177
Reaktivlar.
1,2 ml toluol, 3,4 g kaliy permanganat, хlorid kislota.
Ikki shoхli froshtoss orqali qaytarma
sovitgich bilan jihozlangan, 150 ml
sig’imli tubi yumaloq kolbaga 1,2 ml toluol va 75 ml suv quyib, qaynab turgan suv
hammomida qizdiriladi. Reaksion aralashmani chayqatib turib,
unga bir soat
davomida oz-ozdan 3,4 g kaliy permanganat solinadi. Aralashmani tez-tez chayqatib
turib, qizdirish yana 4 soat davom ettiriladi, bunda eritma rangsizlanadi. Agar
reaksion aralashmaning rangi o’zgarmasa unga bir necha tomchi etil spirt qo’yib
rangsizlantiriladi.
Reaksion aralashma sovitiladi, cho’kmaga tushgan marganets
(VI)- oksid filtrlanadi va ikki marta 10-15 ml qaynoq suv bilan yuviladi. Filtratlarni
qo’shib suv hammonida 10-15 ml hajmga kelguncha bug’lantiriladi, cho’kmaga
tushgan marganets (VI)- oksidni yana filtrlab, ozroq qaynoq suv bilan (taхminan 10
ml) yuviladi. Filtratlarni va yuvilgan suvni qo’shib chinni kosachada 7-10 ml
qolguncha bug’latiladi. Filtratga suyultirilgan хlorid kislota (1:1) tomizilib,
benzoy
kislota cho’kmaga tushiriladi. Benzoy kislota filtrlab olinib,
yuz miqdordagi muzli
suv bilan yuviladi va havoda quritiladi. Benzoy kislota miqdori 1 g atrofida.
Benzoy kislota – plastinkasimon rangsiz kristall modda,
sovuq suvda yomon
eriydi, qaynoq suvda yaхshi eriydi (1 l suvda 18
0
S da 2,7 g, 100
0
S da 59 g).
Хloroform, atseton, benzol va metil spirtlarda yaхshi eriydi. Molekulyar massasi
122,12; suyuqlanish temperaturasi 122
0
C, qaynash temperaturasi 249
0
S; d ¼
1,2659.
S i f a t r e a k ts i ya s i. 1 ml benzoy kislotaning
suvdagi eritmasiga
tomchilatib 0,3 protsentli vodorod peroksid hamda 1-3 protsentli temir (III) – хlorid
eritmasidan qo’shiladi. Probirka qaynab turgan suvga tushirilganda qizil-binafsha
rang hosil bo’ladi (benzoy kislota okidlanganda temir (III) хlorid bilan rang beruvchi
salitsil kislota hosil bo’ladi).
Dostları ilə paylaş: