BENZOL QATORINING GALOGENLI HOSILALARIGA ХOS REAKSIYALAR: SULFOLASH, SULFANIL KISLOTA SINTEZI Reaktnvlar. 9,1 ml anilin, 16,5 ml sulfat kislota (d=1,84), aktiv-lantirilgan
ko’mir.
Ish mo’rili shkafda bajariladi! 100 ml sig’imli, qaytarma sovitgich ullngan
kolbaga 9,1 ml anilin solib, unga aralashtirib turgan holda asta-sekin 16,5 ml
kontsentrlangan sulfat kislota qo’shiladi. Aralashma moy hammomida 180 - 190
0
C
da (termometr moyga tushirilgan holda) qizdiriladi. Taхminan 3-4 soatdan so’ng
namuna olinadi. Reaksion aralashmadan bir tomchi namuna olib, probirkadagi sovuq
suvga tomiziladi va unga o’yuvchi natriyning suyuq eritmasi qo’shiladn. Agar
reaksiyaga kirishmay qolgan anilin suv yuziga ajralib chiqmasa, reaksiya nihoyasiga
yetgan deb hisoblash mumknn. Sovitilgan reaksion aralashma stakandagi ozroq
sovuq suv ustiga quyiladi. Sulfanil kislota kristallari filtrlab olinadn va filtrda sovuq
suv bilan yuviladi. Sulfanil kislota qaynoq suvdan qayta kristallantiriladi, bunda
kerak bulsa aktivlangan ko’mir qo’shiladi. Hosil bo’lgan sulfanil kislotaning yaltiroq
plastinkasimon kristallari Byuхner voronkasida filtrlanadi, ozroq, sovuq suv bilan
yuviladi va filtr qog’ozi orasida quritiladi. havoda quritilganda kristallizatsiya suv
yo’qoladi. Sulfanil kislotaning miqdori 10 g.
Sulfanil kislota (p- aminobenzolsulfokislota) rangsiz kristall modda.
Molekulyar massasi 173,18; parchalanish temperaturasi 280 - 300
0
C. Suvli
eritmasidan 40
0
C dan yuqori temperaturada suvsiz sulfanil kislota, 21- 40
0
C da
monogidrat, 0 - 21
0
C da esa ikki molekula suvi bor digidrat sulfanil kislota ajralib
chiqadi.
Sifat reaksiyasi. Sulfogruppaning gidrolitik parchalanishi. Sulfanil kislotaning
suvdagi qaynoq eritmasiga bromli suv qo’shilganda tribromannlin mayda kristallar
holida cho’kmaga tushadi.