187
Probirkaga o’yuvchi natriyning 10% li eritmasidan 3 ml quyib, unga mis sulfatning
5% li eritmasidan 2 ml qo’shing. Probirkada mis (II)-gidroksidning havo rang
cho’kmasi hosil bo’ladi. So’ngra reaksion aralashmaga 1 ml benzoy aldegid qo’shib
gaz gorelkasi alangasida qaynaguncha asta-sekin qizdiring. Bunda mis (1)-
gidroksidning sariq chukmasi hosil bo’lib, u asta-sekin qizarib mis (1)-oksidga
aylanadi. Benzoy aldegid esa oksidlanib benzoy kislota hosil qiladi:
Kaliy permanganat ta’sirida oksidlanishi.
Probirkaga 2 tomchi benzoy aldegid
va kaliy permanganatning 1% li eritmasidan 3 ml quying. Aralashmani suv
hammomida chayqatib turgan holda aldegidning hidi yo’qolguncha qizdiring.
Aralashmaning binafsha rangini (ortiqcha kaliy permanganatni) bir necha tomchi
spirt qo’shish bilan yo’qoting. So’ngra issiq aralashmani burmali kichik filtr qog’oz
ortsalifiltrlab, cho’kmaga tushgan marganets (1U)-oksiddan ajrating. Rangsiz
filtratga kislotali muхit vujudga kelguncha sulfat kislotaning 10% li eritmasidan
tomchilatib qo’shing. Bunda benzoy kislota kristallar i cho’kmaga tushadi.
Dostları ilə paylaş: