178
So’ngra reaksion aralashma sovuq suvda sovitilib , ajratgich voronkaga
quyiladi va kislotali pastki nitrobenzol qavatidan ajratib olinadi .
Nitrobenzol
suv , natriy gidroksidning suyultirilgan eritmasi va yana suv bilan yuviladi .
Yuvilgan nitrobenzol 50 ml sig’imli konussimon kolbaga quyiladi , qizdirilgan
kalsiy хlorid solib kichikroq havo sovitgich o’rnatilgan
probka bilan
berkitiladi va suyuqlik tiniq holga kelguncha suv hammomida qizdiriladi .Agar
kolba tubida kalsiy хlorid eritmasining suvli qavati hosil bo’lsa,
Nitrobenzol ehtiyotlik bilan boshqa quruq kolbaga quyilib , qaytadan unga
qizdirilgan kalsiy хlorid qo’shiladi va yuqorida ko’rsatilgan usul bo’yicha
quritiladi . quritilgan nitrobenzol
Vyurs kolbasiga quyilib , havo sovitgich
orqali haydaladi va 207 – 211 C da haydaladigan fraksiya yig’iladi .Nitrobenzol
miqdori 11 g . Nitrobenzolni quriguncha haydash хavfli , chunki u dinitrobenzol
bilan aralashgan bo’lsa portlashi mumkin .
Nitrobenzol
- achchiq bodom hidli , och sariq rangli moysimon
suyuqlik , spirtda , benzolda , efirda eriydi , suvda deyarli erimaydi . Molerulyar
massasi 123,11; qaynash temperaturasi 210,9 C; d
4
1,205; n
d
1,5525.
Nitrobenzol markaziy
nerv sistemasini zaharlaydi , modda
almashinuvini buzadi , buning natijasida jigar kasallanadi . Nitrobenzol bug’i
bilan uzoq vaqt nafas olinsa bosh og’riydi , teriga tegsa kuydiradi . Terining
nitrobenzol tekkan joyini spirt bilan artib , so’ngra sovun bilan yuvish kerak .
PIKRIN KISLOTA SINTEZI
Dostları ilə paylaş: