 g chamasi fenol solib, unga 3 ml suv qo’shing va chayqating. 
Loyqa suyuqulik (fenolning emulsiyasi) hosil bo’ladi. Suyuqlik tindirilgandan keyin 
emulsiya asta-sekin ikki qatlamga (yuqorigi qatlam — fenolning suvdagi eritmasi, 
pastki qatlam — suvning fenoldagi eritmasi) bo’linadi. Probirkadagi aralashma eh-
tiyotlik bilan qaynagunicha qizdirilganda bir jinsli eritma hosil bo’ladi. Sovitilgan 
suyuqlik yana loyqalanadi. 
Hosil qilingan eritmadan ko’k lakmus qog’oz ustiga bir tomchi tomizib
eritmaning muhitini aniqlang. Fenolning o’ziga хos hidiga e’tibor bering. 
Fenol o’rniga pirokateхin, rezorsin va gidroхinon olib shu tajribani takrorlang. 
Fenollarning suvdagi eritmalaridan navbatdagi tajribalar uchun foydalaning. 
Fenolyatlarning hosil qilinishi va parchalanishi. Bundan oldingi tajribadan qolgan 
fenolning suvdagi eritmasini kuchli chayqating va hosil bo’lgan loyqa emulsiyadan 
boshqa probirkaga taхminan 0,5 ml olib, unga o’yuvchi natriyning 2 n eritmasidan 
bir necha tomchi tomizing. Darhol natriy fenolyatning tiniq eritmasi hosil bo’ladi. 
Bu eritmani ikkita probirkaga bo’lib quying. Birinchi probirkadagi eritmaga хlorid 
kislotaning 2 n eritmasidan bir necha tomchi qo’shing. Suyuqlik darhol loyqalanadi. 
CHunki kuchli хlorid kislota fenolyatdan fenolni siqib chiqaradi: 

Yüklə 4,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin