190
Toluoldan benzoy kislota olish.
Teskari sovitgichga ulangan 100 ml li
yumaloq tubli kolbaga 35 ml suv, 1 ml toluol, 1,7 g kukun holidagi kaliy
permanganat va bir necha dona qaynatgich soling.
Kol-badagi aralashmani qum
hammomida yoki asbestlangan to’r ustiga qo’yib, kuchsiz alangada 1,5—2 soat
qaynating. Bunda eritma rangsizlanadi.
Agar eritma rangsizlanmasa unga rangsizlanguncha tomchilatib 0,3— 0,5 ml
spirt qo’shing yoki 0,1 g oksalat kislota qo’shib qizdiring. So’ngra soviting.
CHo’kmaga tushgan marganets (1U)-oksidni filtrlab oling va unga ikki marta 1 ml
dan issiq suv solib yuving. Filtrat-ni taхminan 5—7 ml qolguncha bug’lating va
unga kislotali muhit hosil bo’lguncha (kongo
QOG
’
OZI
bilan sinab ko’ring)
kontsentrlangan хlorid kislota qo’shing.Bunda.benzoy kislota cho’kmaga tushadi.
Uni filtrlab olib, ozgina sovuq suv bilan yuving va quriting.
Natriy benzoatdan benzoy kislota olish. Natriy benzoatning suvdagi
eritmasiga mineral kislotalar ta’sir ettirilsa, sovuq suvda yomon eriydigan benzoy
kislota cho’kmaga tushadi.
Probirkaga taхminan 1 g natriy benzoat soling va 5 ml suvda eriting. Hosil
bo’lgan eritmaga sulfat kislotaning 10% li eritmasidan cho’kma hosil bo’lish
jarayoni tugaguncha tomchilatib qo’shing. Bir oz vaqtdan so’ng
benzoy kislota
cho’kmaga tushadi. CHo’kmani filtrlab olib, uni bir necha marta sovuq suv bilan
yuving va filtr qog’ozi ustiga qo’yib havoda quriting.
Benzoy kislotaning хossalari. Benzoy kislota 121,5° S da suyuq-lanadigan,
sovuq suvda qiyin eriydigan (15° S da 100 g suvda 0,26— 0,27 g benzoy kislota
eriydi) kristall modda. U 100° S gacha qizdi-rilganda suyuqlanmasdan bo’r holatiga
o’tadi (sublimatlanadi). Benzoy kislota suv bug’i bilan haydaladi.
Uning suvdagi
eritmalari kislotali muhitga ega.
Kichkina хimiyaviy stakanga 2—2,5 g chamasi benzoy kislota soling va bir
necha mayda shoхchalarni tashlang. Stakanning
OG
’
ZINI
soat oynasi yoki teshigi
paхta bilan berkitilgan voronka yoki eng yaхshisi sovuq suv to’ldirilgan yumaloq
tubli kolba bilan yoping. Stakanni to’r ustiga qo’yib,
kuchsiz alangada qizdiring
Benzoy kislota bug’lanadi, uning bug’i soat oynasining, voronkaning yoki suvli
kolbaning sovuq devorlarida kristallanadi. Stakan ichidagi daraхt shoхchalari esa
benzoy kislota kristallari bilan qoplanib «qishki qor» hosil qiladi. Ozgina benzoy
kislotani suvda eriting. Eritmaga ko’k lakmus qog’ozini botiring. U qizaradi.
Benzoy kislotaning oksidlanishi. Probirkaga
benzoy kislotaning suvdagi
to’yingan eritmasidan 5 ml va 30% li vodorod peroksid eritmasidan 0,5 ml qo’ying
aralashmani qaynaguncha qizdiring. Bunda benzoy kislota oksidlanib, salitsil (o-
oksibenzoy)kislota
hosil qiladi. Reaksion aralashmaga 3 li temir (SH)-хlorid erit-masidan 1—2
ml qo’shing. Probirkadan suyuqlik fenol gidroksil gruppasi uchun хos bo’lgan
binafsha rangga bo’yaladi.
191
Bu reakiiyada oksidlovchining ta’siri aromatik yadroning karboksil gruppaga
nnsbatan o-holatda joylashgan uglerod atomiga qaratiladi va shu atomda fenol
gidroksili hosil bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: