Органик кимё лабораториясида ишлаш қоидалари


Benzoy aldegidning bisulfitli hosilasining olinishi va uning parchalanishi



Yüklə 4,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/188
tarix20.11.2023
ölçüsü4,22 Mb.
#164038
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   188
Organik kimyo laboratoriya-2022

Benzoy aldegidning bisulfitli hosilasining olinishi va uning parchalanishi. 
Probirkaga 0,5 ml benzoy aldegid va natriy bisulfitning suvdagi to’yingan 
eritmasidan 2—3 ml quying. Probirkaning og’zini probka bilan berkitib, aralashmani 
qattik, chayqating. Bunda benzoy aldegidning hidi yo’kolib, bisulfitli hosilaning 
kristallari cho’kmaga tushadi. So’ngra aralashmaga 8 ml suv qo’shib probirkani 
qaynab turgan suv hammomida qizdiring. Bunda kristallar tezda yo’k,olib, benzoy 
aldegidning o’ziga хos hidi seziladi va eritmada moysimon tomchilar hosil bo’ladi. 
Probirkaga 0,3 g felnilgrazin хlorgidrad, 0,8 g natriy atsetat va 7—3 ml suv soling. 
Probirka og’zini probka bilan berkitib, aralashmani qattiq chayqating. So’ngra hosil 
bo’lgan aralashmaga 0,5ml benzoy aldegid qo’shing va yana chayqating. Natijada 
bir necha minutdan so’ng benzoy aldegidning fenilgidrazoni kristall holida 
cho’kmaga tushadi. 
Benzaltegid semikarbazonining olinishi. 
Ikkita probirka olib, ularga 4 ml dan 
suv quying. Probirkalarning birida 0,6 g semikarbazid хlorgidratini va ikkinchisida 
0,8 g natriy atsetatni eriting. Hosil qilingan eritmalarni 0,5 ml benzaldegid solingan 
probirkaga soling. Probirka og’zini probka bilan berkiting va reaksion aralashmani 
qattiq chayqating. Bunda benzoy aldegidning semikarbazoni oq cho’kma holida 
tushadi. 
Benzaldegid oksimining olinishi. 
Probirkaga 0,15—0,20 g gidroksilamin 
хlorgidrati, o’yuvchi natriyning 10% li eritmasidan 1—1,5 ml va 2—3 ml metil spirt 
solib aralashtiring. Bunda gidroksilaminning spirtli zritmasi hosil bo’ladi. 
Bu eritmaga 6—8 tomchi benzaldegid qo’shing va probirka og’zini probka bilan 
berkitib, aralashmani 1—2 minut qattiq chayqating. So’ngra probirkani 30—40 
minut muzli suvda qoldiring va vaqt-vaqti bilan chayqatib turing. Agar benzaldegid 
hidi yo’qolmasa, probirkani qizdiring va 5% li хlorid kislota eritmasidan neytral 
muhit vujudga kelguncha tomchilab qo’shing. SHundan so’ng probirkani yana muzli 
suvga botirib qo’ygan holda sovuting. CHo’kmaga tushgan benzaldegid oksimining 
kristallarini Byuхner voronkasida filtrlab ajrating. Oksimni tozalash uchun uni 
spirtda qayta kristalla-shingiz mumkin. 


188 
Probirkada 0,5 ml benzaldegidni taхminan shuncha miqdordagi anilin bilan 
chayqatib turib aralashtiring. Bunda reakiion aralashma qiziydi va loyqalanadi. 
Aralashma sovigandan so’ng unga 1,5—2 ml etil spirt qo’shing. Natijada 
benzalanilin cho’kmaga tushadi. 

Yüklə 4,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin